Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
3.Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 


279 

Ombor xo’jaligining ahvoli va tovar-moddiy zahiralar saqlanishini tekshirish 


eng muhim auditorlik amallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Korxona faoliyatining 
ushbu sohasini har tomonlama o’rganish uchun auditor omborlar, tsexlar va 
ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab 
chiqarish zahiralarini saqlash sharoitlari, yong’in xavfining oldini olish, 
omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning 
to’g’ri ishlatilishi, ombor binolarini qo’riqlash holati ham o’rganiladi. Ombor 
xo’jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zahiralar saqlanishi 
ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.
O’rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga 
aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e’tibor 
qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni 
qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural 
o’lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari 
ko’rsatilgan standartlar yoki yo’riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar 
shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta’minlashning muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni saqlash joylarini ko’zdan kechirish chog’ida 
moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo’yicha ular qiymatliklarni qabul qilish 
va berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki 
kartochkalariga yozishni o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. 
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo’llar 
bilan vujudga kelishi mumkin: 
*
tayyor mahsulotlarni tayyorlash chog’ida xom ashyolarni almashtirish; 
xom ashyo va materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini 
oshirib ko’rsatish va ularning navlarini pasaytirish; tayyor mahsulotlarni 
xaridorlarga jo’natish chog’ida o’lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar; 


280 
*
moddiy qiymatliklarni yuklash-tashish-tushirish yoki saqlash chog’ida 
yo’qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o’xshash.
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni 
aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma’lumotlaridan 
foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo’lsa, alohida 
turdagi materiallarning ma’lum davrlardagi chiqimi, qoidagi ko’ra, ularning 
kirimidan oshib ketadi (qizil bilan chiqish). Bunday oshiqcha sarflashlar shu 
nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi.
Ombor xo’jaligini ko’zdan kechirish va moddiy qiymatliklar saqlanishining 
nazoratini hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy 
zahiralarning saqlanishi to’g’risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik 
tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazish jarayonini ikki 
qismga bo’lish mumkin: 
1. Inventarizatsiya o’tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash
2. Moddiy qiymatliklarni hisob va hisobotda to’g’ri baholashni hamda aks 
ettirishni tekshirish.
Auditorlik amallari inventarizatsiyagacha, inventarizatsiya vaqtida va undan 
so’ng bajariladigan amallarga bo’linadi. Inventarizatsiyani boshlagunga qadar 
auditor oldingi o’tkazilgan inventarizatsiya natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni 
so’rab olib, zahiralarning tarkibiy va miqdoriy o’zgarishlarini tahlil qiladi, 
zahiralarni saqlash joylari haqida, hamda inventarizatsiya ishlarining tashkil 
etilishi to’g’risida ma’lumotlar to’playdi.
Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini 
tekshirish ularni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshirishni boshlashdan 
oldin auditor moddiy boyliklar saqlanadigan barcha joylarni aniqlash va tanlab 
inventarizatsiya o’tkaziladigan boyliklar ro’yxatini alohida tuzishi lozim.
Ish boshlanishidan oldin auditor korxona rahbari bilan inventarizatsiya 
komissiyasini tuzish to’g’risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq 


281 
chiqaradi. Uning bir nusxasi inventarizatsiya o’tkazish komissiyasi a’zoliriga 
beriladi, komissiya raisiga nazorat so’rg’ich (plomba)lagichi topshiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga, odatda, moddiy javobgar shaxslardan 
tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi.
Agar moddiy javobgar shaxs mehnat ta’tilida yoki uzoq vaqtdan beri kasal 
bo’lsa, ayrim auditorlar inventarizatsiya o’tkazishni o’sha shaxssiz bajarishga 
qaror qilib katta xatoga yo’l qo’yishadi. Vaholanki, moddiy boyliklar 
etishmovchiligi aniqlangan taqdirda moddiy javobgar shaxs keyinchalik uni tan 
olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin.
Agar moddiy javobgar shaxs uzrli sabab bilan ishda bo’lmasa, auditor 
omborxonani muhrlab qo’yib, inventarizatsiya o’tkazishni u ishga tushgandan 
so’ng bajarishi lozim.
Auditor 
inventarizatsiya 
qilishni 
boshlashdan 
oldin 
omborchidan 
inventarizatsiya boshlanadigan sana uchun moddiy boyliklarning kirimi va 
chiqimi bo’yicha hisobot tuzib, uning bir nusxasini tashkilot buxgalteriyasiga 
topshirtiradi va ikkinchi nusxasini auditor o’ziga oladi. Bundan tashqari, auditor 
moddiy javobgar shaxsdan boyliklarning kirimi va chiqimiga doir barcha hujjatlar 
buxgalteriyaga topshirilganligi va ularda kirim qilinmay qolgan yoki chiqimga 
hisobdan o’chirilmagan hech qanday moddiy boyliklar yo’qligi haqida tilxat 
oladi. Moddiy boyliklarni sotib olish uchun hisobdorlik summasi yoki ularni olish 
uchun ishonchnomaga ega shaxslardan ham shu mazmunda tilxat olinadi.
Shundan so’ng komissiya a’zolari moddiy boyliklarni tekshirishga kirishadi, 
ya’ni ularni tarozida tortish, qayta sanash yoki o’lchab ko’rish yo’li bilan haqiqiy 
qoldiqlarini aniqlaydi. Auditorlar inventarizatsiyani boshlashdan oldin tarozilar 
va boshqa o’lchash asboblarining aniq ishlashiga ishonch hosil qilishlari lozim. 
Ayrim auditorlar tortish, o’lchash, sanash ishlarini o’zlari bajarishga harakat 
qilishadi, hisobchi xodim yoki moddiy javobgar shaxs bu vaqtda o’lchash 
natijalarini qayd qilib turadi. Biroq, bunday qilish noto’g’ri. Auditor tortish, 
sanash, o’lchash ishlarini to’g’ri bajarilayotganligini kuzatib turishi va natijalarini 


282 
o’zi yozib borishi lozim. Shuningdek, tushunmovchiliklar ro’y bermasligi uchun 
moddiy javobgar shaxs ham tekshiruv natijalarini yozib borishi kerak. Vaqti-vaqti 
bilan bu yozuvlar solishtirilishi zarur.
Moddiy boyliklarning har qaysi turi bo’yicha inventarizatsiya qilish natijalari 
inventarizatsiya ro’yxatida qayd qilinadi; bunday ro’yxat moddiy boyliklar turgan 
yoki saqlanadigan joylar yoki ularning but saqlanishi uchun javobgar shaxslar 
bo’yicha alohida-alohida tuziladi.
Ular ro’yxatlarda nomenklatura bo’yicha va hisobga olishda qabul qilingan 
o’lchov birliklarida (!) aks ettiriladi. Agar moddiy boyliklarni inventarizatsiya 
qilish vaqtida moddiy javobgar shaxs ba’zi narsalar bu korxonaga tegishli 
emasligini, ular bu erda vaqtinchalik saqlanayotganligini aytsa, auditor baribir 
ularni ro’yxatga kiritishi lozim. Auditor bunday moddiy boyliklarning alohida 
ro’yxatini tuzib, keyin qarama-qarshi tekshiruvda ular kimga tegishli ekanligini, 
shuningdek, 002 balansdan tashqari schyotda hisobga olinishini aniqlashi lozim.
Auditor tekshirish chog’ida moddiy boyliklarning raqami, rusumi, nomiga 
alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, amaliyotda mavjud boyliklarning raqami va 
rusumlarini kirim hujjatlari hamda pasportlariga solishtirib, bir yangi avtomobil 
dvigatelini boshqa eskisiga yoki kamyob avtomashinani boshqa arzoniga 
almashtirib qo’yish hollari ham uchraydi.
Ba’zi moddiy boyliklar bo’yicha namuna olish usulini qo’llash tavsiya etiladi. 
Namunalar ikki nusxada olinadi va muhr bilan surg’uchlanadi. Namunaning bir 
nusxasi tegishli idishga solinib laboratoriyaga tahlil uchun topshiriladi. Ikkinchisi 
tilxat bo’yicha korxonada qoldiriladi. Tilxat esa tekshiruvchiga beriladi. Tahlil 
uchun olingan namunalarga dalolatnoma tuzilib, unda korxonaning nomi, 
namunaning og’irligi, hajmi, olingan joyi, saqlanayotgan joyning harorati 
ko’rsatiladi. Namuna olish dalolatnomasini tekshiruvchilar va moddiy javobgar 
shaxslar imzolaydi.
Inventarizatsiya ma’lumotlari bo’yicha ro’yxatlar tuziladi, ularni barcha 
komissiya a’zolari imzolaydi, moddiy javobgar shaxs esa har qaysi ro’yxat 


283 
bo’yicha quyidagi mazmunda tilxat yozib beradi: 
«

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish