Xaridorning biror bir tovarni sotib olish va bozordagi xatti-harakati bir nechta omillarga bog‘liq bo‘ladi, endi shu omillarni ko‘rib chiqaylik.
Odam yoshi. Yillar o‘tishi bilan odamlarning oziq-ovqatga, mebelga, tibbiyot xizmatlariga, kiyim-kechakka va boshqa ko‘pgina narsalarga bo‘lgan ehtiyoji o‘zgarib turadi.
Kasbi. Chilangar uchun ko‘proq temir-tersak zarur bo‘lsa, duradgor ko‘proq yog‘och xom-ashyosiga ehtiyoj sezadi.
Hayot tarzi. Hayot tarzi bilan talab orasida kuchli bog‘lanish bor. Bo‘sh vaqtni sportga bag‘ishlagan odamlarga sport kiyimlari, maxsus oyoq kiyimlari, sport anjomlari kerak bo‘lsa, musiqa
shinavandalariga plastinkalar, kassetalar va boshqa shu kabilar kerak bo‘ladi.
Biror bir guruhga tegishli bo‘lish. Bu yerda guruh deb shunday odamlar jamoasi nazarda tutiladiki, ularning umumiy qiziqishlari bo‘ladi yoki ular bir millat, biror diniy yo‘nalish bo‘yicha birlashgan bo‘ladi.
Oila. Oilaning tovarni xarid qilishda ta’siri kattadir. Ko‘pincha yirik va qimmatbaho tovarni sotib olishda oilada bir-biri bilan maslahatlashishadi, keyin u yoki bu tovarni sotib oladilar. Oila a’zolari soni ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, a’zolari kam oila uchun kichik hajmli muzlatkich sotib olish kifoya, a’zolari ko‘p bo‘lgan oila esa katta hajmli muzlatkichni sotib olishni xohlaydilar.
Xaridorlarning shaxsiy hislatlari. Bu omilni o‘rganish juda ham qiyin, buning uchun ba’zi kuzatishlarni olib borish zarur. Masalan, reklama bo‘yicha mutaxassis reklama tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berishi kerakligini misolda izohlaylik. Har xil odamlar bir xil ma’lumotni har xil qabul qiladi. Ba’zi odamlar ko‘z orqali ko‘rilgan ma’lumotni yaxshi qabul qilsa, boshqalari eshitish orqali ma’lumotni yaxshi qabul qiladi. Shuni e’tiborga olib, televizion reklama tayyorlashda ko‘rsatuvlar matn bilan ta’minlanadi va yozuvda ifodalaniladi, suxondon esa shu matnni o‘qiydi. Shunda ma’lumot har xil hislatli xaridorga yetib boradi.
Ishlab chiqaruvchilar oldida turgan va yechilishi lozim bo‘lgan muammolar uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mahsulot sotishda birinchi savolga kuzatishlar orqali javob olinsa, ikkinchi va uchinchi savollarga so‘rab-surishtirish ma’lumot yig‘ishda juda ham qulay va samarali usuldir. So‘rab-surishtirish ko‘p hollarda anketa va intervyular orqali amalga oshiriladi va ishlab chiqarishga pulni sarflab, foydali ishlab chiqarishni bo‘sh qo‘yish katta xatodir. Strategik rejalashtirish tizimining maqsadi - bu kuchli ishlab chiqarishini rivojlantirish va kuchsiz, yaroqsiz ishlab chiqarishni qisqartirish faoliyatini tasdiqlashdir.
Marketingda ishlab chiqarish deganda har bir ishlab chiqarilgan tovar, tovar markasi, reja, ishlab chiqarish tushuniladi. Bularning har biridan o‘zining ishlab chiqarishda qanday foydalanishning strategik yechimini firma allaqachon qabul qilgan. Endi bularning har biri bo‘yicha aniq ishlab chiqarilgan marketing rejasi bo‘lishi kerak.
Davlatning butun hududi bo‘yicha savdo-sotiq qilayotgan kompaniyalarda sotuvchilarning bo‘ysinish odati geografik tamoyil
bo‘yicha tashkilot shaklini oladi. Geografik tamoyil bo‘yicha tashkilotlarda ishlovchi savdo-sotiq agentlari o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan hududlarda yashashlari kerak. Bu esa o‘zlarining mijozlarini yaxshi o‘rganib olishi, mablag‘ xarajatlari bilan samarali ishlashi uchun yordam beradi.
Tovar ishlab chiqaruvchi tashkilot keng nomenklaturali tovarlar yoki har xil firmalar, tovar bo‘yicha markaziy tashkilotlar bilan ishlashadi. Tovar ishlab chiqaradigan tashkilot funksiyali tashkilotni almashtirmaydi, balki u yana bir boshqarish bosqichi hisoblanadi. Hamma tovarni ishlab chiqarishni tovar nomenklaturasi bo‘yicha boshqaruvchi boshqaradi. Bu boshqaruvchiga bir necha tovar bo‘yicha boshqaruvchilar, qaysiki o‘zining muayyan tovar ishlab chiqarish uchun javobgar bo‘lganlar bo‘ysinadi. Har bir tovar bo‘yicha boshqaruvchi o‘z boshqaruv faoliyati rejalarni ishlab chiqaradi va bu rejalarni nazorat qilib, unga erishishni ta’minlaydi, aks holda, uni boshqatdan ko‘rib chiqadi. Tovar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda bir nechta yutuqli tomonlari bo‘lib, tovar boshqaruvchisi bir mahsulot bo‘yicha butun marketing kompleksini yo‘naltiradi. Bular quydagilarga bo‘linadi:
Marketing xizmatini boshqaruvchisi;
Reklama xizmati boshqaruvchisi;
Marketing tadqiqotlari xizmati boshqaruvchisi;
Yangi tovarlar boshqaruvchisi;
Bundan tashqari mijozlar uchun servis xizmati boshqaruvchisi, marketing rejalashtirish xizmati boshqaruvchisi va tovar harakati xizmati boshqaruvchilari ham bor. Boshqarishning osonligi funksiyali tashkilotni asosiy yutug‘i hisoblanadi.
Boshqa tomondan tovar xili ko‘paygan sari bu sxema o‘zining samarasini yo‘qotib boradi. Alohida bozor va tovar uchun asosiy rejalarni ishlab chiqish qiyinlashadi va firma marketing faoliyatini boshqarishni ham, o‘zining strukturasini ham shu tamoyil bo‘yicha o‘zgartiradi.
Har xil bo‘limda bozor bo‘yicha mutaxassislar guruhi bor. Ko‘pgina mahsulotlarni ko‘p bozorlarda sotadigan firmalar orasida bir muammo paydo bo‘ladi, tovar ishlab chiqarishda tashkilot tizimidan foydalanish kerakmi? Bu o‘z navbatida tovarlar haqida kuchli bilimga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Bu esa firmada tovar bo‘yicha boshqaruvchilar bilan birga bozor bo‘yicha boshqaruvchilar ham bo‘lishi kerakligini anglatadi.
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina
kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch xilga bo‘lish mumkin.
Yillik rejalarini bajarilishi ustidan nazorat.
Daromad nazorati.
Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish. Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi. Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi.
Zamonaviy marketing tamoyillarida bozorning umumiy holatini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad, uning konyunkturasiga (holatiga) baho berish va rivojlanish istiqbolini ishlab chiqishdan iborat. Bunday dasturning bajarilishi ko‘p omillarga bog‘liq, shunga qaramay bozorni har tomonlama o‘rganish va tahlilni quyidagicha boshlash mumkin:
Tovarni o‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda yangiligi va raqobatbardoshligi, uning mahalliy qonunchilik, tartib va qoidalar talabiga to‘g‘ri kelishi, hozirgi va bo‘lajak xaridorlar ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatlari xaridorlar talabi va davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog‘liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tganda ularda o‘zgarish ro‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o‘rinni egallaydi. Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar manbayi bo‘lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |