Toshkent moliya instituti sh. To‘laganova



Download 152,1 Kb.
bet33/83
Sana27.01.2022
Hajmi152,1 Kb.
#413396
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
7 Marketing asoslari Sh To laganova va boshq 2007 o quv qo llanma.doc

Marketing tamoyillari


Har bir fanning predmeti va uning uslublari bo‘lganligi kabi marketing ham alohida fan sifatida har bir oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, biznes maktablarida o‘rgatilmoqda. Bu fanning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u fan sifatida ham belgilangan. Bu maqsadga erishishni vazifa qilib qo‘yadi. Shu bois ham, bizning davlatimizda marketing mutaxassisligi oliy va iqtisodiy ta’lim tizimida asosiy kasb etib joriy etiladi. Bu sohada bilimli bo‘lgan odamning marketing tamoyillarini chuqur bilishi taqozo etiladi. Marketing tamoyillari bozorga kirish faoliyatini yurituvchi uchun eng oliy vazifadir.


Asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:

  1. «Iste’molchi - shoh»;

  2. «Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish»;

  3. «Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish kerak»;

  4. «Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak»;

  5. «Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foydasi va obro‘siga ega bo‘lishi kerak». Buning ma’nosi shuki, korxona iste’molchi talabiga ko‘ra turli mahsulotni tez vaqtda ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bozorga kirish nihoyatda katta harakatni talab qiladi. Bu harakatda marketing dasturini tuzish bosh vazifadir. Ushbu hujjat (barcha jarayonlarni o‘z ichiga olgan) bozorga kirish yo‘llarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bozorni chuqur o‘rganish asosida unga kirib olish yo‘llari belgilanadi. Shunga ko‘ra, bozorga kirib olishning ko‘plab
yo‘llari mavjud: bozorga davlatning iqtisodiy siyosati asosida, raqobat kurashi asosida, raqobatsiz yangi mahsulot yaratish bilan mavjud tovarlarning iqtisodiy va tashkiliy turlarini o‘zgartirish evaziga va boshqa ko‘plab yo‘llar bilan kirish mumkin. Bularda har bir yo‘lning o‘z xususiyati bo‘lgani kabi ularning yagona iqtisodiy tashkiliy asosi ham mavjud. Bozorga kirish barcha faoliyatining iqtisodiy barkamolligi raqobat kurashiga shu faoliyatining bardosh bera olishi, ishlab chiqarish jarayonining zamonaviy texnologiya va ilmiy texnika taraqqiyoti natijalariga tayanganligi, ishchi xodimlarning malakasi, xom-ashyo va materiallar sifati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Shuning bilan birga, marketing faoliyatini qanchalik darajada mukamalligi ham bozorga kirishni ta’minlovchi omillarning asosiylaridan hisoblanadi. Marketing tamoyillaridan yana biri bozorda mustahkam o‘rnashishdir. Bu tamoyil, avvalambor, bozor talablariga asoslangan.
Bozor talablari narx-navo, tovar sifatida va qo‘shimcha xizmatning mavjudligidir. Demak, yaratilgan va sotilayotgan tovarning narx-navosi, sifatli bo‘lishi har bir ishlab chiqaruvchining eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bozordagi talab va taklif orasidagi muqobillik narx- navoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, bozorni o‘rganish, eng avvalo, bozor shart-sharoitlarini bajarish imkoniyati katta ahamiyatga egadir. Bozor talablarining beqarorligini va shu vaqtning o‘zida tovarlar raqobati asosida iqtisodiy imkoniyatlarini belgilash bozordagi har bir sotuvchining asosiy niyatlaridan hisoblanadi.
Bu tamoyil mazmunan monopol ta’sir ko‘rsatuvchi darajasiga yetishish ma’nosini ham anglatishi mumkin. Biroq monopol ta’sir ham bozorda yagona hukmron darajasini yanada mustahkamlashning asoslarini barpo etish bilan bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bozorga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati cheksiz bo‘lmaydi, balki talab va taklif negizida yaratilayotgan tovarning sotilishi aholining sotib olish qobiliyati doirasida. Tovarni hozirgi vaqtdagi va istiqboldagi iste’mol qobiliyati va boshqa omillar uning bozordagi narxini muntazam chegaralab turadi. Bu esa o‘z navbatida yangi mahsulot yaratish bo‘yicha beto‘xtov izlanishlar olib borishga undaydi. Bozorni uzluksiz o‘rganib borish evaziga shu vaqtning o‘zida mavqeini mustahkamlab ham boradi.


Download 152,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish