Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2.Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 

Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar 


tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi: 
1.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati 
chegirilib tashlangan holda); 


299 
2.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari; 
3.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 
4.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
eskirishi; 
5.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga 
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan 
mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish 
va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib 
olingan xom-ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor 
mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar 
kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar) 
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash 
materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin 
bo’lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar 
xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1. 1. 11-band). 
Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati 
ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo’shimcha 
narx(ustama)dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan 
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan 
brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda 
tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan 
saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham 
nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan 
moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt 


300 
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob 
yuritish siyosatida aks ettiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element 
bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil 
berilgan.
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda 
aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga 
rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish 
vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov 
vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-
maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash 
xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish 
faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan 
hisob-kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti 
bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma 
mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari 
bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami 
ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti 
bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga 
byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan 
me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi 
fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, 
ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik 
xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, 
xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga 
to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining 
o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish 
zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash 


301 
manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o’z 
xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor 
asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy 
rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan 
tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 37, 3%- 7460 
so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib 
borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 
6520 - 300 so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan 
schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot 
tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga 
kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha 
ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z 
mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan 
qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar eskirishi. Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab 
chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham 
qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda 
tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joiz-ki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy 
vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish