Jamiyatning iqtisodiy asoslari



Download 17,01 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi17,01 Kb.
#18617

Aim.uz

Jamiyatning iqtisodiy asoslari

Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda, jamiyatdagi mavjud iqtisodiy hayot, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik shakllari, ijtimoiy yo`nalishga qaratilgan ishlab chiqarish maqsadi, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning adolat prinsipi asosida taqsimlanish, xo`jalikni boshqarishda bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanganlik tushuniladi.

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim sanalgan iqtisodiy ijtimoiy sohalarda muhim o`zgarishlar va yangiliklarni nazariy asoslantirib hayotga tadbiq eta boshladi."Jamiyatning iqtisodiy negizlari" – deb, nomlangan XII-bobda, respublikamiz hayotining iqtisodiy asoslari ya'ni mulkchilik masalalari, xo`jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari belgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda ahamiyati beqiyosdir.

O`zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning iqtisodiy huquq va erkinliklari bevosita konstitutsiyamizda o`z aksini topgan. Jumladan Konstitutsiyaning 36-moddasida shunday deyiladi,”Har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli . Bankka qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun Bilan kafolatlanadi”. Demak , har bir inson dunyoga kelmasdan turib ham hayotiy davrida ham qonuniy asosda o`z mulkiga ixiyoriy asosda egalik qiladilar.Shunday holatlar ham bo`ladiki, bola ona qornidagi davrida ham qonunda ko`rsatilgan tartibda mulkka egalik huquqini saqlab qoladi. Bu holat tegishli qonunchiligimizda mustahkamlanib qo`yilgan.

Mulkka bo`lgan huquq nafaqat Konstitutsiyamizda, balki Fuqarolik Kodeksida1, "Mulkchilik to`g`risida"2gi, "Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida"gi "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining erkinligi to`g`risida"gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida ham o`z aksini topgan.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Bu munosabat konstitutsiyamizning 53-moddasida o`z aksini topgan. Bilamizki, mustaqillikdan oldingi davrda barcha mulk davlatga tegishli bo`lgan.O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkning xilma-xil shakllari joriy qilina boshlandi. Jumladan, davlat o`ziga tegishli bo`lgan mulklarni asta-sekin xususiylashtirib, insonlarning xususiy mulkka bo`lgan huquqlarni shakllantira boshladi.

Jamiyatning iqtisodiy negizini asosan mulkiy munosabatlar tashkil etadi. Kishilar tomonidan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o`ziga xos tarzda taqdim etilgan boyliklar doim mulk bo`lib kelgan. Mulk egasi bo`lish yoki bo`lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei va o`rni bevosita o`lchanib boradi.

"Eng asosiy ijtimoiy institut bo`lgan mulkka (asosan, xususiy mulkka) munosabatning o`zgarishi - deb ta'kidlaydi I.Karimov, butun jamiyatni va xususan, iqtisodiy hayotni demokratiyalashning bosh bo`g`ini bo`ldi. Jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yangilash asosan yangi mulkchilik munosabatlari orqali o`tadi"3.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini tubdan qayta ko`rib chiqishga olib keladi. Insonlarning mulkka bo`lgan huquqlarini kengayishiga bevosita asos bo`ladi. Ayniqsa, mulkni xususiylashtirish masalasi davlat oldida turgan muhim masalalaridan biri bo`lib qoldi. Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 19 noyabrda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida”qonun qabul qildi. Bu qonun asosida davlat tasarrufida bo`lgan korxona va tashkilotlar endi asta-sekin davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkdorlarga topshirila boshlandi .Bu qonun bo`yicha yer, yer osti boyliklari, ichki suv, havo havzasi, o`simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy zahiralar,madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar va mol-mulklarning turlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifiga muvofiq, Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilanadi. Demak, har qanday mulk har doim ham xususiylashtirilmas ekan.

Mamlakatimiz Oliy Majlisi tomonidan mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular jumlasiga; mulkchilik to`g`risidagi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi, ijara to`g`risidagi, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to`g`risidagi va boshqa qonunlarni kiritish mumkin

Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish borasida o`z oldimizga qo`ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro`y berayotgan o`zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo`ymoqda4.

Hozirgi rivojlanish davrida xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o`z mahsulotini sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va hajmini kengaytirishga qaratilgan qat'iy chora-tadbirlar ko`rish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga bo`lgan har qanday urinishlarga barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bo`lgani kabi, bizda ham tekshirishlar natijalari bo`yicha moliyaviy va ma'muriy jazolarni (misol uchun, xo`jalik subyekti faoliyatiga jiddiy ta'sir ko`rsatadigan katta miqdorda jarima olish, korxona faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish, hisob raqamidan foydalanishni taqiqlash va hakozalarni) faqat sud tomonidan tayinlash tizimiga o`tish vaqti yetdi.

Ishlab chiqarishning jadal modernizatsiya qilinishi, zamonaviy quvvatlarning ishga tushirilishi iste'mol bozorini sifatli va raqobatga bardoshli mahsulotlar bilan to`ldirish imkonini bermoqda.



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar haqida to`xtalib, iqtisodiy sohadagi vazifalar haqida to`xtalib quyidagilarni e'tirof etdi: “Ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma –bosqich shakllantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni rag`batlantirish, iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga-ayyorlikni batamom tugatish”ni muhim masalalardan ekanligini ta'kidlab o`tgan edi.

11 O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. -T Adolat, 1996, -558 b.

22 O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`¦risida”gi ªonuni. (O`zbekiston Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990 yil, 31-33 son, 371-modda; 1993, 7 may, 48-modda;)

33 Karimov I.A.O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. «O`zbekiston» 1998, 558-559-betlar.

44 Qarang. “O`zbekiston ovozi”. 2005 yil 29-yanvar.4-bet.

Aim.uz


Download 17,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish