Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

5. Ichki nazoratning turlari 

Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:  

 

Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati; 



 

Tashkilot  faoliyatining  ichki  sharoitlari,  uning  hajmi,  ko’lami  va  faoliyat 



turi; 

 



Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki 

sho’ba korxonalariga ega bo’lishi; 

 

Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;  



 

Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi; 



 

Resurs bilan ta’minlanganligi; 



 

Xodimlar tarkibining bilim darajasi; 



Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: 

a)

 



Yillik  hisobotni  tasdiqlash  maqsadida  yig’ilgan  aktsiyadorlar  yig’ilishida 

saylangan, taftish komissiyasi shaklida; 




 

 

200 



b)

 

Bevosita rahbar buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida 



c)

 

Nazorat guruxi shaklida  



d)

 

Inventarizatsiya bo’limi shaklida; 



e)

 

Ichki  audit  tekshiruvini  o’tkazish  uchun  audit  tashkiloti  bilan  shartnoma 



shaklida bo’lishi mumkin. 

Taftish.

 

Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va 

uzoq vaqtni oladi hamda korxonada alohida bo’lim nazorat taftish bo’limi tashkil 

etilishi  zaruriyati  tug’iladi,  bu  holatda  nazorat-taftish  xizmati  xatoliklarni  yoki 

lavozimni  suiste’mol  qilininshi  yuzaga  kelishini  aniqlaydi.  Shuni  ta’kidlash 

joizki, taftish faoliyati amalga  oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki 

audit  esa  korxonaning  umumiy  istiqbolini  ko’ra  oladi  va  kelgusida  bo’lishi 

mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda taftish ishlari 

bo’lib  o’tgan  kamchiliklar  bo’yicha  xulosa  beradi,  ichki  audit  esa  imkoniyatni 

baholaydi  hamda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  riskni  kamaytirishga  hamda 

salbiy  oqibatlarga  olib  kelmasligini  oldini  olish  bo’yicha  takliflar  beradi. 

Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  korxonada  ichki  taftish  tizimining  mavjudligi  bu 

ichki auditning keragi yo’q degani emas.  

Shtat bo’yicha ichki audit xizmati.

 

Korxonada ichki audit xizmatining korxona 

rahbarlariga  bo’ysunishiga  har  xil  yondashiladi.  Eng  yaxshi  yo’l  ichki  audit 

xizmati  boshlig’ining  korxona  boshliqlari  kengashiga  bo’ysunishidir.  Aynan 

shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. 

Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. 

Bu  holatda  ichki  audit  xizmati  salohiyatidan  maksimal  darajada  foydalanish 

imkonini  beradi.  Har  xil  sabablarga  ko’ra  bu  variantni  amalga  oshirish  imkoni 

bo’lmasa, ichki audit xizmati bosh direktorga bo’ysunadi. 

 Ichki audit xizmatning tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov 

berilmagan,  bu  quyidagi  omillarga  ko’ra  har  xil  bo’ladi:  birinchi  omil  bu 

korxonaning  ichki  audit  oldiga  qo’ygan  vazifasi.  Ikkinchi  omil  bu  ichki  audit 

xizmatining  strukturasiga  ta’sir  etuvchi  omillar  korxonaning  xar  xil  turdagi 

risklarga  duch  kelganligi.  Uchunchi  omil  korxonada  nazorat  tizimining  etukligi. 




 

 

201 



Oxiri korxonaning shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi. 

 Ichki audit xizmatining tizimining ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit 

xizmatining  ob’ektivligini  hamda  erkinligini  ta’minlash  lozim.  Sho’’balari  ko’p 

va  har  xil  joyda  joylashgan  xolding  kompaniyalari  uchun  markazlashgan  ichki 

audit  xizmati  to’g’ri keladi.  Uning  xodimlari  hududiy  holatda  korxonaning bosh 

ofisida  yoki  sho’’ba  korxonalarida  joylashishi  mumkin.  Ammo  nima  bo’lganda 

ham  ular  funktsional  ravishda  korxonaning  rahbariga  bo’ysunadi.  Ichki  audit 

xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki 

sho’’basida  joylashmasin,  korxonaning  ichki  audit  xizmati  boshlig’iga  yoki 

korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish 

ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida 

yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.  



Autsorsing  va  kosorsing.

 

Ichki  audit  tekshiruvidan  tashqari,  chetdan  audit 

tekshiruvi  bo’yicha  shug’ulanuvchi  tashkilotning  jalb  qilgan  holda  yoki  tashqi 

maslahatchi  jalb  qilish  orqali  amalga  oshirish  ham  mumkin.  Bu  autsorsing 

varianti,  ammo  tashkilotning  ichki  audit  masalalarini  tashqi  audit  hal  etishi 

tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bunda korxona ichki audit 

xizmati tizimni tashkil etishdir va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki 

tashqi  maslahatchilarni  jalb  qilish  mumkin.  Autsorsing  va  kosorsing 

foydalanishning afzalligi quyidagicha:  


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish