320
muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan
tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko’p uchraydigan muomalalarni aniqlash va
schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada
bunday tasniflagich yo’q bo’lsa, Bosh daftardagi schyotlar bog’lanishidan
foydalanib, tegishli axborotga ega bo’lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga
xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish
zarur.
Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul
mablag’laridan foydalanishi ko’zda tutilgan bo’lsa, auditor olingan foizlarning
korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob
schyotiga haqiqatda o’tkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim.
Olinadigan foizlarni noto’g’ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy
natijalarning buzib ko’rsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi
tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qo’llanilishiga olib kelishi
mumkin.
Shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida
quyidagilarni ham tekshiradi:
*
hisob registrlarini yuritish tartibi;
*
bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob
registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi;
*
hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning
sintetik hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi
ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi;
*
bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.
Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash
hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining
to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti
bo’yicha yozuvlar 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan
321
pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan
qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli
qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar»,
5510-«Akkreditivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus
schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha
buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan
tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq kirim
qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank
ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul
mablag’lari» schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri
ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi.
Pul mablag’laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash
uchun, ularning mol etkazib beruvchilardan qarzlarni qoplashga hisob-kitob
schyotidan o’tkazilishini, 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to’lanadigan schyotlar» schyoti bo’yicha hisob-kitob muomalalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish bo’limida tahlil qilish kerak.
5110 Hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari»,
2720-«Boshqa ishlab chiqarishlar» va boshqa xarajat schyotlarining debeti
bo’yicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. Chunki, mazkur holatlarda
bajarilmagan ishlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul o’tkazish yashiringan
bo’lishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining hisobdan o’chirilishini
tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan
bog’liqlikda batafsil tekshirish va tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qilingan
sarflarni, ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun to’lash va boshqa xarajatlarni
hisobdan o’chirishga doir xatolar aniqlashga yordam beradi. Bunday xatolar
moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga va soliq bilan bog’liq noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
322
Bankdagi hisob-kitob schyotidan hisobdan o’chirilgan naqd pul summalari
(bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar, 5110-schyotning kredit
oboroti yuritiladigan registr bo’yicha) va naqd pul mablag’larining kassaga
kirimini (kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladigan registr
bo’yicha) tekshirish hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik
tekshiruvdan o’tkazishda qarama-qarshi tekshiruv bo’lib hisoblanadi. Bunda
auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim:
*
hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag’ini hisobdan o’chirish muomalasi
aks ettirilgan bank ko’chirmasiga kassa kirim orderi kvitantsiyasi ilova
qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
*
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-
«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debet oboroti (1-jurnal-
orderning vedomost tomoni) bo’yicha sintetik hisob registrlari yozuvlarining
tengligi tekshiriladi.
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog’ida aniqlangan
kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik
tekshiruvining mazkur bo’limi bo’yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan
rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: