§. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiy normativlarga rioya etish
amaliyotining tahlili
Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan respublika Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan dastlabki, asosiy iqtisodiy normativlardan biri bank kapitalining minimal miqdori ko’rsatkichidir.
Xalqaro bank amaliyotida bank ustav kapitalining minimal miqdori 5 mln. AQSh dollari atrofidagi miqdorni tashkil etadi. Shu sababli, bank kapitalini xalqaro andozalar bo’yicha etarli bo’lishi uchun 5 mln. dollar miqdorida shakllantirish lozim.
Respublikamizda xorijiy kapital ishtirokidagi banklarga nisbatan belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori xalqaro andozalarga mos keladi. Ya’ni 1998 yil 1 yanvardan boshlab ushbu miqdor 5,0 mln. AQSh dollari qilib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining dastlabki davrlaridan boshlaboq tijorat banklarining kapital bazasini mustahkamlashga katta e’tibor berildi. Respublika Markaziy bankining 1998 yil 2 noyabrdagi 420-sonli yo’riqnomasiga asosan 1999 yil 1yanvardan boshlab aholisi 0,5 mln. kishidan ortiq bo’lgan shaharlarda tashkil etiladigan tijorat banklari uchun ustav kapitalining minimal miqdori 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida belgilab qo’yildi. Aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo’lgan shaharlarda tashkil etiladigan banklar uchun bu ko’rsatkich 1,0 mln. dollar qilib belgilandi. 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab banklarning ustav kapitalining minimal miqdori yanada oshirildi va uning miqdori mos ravishda 2,5 mln. va 1,25 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdorida belgilab qo’yildi. Demak, bir yil ichida tijorat banklarini ustav kapitalining minimal miqdorini 25 foizga oshirish majburiyati belgilab qo’yildi. holbuki, 1999 yil 1 yanvarga qadar tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori aholisi 0,5 mln. kishidan ortiq bo’lgan shaharlarda tashkil etiladigan tijorat banklari uchun 1,5 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdorida, aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo’lgan shaharlarda tashkil etiladigan banklar uchun esa 0,75 mln. AQSh dollari miqdorida belgilab qo’yilgan edi.
Respublikamizda xususiy banklar ochilishini rag’batlantirish maqsadida, ularga nisbatan ustav kapitalining minimal miqdori nisbatan kichik qilib belgilangan. 1998 yil 1 yanvardan boshlab xususiy tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori 0,3 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdorida belgilangan.
2001 yilning 31 dekabr holatiga mamlakatimizning barcha tijorat banklarida mazkur normativning belgilangan darajasini bajarishga erishilgan.
Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan qo’llanilayotgan muhim normativlardan biri bank kapitalining etarlilik darajasi hisoblanadi. Ushbu normativ bank jami kapitali summasini bank aktivlarining riskka tortilgan so’mmasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi va uning minimal miqdori 0,10 qilib belgilangan. 1999-2001 yillar mobaynida respublikamizning barcha tijorat banklari ushbu koeffitsientni bajarishga erishdi.
Ызбекистон Республикаси Марказий банки «Тижорат банклари фаолиятини лицензиялаш ва тартибга солиш» департаментининг жорий щисобот маълумотлари.-Тошкент, 2002, 18 февраль.
Ayni vaqtda, kapitalning etarlilik normativini bajarishda ayrim banklarda muammo yuzaga kelishi mumkin. Masalan, 2001 yilning 31 dekabr holatiga
«O’ztadbirkorbank»da bu ko’rsatkichning bajarilishi 0,19 ni, «XIF»bankda esa 0,14 ni tashkil qildi. Ushbu banklarda yuqori riskli aktivlarni sezilarli darajada o’sishi mazkur normativni bajarilishida qiyinchilik tug’ilishiga olib keladi.
Respublikamiz tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan uchinchi iqtisodiy normativ bank asosiy kapitalining, ya’ni birinchi darajali bank kapitalining etarlilik koeffitsienti deb ataladi. Koeffitsientning mazmuni shundan iboratki, har bir tijorat bankida asosiy kapitalning jami kapitaldagi ulushi 50 foizdan kam bo’lmasligi lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, respublikamizning barcha tijorat banklarida ushbu normativga rioya etish bilan bog’liq muammolar mavjud emas. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, banklar kapitalining asosiy qismi ustav kapitalidan iborat; ikkinchidan, banklar aktivlarining tarkibida yuqori riskli aktivlarning ulushi rivojlangan xorijiy davlatlar tijorat banklaridagi kabi yuqori emas. Shu sababli, banklar ushbu normativni bajarishda qiyinchiliklar sezishmaydi. Masalan, 2001 yilning 31 dekabr holatiga barcha tijorat banklarining jami kapitali 496090 mln. so’mni tashkil qilgani holda, birinchi darajali kapital so’mmasi uning 89,9 foizini yoki 446447 mln. so’mni tashkil qildi.
Amaldagi to’rtinchi iqtisodiy normativ leveraj hisoblanadi. Leveraj bank kapitalini valyuta balansga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Uning minimal miqdori 0,10 qilib belgilangan. 1999-2001 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari tomonidan iqtisodiy normativlarga rioya etish amaliyotining tahlili mzkur normativlarga rioya etish borasida jiddiy muammolar mavjud emasligini ko’rsatdi. Faqat ayrim tijorat banklarida, xususan, «Tadbirkorbank»da, «Ipak yo’li» bankida bu normativ belgilangan minimal miqdorga yaqin darajada bajarilgan. Bu esa hozirgi, foiz stavkalari, baholarning o’zgaruvchanligi sharoitida, banklarning to’lovga qobilligini ta’minlash borasida sezilarli muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.
Moliyaviy leveraj ko’rsatkichi respublikamizda tavsiya xarakteriga ega va miqdoriga ko’ra xalqaro andozalardan farq qiladi. Masalan, AQShda bu ko’rsatkich 0,05 (1:20) ni, Angliyada 0,05 (1:20) ni, Lyuksemburgda 0,03 (1:33) ni, Shveytsariyada 0,12 (1:8,2) ni tashkil etadi. Frantsiya va Germaniyada bu ko’rsatkich qonun hujjatlarida belgilab olingan.
Respublikamiz tijorat banklarining joriy faoliyatining barqarorligini tavsiflovchi normativ joriy likvidlilik koeffitsienti hisoblanadi. Ushbu koeffitsientning minimal darajasi 0,30 qilib belgilangan.
Joriy likvidlilik koeffitsienti (JLK) quyidagi tartibda hisoblanadi: JLKQ (LAQYaQQ)/(TDQ YaTT)
Do'stlaringiz bilan baham: |