5. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va
to’liqligini tekshirish
Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga
olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini
tekshirish muhim masala hisoblanadi.
Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish,
xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga
oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va
O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali
boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish
323
tartibi va ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi
valyuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan
tartibga solinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar
bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari:
AQSh dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta
schyotlariga ega bo’lishlari mumkin:
*
tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini to’liq
hajmda hisobga olish uchun mo’ljallangan;
*
maxsus tranzit valyuta schyoti - O’zbekiston Respublikasi valyuta
birjasida chet el valyutasini so’mga sotib olish va uni yana sotishga doir
muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan;
Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir
qismini majburiy sotganidan so’ng uning ixtiyorida qoladigan mablag’larni va
valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga
oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga
ega tashkilotlar uchun ochiladi.
Bankdagi valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni tekshirish chog’ida
auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
*
joriy valyuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta
muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi;
*
valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo’lgan, vakolatli banklar orqali valyuta
muomalalarini amalga oshirish;
*
vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar
va litsenziyalarning mavjudligi;
*
yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo’lgan, legal
324
kelib chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisob-
kitoblarni amalga oshirish;
*
5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan
«Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta
schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga
doir muomalalar hisobi.
Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti
bo’yicha amalga oshiriladi.
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan
schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la
olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi
lozim.
Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi
qabul qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi
ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak:
*
tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini
qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni
hisobga olish to’g’risidagi talablarni;
*
eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham
o’zaro qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi;
*
O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o’tgan tushumdan to’lovlar amalga
oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat
ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog’liq bo’lgan
bank komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.
Valyuta tushumining to’liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida
tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi.
325
Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog’ida valyuta sotish va
sotib olishga doir muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor
qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari ko’p hollarda hisobga olish
uslubiyotida ham, kurs farqlarini hisob-kitob qilishda ham valyutani so’mga
hisoblab o’tkazishda ko’plab xatolarga yo’l qo’yadilar.
Valyutani sotib olishga doir muomalalarning valyuta qonunchiligiga va
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyidagi
tartibda o’tkaziladi.
Valyuta sotib olishga doir muomalalarni tekshirish tartibi.
Tekshiriladigan masala
Qaysi me’yoriy
hujjatga
muvofiq
Valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi.
1. Valyutani sotib olish maqsadi:
joriy valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun;
kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalalarini amalga
oshirish uchun.
2. Kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalasi O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining maxsus ruxsati (litsenziyasini) talab qilmaydigan muomalalar
qatoriga kiradimi
3. Kapitalning harkati bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish uchun Markaziy
Bank ruxsatnomasi mavjudligi
4. Sotib olingan valyutaning sotib olish uchun topshiriqda ko’rsatilgan asosga
muvofiq maqsadli tayinlanishi bo’yicha ishlatilganligi
5. Maxsus tranzit schyotdan valyutani maqsadli tayinlanishi bo’yicha hisobdan
o’chirish muddatlariga rioya qilinishi
6. Sotib olingan chet el valyutasini yana sotish bo’yicha muomalalar amalga
oshirilganligi
7. Import tovarlar qiymatini bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar valyuta
mablag’larini sotib olish shartlariga rioya qilinishi so’mdagi depozit ochish.
Muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi.
Tekshiriladigan masala
qaysi me’yoriy
hujjatga
326
muvofiq
1. Valyutani sotib olishga doir muomalalarni hisobga olish uchun
foydalaniladigan, ishchi schyotlar rejasida keltirilgan schyotlar
2. Pulini to’lash uchun valyuta sotib olinadigan, sotib olingan tovar-moddiy
zahiralar qiymatiga bank komission mukofotining qo’shilishi
3. Bankka to’langan komission mukofotning 80 schyot debetiga olib borilishi
4. Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog’ida moliyaviy natijaning 80-schyot
debetiga olib borilgan, komission mukofotlar va kurs tafovutlari summasiga
tuzatilganligi
5. Valyuta sotib olishda chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish sanasini
belgilashning to’g’riligini tekshirish
6. Valyutaning so’mga hisoblab o’tkazish chog’ida qo’llanilgan O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki kurslarining to’g’riligini tekshirish
7. Valyuta sotib olishga doir muomalalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks
ettirish bo’yicha schyotlar boglanishini (korrespondentsiyasini) tekshirish
Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish quyidagicha turkumlanishi
mumkin:
1. Majburiy sotish;
2. Qaytarib sotish;
3. Erkin (ixtiyoriy) sotish.
Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual
faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan
valyuta tushumlarini, hamda bo’naklar va oldin to’lovlar sifatida olingan
kirimlarni o’z ichiga oladi.
Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit
schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni o’z ichiga oladi. Bu agar sotib
olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident
tomonidan xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun ishlatilmagan valyutalar
maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda
hisobdan o’chirilmagan hollarda.
Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan
327
summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni o’z
ichiga oladi.
Valyutani majburiy va qaytarib sotish chog’ida qonunchilikda belgilangan,
sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida
aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu
muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi.
Valyutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga
oshirish mumkin.
Tekshiriladigan masala
Qaysi
me’yoriy
hujjatga
muvofiq
1. Sotish turini aniqlash:
tranzit valyuta schyotidan majburiy sotish;
maxsus tranzit schyotidan qaytarib sotish;
ixtiyoriy sotish.
2. Tranzit valyuta schyotiga tushgan tushum majburiy sotiladimi?
3. Majburiy sotish hajmini aniqlashning to’g’riligini tekshirish:
valyuta tushumining 75%.
valyuta tushumining 50%.
4. Eksportdan olingan valyuta tushumini sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish
5. Majburiy sotiladigan eksport daromadini hisob-kitob qiladigan bazani aniqlashni
tekshirish
6. Maxsus tranzit valyuta schyotidan valyutani qaytarib sotish uchun zarur shart-
sharoitlar mavjudligini tekshirish
7. Valyutani qaytarib sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish.
8. Korxona o’zining maxsus tranzit valyuta schyotidan boshqa valyuta schyotlariga
valyutani o’tkazganligi
9. Valyutani sotishga doir muomalalarning hujjatlashtirilishini tekshirish
328
Valyuta muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tekshirish.
Tekshiriladigan masala
Qaysi
me’yoriy
hujjatga
muvofiq
1. Korxonada valyuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning
chiqimi» schetini qo’llash.
2. Valyuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo’yicha bankka to’lanadigan komission
to’lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni
tekshirish.
3. Valyutani majburiy sotish bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovning
tannarxga qo’shilishi.
4. Valyuta muomalasi bo’yicha zarar ko’rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash
chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi.
5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga
hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish
6. Chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish
7.
Valyuta
sotishni
aks
ettirishga
doir
schyotlarning
o’zaro
bog’lanishi
(korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |