BO’LIM. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI
BOB. TIJORAT BANKINING RESURSLARI VA BANK KAPITALI
1-§. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi
Tijorat banklari, boshqa xo’jalik sub’ektlari kabi o’zining xo’jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag’lariga, ya’ni resurslariga ega bo’lishlari lozim. Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy talablarida bank resurslarini tashkil etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borish uchun birinchi darajali hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin, ya’ni iqtisodiyotning bozor modeliga o’tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimini shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o’zgaradi.
Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari ob’ekti orqali aniqlanadigan bank faoliyatining ko’lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag’lar summasiga bog’liq bo’ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo’yicha banklar o’rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
Bankning asosiy vazifalaridan biri bo’sh pul mablag’larini mumkin qadar ko’proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalari orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo’lish mumkin. Bular, banklarning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lardir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo’lib qaraladi
bu jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lganligi sababli passivlarning tarkibi va xarakteri ko’p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda o’z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatining o’zgarishi ham ta’sir kiladi.
Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag’lari tashkil kiladi. Bank boshqa kapitallarni jalb qilish uchun o’z kapitalining etarli darajasi miqdorini ko’rsatish lozim.
Tijorat banki o’z mijozlarining bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish bilan bir vaqtning o’zida bu mablag’larni o’z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo’lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo’lib, ular aholining bo’sh turgan pul mablag’larining bankka sari oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo’lgan holatda mijozlar o’z mablag’larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar berish salohiyati to’lovlar amalga oshiriladi, banklarning daromadlari vujudga keltiriladi.
Bank resurslarining aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin.
Bank resurslarining aylanishi sxemasi. 1-sxema.
мижоз
Банк
3 кредитдан фоиз
2 Кредит
1 пул маблаглари
Bank resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni tashkil kiladi va bu esa o’z navbatida banklar faoliyatini doimiyligiga asos hisoblanadi.
Aloxida tijorat banklari uchun bank resurslari tarkibiy tuzilishi turli xillik bilan farqlanadi. Bu uning o’ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Ikkita tijorat banki resurslarining tarkibiy tuzilishi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |