Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari 

  

Asosiy  vositalarni  auditorlik  tekshiruvdan  o’tkazishda  foydalaniladigan 

manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham 

bog’liq.  Bular  hisobni  qo’lda  yuritish  sharoitida:  jurnal-orderlar,  vedomostlar, 

kartochkalar:  avtomatlashtirilgan  hisob  sharoitida  esa  kompyuter  dasturlari, 

mashinagrammlaridir.  Lekin  hisobning  har  qanday  shakli  sharoitida  ham  asosiy 

vositalarning  harakatiga  oid  muomalalar  (kirimi,  chiqimi,  xo’jalik  ichidagi 

siljishi,  ta’mirlanishi)  me’yoriy  hujjatlar  va  dastlabki  hujjatlashtirishning 




 

 

217 



unifikatsiyalangan  idoralararo  shakllari  bilan  rasmiylashtirilishi  lozim.  Ular 

qatoriga quyidagilar kiradi: 

*

 

 asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga 



soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar; 

*

 



 korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi; 

*

 



 asosiy  vositalarni  hisobga  olishda  korxonada  qo’llaniladigan  analitik  va 

sintetik hisob registrlari; 

*

 

 buxgalteriya hisobotlari



*

 

 asosiy  vositalarni  qabul  qilish-topshirish  (ichki  siljish)  dalolatnomasi 



(naqladnoyi) (AV-1 shakl); 

*

 



 ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul 

qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); 

*

 

 asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); 



*

 

 avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl); 



*

 

 asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);  



*

 

 asosiy  vositalarni  hisobga  oladigan  inventar  kartochkalar  ro’yxati  (AV-7 



shakl); 

*

 



 asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); 

*

 



 asosiy  vositalarning  inventar  ro’yxati  (ishlatish  joylari  bo’yicha)  (AV-9 

shakl).  

Auditor  ushbu  me’yoriy  hujjatlar,  hisob  registrlari  va  dastlabki  hujjatlarda 

asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining 

mavjudligi  va  haqqoniyligiga  e’tibor  qaratib,  barcha  rekvizitlarning  to’g’ri 

to’lg’azilganligini aniqlaydi.  

Auditor  korxonaning  hisob  siyosati  to’g’risidagi  buyruqda  bayon  qilingan  - 

asosiy  vositalarni  hisobga  olish  uslubiyoti  bilan  tanishib  chiqishi  lozim.  Bunda 

xususan quyidagilarni aniqlash zarur: 

*

 



 ob’ektlarni  asosiy  vositalar  va  aylanma  mablag’lar  qatoriga  olib  borish 

uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari; 




 

 

218 



*

 

 qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar 



ro’yxati; 

*

 



 asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari

*

 



 asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi; 

*

 



 hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda 

tutilganligi; 

*

 

 asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari



*

 

 asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish 



uchun 

ishchi schyotlar rejasi

da belgilangan schyotlar ro’yxati.  

Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda 

qo’llaniladigan  va  tekshiruvda  auditor  tomonidan  jalb  qilinadigan,  sintetik  va 

analitik  hisob  registrlari  buxgalteriya  hisobining  korxonada  qo’llanilayotgan 

shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik 

hisob  registrlari,  sintetik  va  analitik  hisob  bo’yicha  oborot  vedomostlari,  saldo 

vedomostlari kiradi.  

Asosiy  vositalar  harakatiga  doir  muomalalar,  odatda,  dastlabki  hujjatlarning 

unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa 

korxonada  ishlab  chiqilgan  va  hisob  siyosati  to’g’risidagi  buyruq  bilan 

tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.  

Auditor  tekshiruv  chog’ida  moliyaviy  hisobotning  quyidagi  shakllaridan 

foydalanadi: 

*

 

 buxgalteriya balansi (1-shakl); 



*

 

 moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); 



*

 

 asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl); 



*

 

 pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); 



*

 

 xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl); 



*

 

 izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.  



Buxgalteriya  balansi  (1-shakl)da  korxonaga  mulkiy  huquq  aso-sida,  tezkor 

boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar  I - «Uzoq 

muddatli  aktivlar»  bo’limidagi  «Asosiy  vositalar»  moddasida  boshlang’ich 



 

 

219 



qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar 

balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan 

tartibga  muvofiq  qiymati  qoplanmaydigan  (amortizatsiya  hisoblanmaydigan) 

asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).  

«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’yicha quyidagilar 

to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi: 

*

 

 asosiy  vositalar  alohida  turlarining  hisobot  davri  boshi  va  oxiriga 



mavjudligi  hamda  hisobot  davri  davomidagi  harakati  (kirimi,  chiqimi).  Asosiy 

vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi; 

*

 

 barcha  asosiy  vositalar,  shuningdek  ularning  ayrim  guruhlari:  binolar  va 



inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar; 

*

 



 butunligicha  yoki  ayrim  turlari  (binolar,  inshootlar  va  hokazo)  bo’yicha 

ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi

*

 

 konservatsiyaga  qo’yilgan  asosiy  vositalarning  hisobot  davri  boshi  va 



oxiriga mavjudligi.  

Moliyaviy  hisobotga  tushuntirish  va  izohlarda  №1  «Hisob  siyosati  va 

moliyaviy  hisobot»  nomli  buxgalteriya  hisobi  milliy  standarti  (BHMS)  dagi 

qoidalardan  kelib  chiqib,  quyidagilar  to’g’risidagi  axborotlar  bayon  qilinadi 

(ochib beriladi): 

*

 



 asosiy  vositalar  buxgalteriya  hisobiga  qabul  qilingandagi  qiymatining 

o’zgarishi  (qo’shimcha  qurish,  qo’shimcha  jihozlash,  qayta  jihozlash  va  qisman 

tugatish hollari ham qo’shilib); 

*

 



 korxonada  asosiy  vositalarning  foydali  xizmat  qilish  muddatlarini 

belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha); 

*

 

 qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar



Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. 

Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.  

Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi 

(o’zboshimcha  tuzilgan)  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirish  kabi  qonunbuzarlik 

hollari ham ko’plab uchraydi.  



 

 

220 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish