© «IQTISOD-MOLIYA», 2007
Kirish
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan marketing yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga yetarli bilim berish maqsadida o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Korxona rahbarlari o‘zlarining kundalik ish faoliyatida tovar iste’molchiga turli yo‘llar bilan yetkazib berilishi mumkinligi haqida bosh qotirishadi. Ko‘pgina hollarda, pirovard iste’molchi ishlab chiqaruvchining diqqat markazida turmaydi, aksincha, uning o‘rnini mahsulotni sotib oladigan firma egallaydi. O‘quv qo‘llanmada shu holatning sabablari va zaruriyati ochib berishga harakat qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |