Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

5

5

-

-

B

B

O

O

B

B

.

.

 

 AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK 

TAVAKKALCHILIGI 

 

1.

 

Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati 

 

O’zbekiston  Respublikasining  «Auditorlik  faoliyati  to’g’risida»gi  qonunida 



(yangi  tahrirdagi)  auditorlik  faoliyati  «...tadbirkorlik  faoliyati...»  ekanligi 

ta’kidlangan  (2-modda).  Demak,  bu  faoliyat  auditorlik  tashkiloti  va  mijoz-

korxona  o’rtasida  tuziladigan  shartnoma  asosida  amalga  oshiriladi.  Auditorlik 

tashkiloti  o’z  shartnoma  majburiyatlarini  bajarishda,  amalda  tekshiruv 

ob’ektlarini  to’liq  (100%)  qamrab  olaolmaydi.  Natijada,  moliyaviy  hisobot 

ko’rsatkichlarining  mutlaqo  (shak-shubhasiz)  haqqoniy  ekanligini  kafolatlay 

olmagani  holda,  ma’lum  darajadagi  tavakkalchilik  bilan  ularni  tasdiqlaydi.  Shu 

boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud 

bo’ladi.  Ko’rinib  turibdiki,  auditor  xulosasida  bayon  etilgan  fikr  har  doim  ham 

mutlaqo  to’g’ri  bo’lishi  mumkin  emas.  Ammo,  deyarli  hamma  vaqt  axborotdan 

foydalanuvchilar  uchun  foydali  bo’lishi  lozim.  Bunday  foydalilikning 

ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri 

baholashni talab etadi.  

Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash 

qabul qilingan: 

 

0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100) 



 

Ushbu  chegara  oralig’idagi  ehtimollik  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar 

hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, 

tegishli  auditorlik  qarorlarini  qabul  qilish  uchun  ushbu  xatolarni  baholash 

mumkinligi(yoki  mumkin  emasligi)ni  ifodalaydi.  Bu  Muhimlikni  sifat  jihatdan 

tavsiflaydigan  tarkibiy  qismdir.  Muhimlikning  miqdoriy  jihatini  tavsiflaydigan 

tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.  

Agar  xato  buxgalteriya  hisoboti  ko’rsatkichlarini  sezilarli  darajada 




 

 

65 



chalkashtirsa  va  mazkur  hisobot  ko’rsatki-chidan  foydalanuvchining  shu 

hisobotga  asosan  qabul  qilgan  qaroriga  ta’sir  ko’rsatsa,  uning  aniqlanmasligi 

(bilmasdan  o’tkazib  yuborilishi)  jiddiy  hisoblanadi.  Buxgalteriya  hisobotida 

yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan 

vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda 

auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. 

Haqiqatda  esa,  buxgalteriya  hisobotida  jamlanganida  jiddiy  tus  oladigan  bir 

nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.  

Muhimlikni  aniqlash  auditning  amaliyotida  №9  –  “Muhimlik  va  auditorlik 

tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq 

“Xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  moliyaviy  hisobotining  ishonchliligiga  sezilarli 

darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.



  

Standartda  ta’kidlanishicha,  barcha  jiddiy  holatlarda  moliyaviy  hisobotning 

ishonchliligi  deganda  undagi  ko’rsatkichlar  aniqligining  shunday  darajasi 

tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish 

va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.  

Ma’lumki, 

respublikamizda 

islohotlarning 

chuqurlashtirilishi 

va 


iqtisodiyotning  erkinlashuvi  natijasida  buxgalteriya  hisoboti  axborotlaridan 

foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik 

darajasi  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  aktsiyadorlar  uchun  korxona 

faoliyatining  natijalari,  xo’jalik  mablag’la-rining  haqqoniyligi  va  foydaning 

dinamikasi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  muhim  hisoblanadi.  Investorlar  uchun  esa 

korxonaning  moliyaviy  barqarorligi,  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlarga 

talabning  o’zgarishi,  qo’yilmalarning  rentabelligi  va  investitsion  loyihalarning 

haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.  

Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va 

schetlarni  aniqlash  chog’ida  Muhimlik  tushunchasidan  auditni  rejalashtirishning 

asosi  sifatida  foydalanadilar.  Bunday  moddalar  va  schetlarga  alohida  e’tibor 

qaratish  zarur.  Shuningdek,  to’plangan  auditorlik  dalil-isbotlarini  baholashda  va 

qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham  muhimlik 



 

 

66 



darajasidan foydalaniladi.  

Demak,  Muhimlik  tushunchasi  auditor  tomonidan  yo’l  qo’yilishi  mumkin 

bo’lgan  xatoning  hajmini  va  o’tkaziladigan  auditorlik  tekshiruvining  ko’lamini 

aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki 

salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.  

№70-«Auditorlik  hisoboti  va  moliyaviy  hisobot  to’g’risidagi  auditorlik 

xulosasi»  nomli  AFMSdagi  ijobiy  auditorlik  xulosasi  standart  shaklining 

yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning 

moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.  

Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan 

fikrning  jiddiy  hisoblangan  moliyaviy  axborotlargagina  taalluqli  ekanligi 

to’g’risida  ma’lumot  beradi.  “Muhimlik”  tushunchasi  shuning  uchun  zarurki, 

hech  qaysi  auditor  moliyaviy  hisobotning  100%  to’g’ri  ekanligiga  kafolat  bera 

olmaydi.  

Jiddiy  xatolarning  auditor  tomonidan  aniqlanishi  ko’plab  omillarga  bog’liq. 

Jumladan,  ham  korxona  rahbariya-ti,  ham  auditor  tomonidan  mavjud  jiddiy 

xatolarning  baholanishi;  tekshiruvlar  vaqti  va  qiymatining  chegaralanganligi; 

mijozning  xatolarni  auditor  aniqlashini  “kutib  o’tirishi”;  auditorning  mustaqillik 

darajasi;  uning  vijdonliligi;  tashqi  auditorning  ichki  nazorat  tizimiga  ishonchi; 

korxonada  qabul  qilingan  hisob  siyosati  va  undagi  ayrim  qoidalarning  tafsiloti; 

hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.  

Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim: 

 

auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda; 



 

xatolar ta’sirini aniqlashda.  



 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish