O’rash (upakovka)
Xaridorlarga xizmat ko’rsatish
Marketing xizmati
Reklama
|
|
|
Sotuvni qo’llab-quvvatlash
Pablik releyshnz
Izlanish (tadqiqot)
Sotuvni rejalashtirish
Sotuvni bashorat qilish
Sotuvni nazorat qilish
|
Mahsulotni rejalashtirish
Mahsulotni ishlab chiqarish
Narxni tashkil etish
1-chizma. Marketing faoliyatiga yo‘naltirilgan korxonani tashkil etish.
F.Kotler quyidagi ta’rifni taklif etadi: marketing - bu tovarlarni taqdim etish va almashtirish bilan alohida bir individlar va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir. Ushbu ta’rifning asosiy tushunchalari - zarurat, ehtiyoj va talab; mahsulot; xarajatlar va qondirish; almashuv, transaksiyalar va o‘zaro munosabatlardir.
Buyuk Britaniyaning marketing jamoa instituti marketingga
«iste’molchining talablarini aniqlash, bashorat qilish va qondirishga shuningdek daromad olishga yo‘naltirilgan boshqaruv jarayoni» degan ta’rifni beradi. Shu kabi Amerika tashkilotlari ham marketingni taxminan ushbu kategoriyalarda aniqlashtiradi.
Marketingning tub ma’nosidan asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Biroq mahalliy va xorij adabiyotlarida «marketing tamoyillari» ostida har xil ma’nolar yotadi. Turli mualliflarning qarashlarini ko‘rib chiqib va solishtirib quyidagi asosiy tamoyillarni alohida ko‘rsatib o‘tamiz:
Iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ehtiyojlarni, talabning holati va dinamikasini va bozor kon’yunkturasini hisobga olish.
Ishlab chiqarishni bozor talablariga, talablarning strukturasi (tuzilishi)ga moslashi uchun maksimal shart-sharoitlar yaratib berish.
Barcha ishlatilishi mumkin bo‘lgan, avvalambor reklama orqali bozor va xaridorlarga ta’sir etish.
Marketing faoliyati quyidagi savollarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni o‘zida aks ettiradi:
Bozorlar, ta’minot manbalari va boshqalar tarkibiga kiruvchi tashqi (korxonaga nisbatan) muhitni tahlil qilish. Tahlil tijorat muvaffaqiyatga ko‘maklashuvchi yoki bunga to‘siqlar yaratuvchi omillarni aniqlashga imkon beradi.
Iste’molchilarni tahlil qilish: muhimlari (amaldagi korxona mahsulotini xarid qiluvchilar) va potensiallari (ularni muhimlar qatoriga kiritish uchun ishontirish lozim). Mazkur tahlil xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega va ularning keng ma’nodagi talablarini, shuningdek, o‘zimizning mahsulotlarimiz bilan bir qatorda raqobatlashuvchi mahsulotlarni xarid qilish jarayonlarini, demografik, iqtisodiy, geografik va odamlarning boshqa tavsiflarini tadqiq etishdan iboratdir.
Mavjud tovarlarni o‘rganish va kelgusi tovarlarni rejalashtirish, ya’ni assortiment, parametrik qatorlar va qadoqlashni hisobga olgan holda yangi tovarlarni yaratish yoki eskirganlarini modernizatsiya qilish
kontsepsiyasini ishlab chiqish. Eskirgan va belgilangan daromadni keltirmaydigan tovarlar ishlab chiqarishdan va eksportdan olib tashlash.
Tovar harakati va sotilishini rejalashtirish kerak bo‘lgan taqdirda do‘kon va omborlarni hisobga olish bilan tegishli sotish tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Xaridor agent va bevosita sotuvchilarga yo‘naltirilgan reklamalarni kombinatsiyalash, shaxsiy sotuvni yo‘lga qo‘yish, obro‘li nosavdo tadbirlar («Pablik releyshnz») va turli xildagi iqtisodiy rag‘batlantirishlar orqali talabni shakllantirishni ta’minlash va sotishni rag‘batlantirish.
Eksport qilinuvchi mahsulotlarga narxlar darajasi va tizimini rejalashtirish, narx, kredit muddatlari, chegirma va boshqalarni ishlatish
«texnologiya»larini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi narx siyosatini ta’minlash.
Mahsulot ishlatilishini tegishli havfsizlik darajasini ta’minlash, atrof muhitni himoyalash majburiyati, ahloq-odob qoidalariga mos kelishini, iste’mol tovarlari xususiyatlarini muvofiqlik darajasini ifodalovchi korxona mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatning texnik va ijtimoiy me’yorlarini qondirish.
Marketing faoliyatini tizim sifatida boshqarish, ya’ni marketing dasturlari va korxona ishida qatnashuvchi har bir ishchining individual majburiyatlarini bajarish va nazorat qilish, tavakkalchilik va foyda darajasi, marketing qarorlarini samaradorligini baholash kabilar kiradi.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun marketing strategiyalarini o‘tkazilishini samaradorligi bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqaruvchilarni va xizmat ko‘rsatish korxonalarini, ulgurji va chakana savdo korxonalarni, marketing bo‘yicha mutaxassislarni va turli xil iste’molchilarni o‘zida mujassamlashtirgan marketing subyektlarining katta rolini hisobga olish zarurdir. Ta’kidlash lozimki, marketing funksiyalarini bajarish ma’suliyati turli uslublar orqali taqsimlansa-da, ularni ko‘p hollarda umuman bajarmaslik mumkin emas, ular albatta biror kim tomonidan bajarilishi lozim.
Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |