Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi  

 

Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 



*

 

tekshirilayotgan  korxonada  bitta  yoki  bir  nechta  kassir  (yoki  shunga 



vakolatli shaxslar) ishlashini; 

*

 



kassirning  faqat  tekshirilayotgan  korxonada  ishlashi  yoki  o’rindoshlik 


 

 

311 



asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi; 

*

 



kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; 

Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim: 

kassani  tekshirish,  tekshirilayotgan  korxona  bosh  buxgalteri  va  kassiri 

ishtirokida  amalga  oshiriladi,  tekshirish  paytida  boshqa  shaxslar  qatnashishi 

mumkin emas; 

*

 



 kassani  tekshirish  paytida  barcha  kassa  muomalalari  to’xtatiladi.  Kassani 

tekshirish  imkoni  bo’lmay  qolganda  yoki  bir  nechta  kassa  bo’lganda  ularning 

barchasi  auditor  tomonidan  muhrlanib,  kalitlar  kassirda,  muhr  esa  auditorda 

saqlanadi; 

*

 

 kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh 



buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki 

tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart; 

*

 

 sanash 



tugaganidan  so’ng  auditor  tekshiruvda  aniqlangan  pul 

mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova).  

*

 

 turli  shaxslarning  tilxatlari,  to’liq  rasmiylashtirilmagan  kassa  chiqim 



orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi 

naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati 

sifatida  qabul  qilinmaydi.  Shuningdek,  kassadan  naqd  pul  berish  bo’yicha 

kimga,  kimning  topshirigi  bilan,  qachon,  qaysi  maqsadlar  uchun  qancha 

summada  pul  berilganligi  ko’rsatiladi  va  shubxali  hujjatlar  aniqlanganida  ham 

shunday qilinadi;  

*

 

 boshqa  korxona,  tashkilot  va  shaxslarning  pullari  hamda  qiymatliklarini 



korxona  kassasida  saqlash  man  qilinganligi  sababli,  kassada  saqlanayotgan 

barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga 

tegishli deb hisoblanishi lozim; 

*

 



 auditor  kassada  oshiqcha  chiqqan  pul  yoki  kamomadni  tekshirish 

dalolatnomasida  ko’rsatadi  va  ayni  paytda  oshiqcha  chiqish  yoki  kamomad 

sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.  

Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va 




 

 

312 



unda  tekshiruv  paytida  bo’lgan  qoldiqni  ko’rsatish  uchun  beradi.  Tekshiruv 

paytida  kassada  ish  haqi  to’liq  tarqatilib  ulgurmagan  vedomostlar  bor  bo’lsa, 

auditor  bosh  buxgalter  va  kassirga  vedomostlarni  belgilangan  tartibda  hisobotga 

qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri 

kelib,  ko’p  xodimlarga  ish  haqi  tarqatilmagan  vedomostlar  bo’lsa,  bunday 

vedomostlar  kassir  hisobotiga  qo’shilmasdan,  dalolatnomada  kassa  hisobotiga 

kiritilmagan,  qisman  to’langan  chiqim  hujjatlari  (to’lov  vedomostlari)  sifatida 

yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami 

bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv 

kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.  

Shuningdek,  kassani  tekshirishda  kassada  saqlanayotgan  qimmatli  qog’ozlar 

(aktsiyalar,  obligatsiyalar,  sertifikatlar  va  boshqalar),  YoMM  talonlari,  qat’iy 

hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va 

boshqa  qimmatli  qog’ozlar  ham  tekshirilib,  ularning  mavjudligi  dalolatnomada 

ko’rsatiladi.  

Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar 

(o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa 

eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning 

ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan 

shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.  

Butun  tekshirilayotgan  davrga  tegishli  barcha  kassa  hujjatlari  yoppasiga 

tekshirilishi shart.  

Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida 

kirim  qilinganligini  tekshirishda  muomalalarni  o’zaro  taqqoslash  usulini 

qo’llaydi.  Bunda  №  1-jurnal  orderining  vedomost  tomonida  5010–«Milliy 

valyutadagi  pul  mablag’lari»  schyotining  debeti  bo’yicha  aks  ettirilgan 

summalarni  №2-jurnal  orderda  aks  ettirilgan.  5110–«Hisob-kitob  schyoti»ning 

kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart.  

To’g’ri  kelmaslik  hollari  uchraganda  summalar  kassa  kirim  orderlari,  bank 

ko’chirmalari,  kassir  hisobotlari,  cheklar  koreshoklari  bilan  solishtiriladi,  zarur 




 

 

313 



hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.  

Agar  bank  ko’chirmalarida  o’chirilgan,  to’g’rilangan,  shuningdek,  qoldiqlar 

to’g’ri  kelmasa,  bankdagi  hisob-kitob  schyotidan  ishonchli  ko’chirmani  olish 

zarur.  


Kassa  muomalalarini  tekshirishda  kassa  hisobotiga  ilova  qilingan 

hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3

a

 shakl. «Kirim 



va 

chiqim 


kassa 

hujjatlarini 

ro’yxatga 

olish 


jurnali», 

ordersiz 

rasmiylashtiriladigan  pul  kirimi  hujjatlari,  KO-4  shakl  «Kassa  daftari»,  KO-5 

shakl  «Kassir  tomonidan  qabul  qilingan  va  berilgan  pullarni  hisobga  olish 

daftari»,  5010  «Milliy  valyutadagi  pul  mablag’lari»,  5020-«Xorijiy  valyutadagi 

pul  mablag’lari»,  5520-«Chek  daftarchalari»,  5610-«Pul  ekvivalentlari»,  5710-

«Yo’ldagi  pul  mablag’lari»  va  5810-«Qimmatli  qog’ozlar»  schyotlari 

yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, 

tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).  

Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan 

har  bir  hujjatda  oluvchilar  imzosi  borligi;  kirim  hujjatlariga  «olindi»  degan, 

chiqim  hujjatlariga  esa  «to’landi»  degan  shtamplar  bosilganligi  hamda  ularning 

sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi 

aniqlanishi lozim.  

Amaliyotda  kassaga  doir  suiste’mol  qilishlar  asosan  ish  haqi  va  hisobdor 

summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish, 

berilishi  lozim  bo’lgan  jami  summani  oshirib  ko’rsatish,  kassa  hisobotiga  qayta 

qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, 

sanasini  o’zgartirish  va  tuzilayotgan  kassa  hisobotiga  kiritib,  undagi  summani 

ikkinchi  marta  hisobdan  chiqarish  hollari  ham  uchraydi.  Auditor  bulardan 

tashqari  kassa  muomalalarini  tekshirish  jarayonida  quyidagilarga  ham  alohida 

e’tibor berishi lozim: 

*

 

 tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi; 



*

 

 kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi; 



*

 

 kassa  hisobotlarida  va  kassa  daftarida  hisobotlarni  hamda  unga  ilova 




 

 

314 



qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki 

muovinining imzosi borligi; 

*

 

 ish  haqi  berish,  xizmat  safari  va  xo’jalik  sarflariga  va  boshqa  maqsadlar 



uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; 

*

 



 kassa  qoldiqlarining  tekshirilayotgan  korxona  uchun  bank  tomonidan 

belgilangan limitga to’g’ri kelishi; 

*

 

 berilmagan  ish  haqi  summalari  va  realizatsiyadan  tushgan  nakd  pul 



daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi; 

*

 



 naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga 

o’xshashlar; 

*

 

 to’lg’azilmagan  cheklarga  rahbar  va  bosh  buxgalter  tomonidan  imzo 



qo’yilishi  va  cheklarni  kassirga  bankdan  pul  olish  chog’ida  mustaqil  to’ldirish 

uchun berish hollari; 

*

 

 chek  daftarchasi  bosh  buxgalter  seyfida  saqlanishi  o’rniga  amaldagi 



tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi; 

*

 



 korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 

shakl)  va  «Kassa  daftari»  (KO-4  shakl)ning  mavjudligi,  daftarlarning  barcha 

varaqlari  raqamlanib,  oxirgi  betida  varaqlar  soni  ko’rsatilganligi,  ip  o’tkazib 

boglanganligi  hamda  rahbar  va  bosh  buxgalter  imzosi  bilan  tasdiqlanib 

muhrlanganligi; 

*

 



 kassa  orderlari  va  boshqa  pul  hujjatlarida  tegishli  mansabdor  shaxslar  va 

pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi;  

*

 

 kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi; 



*

 

 pul  mablag’lari,  xarajatlar  va  boshqa  balans  schyotlariga  olib  borilib 



hisobot taqdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi; 

*

 



 kassa  muomalalariga  oid  schyotlar  boglanishlari  (korrespondentsiyalari) 

ning to’g’riligi; 

*

 

 to’lanmagan summalarning o’z vaqtida deponentga o’tkazilishi va h. k.  



Auditor  bunday  faktlar  mavjud  bo’lganda  bu  muomalalarning  sababini,  ular 

kimnning  farmoyishi  bilan  amalga  oshirilganligi  va  buning  orqasida  suiste’mol 




 

 

315 



qilish berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.  

Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish 

bo’lib ham hisoblanadi.  


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish