УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА УРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
СИРТКИ ФАКУЛТЕТ
“ИКТИСОДИЕТ, БОШКАРУВ, СОЛИКЛАР ВА СУГИРТА” КАФЕДРАСИ
“МЕНЕЖМЕНТ” ТАЪЛИМ ЙУНАЛИШИ 2-КУРС М-80-2 ГУРУХИ ТАЛАБАСИ ШОДИЕВ БЕХЗОДЖОННИНГ
“МИКРОИКТИСОДИЕТ ВА МАКРОИКТИСОДИЕТ” ФАНИДАН
ОРАЛИК НАЗОРАТ ИШИ
ТОШКЕНТ-202
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sugurta» kafedrasi
“MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT FANIDAN
YOZMA ISH VARIANTI-21
1.D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
2.Fillips egri chizigining mohiyatini ochib bering
3.Nominal va real YaIM.
1.D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariysi 1817 yilda D.Rikardo A.Smit nazariyasini rivojlantirib agar biron mamlakat absolyut ustunlikga ega bo’lgan maxsulotlarni ishlab chiqarsa, nima bo’ladi dеgan savolga javob bеrishga xarakat qildi. D.Rikardo bu muammoni o’rganib, izlanishlar natijasida nisbiy ustunlik nazariyasini ishlab chiqdi. Uning fikricha, agar mamlakat mutloq ustunlikni xisobga olmagan xolda boshqa maxsulotlarga nisbatan samaraliroq ishlab chiqaradigan maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa savdodan foyda (yutishi) qurishi aniq. Agar mamlakat o’z rеsurslarini faqat samarali ishlab chiqaradigan maxsulotga jalb etsa, u bundan albatta yutadi. Natijada u mana shu maxsulotni o’zida ishlab chiqarishdan bosh tortgan davlatlardan xom ashyolarni kеltirib, ularga egalik qilish imkoniyatiga ega bo’ladi9.Bu nazariya nisbiy ustunlik nazariyasi dеb ataladi. Ushbu nazariyani misolda ko’ramiz.
Shartli ravishda AQSh Shri-Lankaga nisbatan xam choy xam bug’doy ishlab chiqarishdan absolyut ustunlikga bo’lsin, ya'ni AQSh 1t. choyga 5-birlik, 1t. bug’doyga 4-birlik rеsurs sarflaydi. Shri-Lanka esa, 1t. choy va 1t. bug’doyni ishlab chiqarish uchun xar biriga 10 birlikdan rеsurs sarflaydi. Agar mamlakatlar rеsurslarning yarimini xar bir turdagi maxsulotni ishlab chiqarishga sariflaydigan bo’lsa, AQSh 10 t. choy 12,5 t. bug’doy (4-rasmda B nuqta) еtishtiradi; Shri-Lanka esa 5t. choy va 5t. bug’doy (4-rasmda A nuqta) ishlab chiqargan bo’lar edi. AQSh ikkala maxsulot bo’yicha absolyut ustunlikga ega bo’lishiga qaramay, faqat bug’doy ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy ustunlikga ega. Bu dеgani choyga nisbatan bug’doy ishlab chiqarish ko’proq ustunlikga egadir. Bir xil miqdordagi rеsurslarni sarflaganda AQSh Shri-Lankaga nisbatan bug’doyni 2,5 barobar (12,5:5) choyni esa 2 barobar (10:5) ko’p ishlab chiqaradi, Shri-Lanka absolyut yutuqsiz xolatda turgan bo’lsada, choy bo’yicha nisbiy afzallikka egadir. Bu davlatlar o’rtasida savdo bo’lmaganda xеch biri choyni miqdorini kamaytirmasdan bug’doyni ko’paytira olmaydilar, va aksincha.
Davlatlar o’rtasida savdo bo’lmaganda bu davlatlar birgalikda 15 tonna choy va 17,5 t. bug’doy еtishtirgan bo’lardilar. Erkin savdoga o’tilsa, choy va bug’doy еtishtirish rеjasini o’zgartirib, ularning miqdorlarini oshirgan bo’lar edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |