Тошкент молия институти сиртки факултет “иктисодиет, бошкарув, соликлар ва сугирта” кафедраси


Nominal va real yalpi ichki mahsulot



Download 127,5 Kb.
bet2/2
Sana20.02.2022
Hajmi127,5 Kb.
#461267
1   2
Bog'liq
Shodiyev B makro va mikroiqtisoddan oraliq nazorati

3. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun;
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish uchun;
YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini o‘rganish uchun;
iqtisodiyotda amalda hosil bo‘lgan nisbatlar va o‘zaro aloqalarni aks ettirish uchun;
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi va boshqalar).
Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi;
tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasi).
Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi.
Jf.х.YaIM=YaIM1/YaIM0=R0q1/P0q0; bunda,
YaIM0=R0q0-doimiy baholarda hisoblangan bazis davr YaIM
YaIM1=R0q1-doimiy baholarda hisoblangan joriy davr YaIM (real YaIM).
Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi.
Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi.
Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi.
YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda (aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi. Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy tarkibi hisobga olinadi.
Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy (solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi:
To‘g‘ri qayta baholash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarish va iste’mol qilingan natural usulda hisoblangan mahsulot hajmini () uning bazis davr bahosiga (R0) ko‘paytiriladi va doimiy baholarda hisoblangan joriy davrdagi mahsulot hajmi olinadi (R0 q1):
q1 R0= R0 q1;
Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda qo‘llaniladi.
Deflyatorlash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan mahsulot hajmini (R1q1) baho indeksiga (Jr=R1q1/P0q1) bo‘linadi va joriy davr mahsuloti solishtirma baholarda hisoblanadi:
R1q1: Jr=P0q1
Ekstropolyatsiya usuli, bunda mahsulot fizik hajmi indeksidan foydalaniladi. Solishtirma baholarda bazis davr mahsulot hajmi, mahsulot fizik hajmi indeksiga ko‘paytiriladi (Jq=R0q1/P0q0) va joriy davr mahsuloti hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblangan hajmi kelib chiqadi: R0q0 х Jq=P0q1
O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi.
Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hajmini o‘zgarmas baholarda 2 hil usulda hisoblash mumkin:
ikki marta deflyatori usulida tarmoq yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’mol hajmi bir-biriga bog‘langan holda deflyatorlanadi (yuqorida qayd etilgan uch usulning bittasini qo‘llab) va ularni birinchisidan ikkinchisini ayirib tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi aniqlanadi:
yagona ko‘rsatkich usulida – bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’mol fizik hajmi indeksi orqali
ekstrapolyatsiya qilinadi yoki bo‘lmasa joriy davr yalpi qo‘shilgan qiymati yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’moli baho indeksi orqali deflyatorlanadi.
Qaysi usulda foydalanish berilgan ma’lumotlarning harakteriga bog‘liq. Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotida bu masalani hal qilish uchun ko‘proq yagona ko‘rsatkich usulidan foydalaniladi. Tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda, transport, uy-joy хo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarishning fizik hajmi asosida ekstropolyatsiya qilinadi va h.k.
Masalan, joriy davrda tarmoq yalpi ishlab chiqarish 960 p.b., oraliq iste’mol 440 p.b., yalpi ishlab chiqarishga kirgan tovar va хizmatlar bahosi bazis davrga nisbatan 2,5 marta ortgan, oraliq iste’molga kirgan tovar va хizmatlar bahosi 2,0 marta ortgan. Mahsulot fizik hajmi indeksi 105%. Tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymati bazis davrda 170 p.b., yalpi ishlab chiqarish 366 p.b. YAlpi ishlab chiqarish hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblaymiz (real yalpi qo‘shilgan qiymat yoki real yalpi ichki mahsulot):
ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho indeksini qo‘llagan holda):
960:2,5-440:2,2=384,0-200,0=194 p.b.
ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho va fizik хajm indekslarini qo‘llagan holda):
366х1,05-440:2,20=384-200=184 p.b.
yagona ko‘rsatkich usulida (bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymatni ekstrapolyatsiya qilish bilan):
170х1,05=178,5 p.b.
Ikki marta deflyatorlash usuli ham yalpi ishlab chiqarish, ham oraliq iste’mol bahosining dinamikasini hisobga olgani uchun aniqroq usul hisoblanadi.
Umuman, Real YaIM=Nominal YaIM/YaIM deflyatori.
Masalan, “A” mamlakatning 2010 yildagi YaIM indeks-deflyatori (2000 yilga nisbatan) 1,1ga teng bo‘lgan, YaIM hajmi esa – 3,494 mlrd. so‘m. U holda 2001 yildagi real YaIM 3494:1,1=3176 mlrd. so‘mga teng bo‘ladi.
O‘zgarmas baholarda hisoblangan jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi – mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini ifodalaydigan muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u ijtimoiy meхnat unumdorligi darajasini aniqlashning eng mukammal usuli hisoblanadi.
Masalan, “A” mamlakatda ishlab chiqarish YaIM hajmi:
2005 yilda R0q0=10140,2 mln. AQSh dollari
2010 yilda R1q1=13465,3 mln. AQSh dollari U holda jon boshiga to‘g‘ri kelgan:
2005 yilda=422 AQSh dollari
2010 yilda=518 AQSh dollari
Shu o‘rganilayotgan 6 yil ichida YaIMning o‘rtacha o‘sishi:
JYaIM=13465,3/10140,2:6=1,327:6=0,0473 yoki 4,73% Shuni jon boshiga nisbatan hisoblasak,
JYaIM jon boshiga=518/422:6=1,227:6=0,038 yoki 3,8%
Demak, shu ishlar davomida mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo‘lgan.
2.Fillips egri chizig’ining mohiyati
Bozor iqtisodiyotida ishchi kuchini boshqa har qanday tovarlar kabi bahosi bor. Bu baho ish haqi ko’rinishiga ega. Ish haqi darajasi mehnat taklifini, uni iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqa tarmoqlariga qo’yilishini aniqlaydi.Nominal, real va eng kam miqdorli ish haqi ajratiladi. Nominal ish haqi –ishlovchining ma’lum vaqt mobaynida (soat, kun, hafta, oy, yig’l) qilgan mehnati evaziga olgan pul miqdori. Uni haqiqiy harid quvvatini baholash uchun amaldagi narxlar darajasini hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, odam shu pul miqdoriga bozordan qancha tovar va xizmatlarni sotib olishi mumkinligini, ya’nireal ish haqi miqdorini aniqlash kerak. nominal ish haqi Real ish haqi = ------------------------- narx darajasiYuqorida ta’kidlab o’tilganidek, odamlar pulni tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ishlab topadilar, shu sababli ular qancha ishlashlari kerakligini aniqlashda nominal ish haqiga emas, balki haqiqiy, real ish haqiga mo’ljal qilinadi.Ish haqining eng kam miqdori – qonun asosida o’rnatilgan chegara, yollanma ishchiga undan past miqdorda maosh to’lash taqiqlangan me’yor hisoblanadi. Muhim ijtimoiy me’yor hisoblangan eng kam ish haqining miqdori har bir mamlakatda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. O’zbekistonda ish haqining eng kam miqdori inflyatsiya sababli, uning real darajasini barqarorligini ta’minlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqilmoqda.Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni o’rnatuvchi vosita hisoblanadi va uning darajasini o’zgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862-1957 yillar ma’lumotlari asosida tadqiq qilingan hamda grafikda Fillips egri chizig’i deb aks ettirilgan. Madomiki, ish haqi va narxlar o’zgarishining sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat mavjud ekan, u holda Fillips egri chizig’i o’z mohiyatiga ko’ra inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi, ya’ni inflyatsiyaning o’sishi sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha (5-chizma). Inflyatsiya darajasi Ishsizlik darajasMuhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida barqaror va oldindan ko’rish mumkin bo’lgan bog’liqlikni o’rnatish G’arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini berdi.Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi. Fillips egri chizig’i shundan dalolat beradiki, agar talabni kengaytirish va yangi ish joyini ko’paytirish orqali ishsizlikni qisqartirishga erishilsa, bu inflyatsiya darajasini tezlashishiga olib keladi. Shuningdek ishsizlik darajasining o’sishi pul massasini qiqarishiga (ya’ni ish sifatida to’lanadigan), bu esa inflyatsiyaning pasayishiga imkon beradi. XX asrning II yarmiga kelib, Filips egri chizig’idan foydalanish har doim ham yutuq olib kelmasligini isbotlab berdi. Asosan, ishsizlikni o’sishi qisqa muddat davomida narx o’sishini pasayishiga olib kelishini ko’rsatmoqda. Lekin, 70 yillardan boshlab bunday bog’liqlik buzildi va Fillips egri chizig’i zamonaviylashtirildi - endi u o’ng tomonga siljib, G’arb mamlakatlarida vujudga kelgan real makroiqtisodiy vaziyatni aks ettira boshladi. Ya’ni ishlab chiqarishni qisqarishi va ishsizlikni ko’payishi narxlarni oshishi bilan kuzatiladi. Bu hodisa stagflyatsiya deb atalib, ham inflyatsiyani, ham ishsizlikni o’sishi bilan ifodalanadi.Uzoq muddatli jarayonda buning natijalari boshqacha bo’lishi mumkin.Ayrim mamlakatlardagi real iqtisodiy holat ham ishsizlikni o’sishi ham narxlarning o’sishini ko’rsatmoqda. Bu holatda ham ishsizlikka, ham inflyatsiyaga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni izlab topish kerak. Ishsizlik orqali bo’ladigan yo’qotishlar, oxir-oqibat ishsizlarning o’zi uchun og’ir yuk bo’lib qoladi.Mamlakat iqtisodiyotining hususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi. Ishsizlik darajasiva inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko’rinishida
tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
 = kut + α ( ------------- ) + ε Yp
Bu yerda  - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi;
kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;

Yh – Yp
α ( ------------- ) - talab inflyatsiyasi;


Ypα - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik
koeffitsent;
ε - tashqi narx shoki ( taklif inflyatsiyasi).Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

(Yh – Yp) / Yp = kut - β [ u -u] + ε


Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda tashqi narx shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Download 127,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish