Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. Moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazishda qo’llaniladigan ma’lumot manbalari.
 
Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvda foydalaniladigan axborot 
manbalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
*
moliyaviy qo’yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa 
tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni tartibga soladigan me’yoriy 
hujjatlar; 
*
buxgalteriya hisobotlari; 
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i; 
*
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob 
registrlari; 
*
moliyaviy qo’yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar.
Moliyaviy qo’yilmalar auditining ketma ketligi: 
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli. 
1.
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT); 
2.
Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT); 
3.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
4.
Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
5.
Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish
6.
Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi 
ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish; 
7.
Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash. 
B. Mohiyati bo’yicha muolajalar. 


266 
1.
Mavjudligi, huquqlari, to’laligini tekshirish; 
2.
Moliyaviy qo’yilmalarni haqiqatda mavjudligini tekshirish; 
3.
Moliyaviy qo’yilmalarga huquqiy tegishli ekanligini to’g’ri 
hujjatlashtirilganligini tekshirish; 
4.
Moliyaviy qo’yilmalarni aktivlarga kiritilish mezonlariga mosligini 
tekshirish; 
5.
Moliyaviy qo’yilmalardan olingan daromadlar va uning hisobini
to’g’riligini tekshirish; 
6.
Moliyaviy qo’yilmalar bo’yicha muomilalarni to’laligicha hisobda aks 
ettirilishini tekshirish; 
7.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobotda baholanishini hisob siyosatiga mosligini 
tekshirish; 
8.
Moliyaviy qo’yilmalarni uzoq muddatli va qisqa muddatli ekanligini
tasnifini to’g’riligini tekshirish; 
9.
Hisobotlardagi mavjud axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish; 
10.
Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati; 
11.
Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot; 
12.
Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; 
13.
Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati; 
14.
Moliyaviy qo’yilmalar auditi bo’yicha xulosa. 
Korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i bo’yicha auditor 
quyidagilar bilan tanishishi mumkin: 
*
boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan 
daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan 
olish; 
*
moliyaviy qo’yilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi 
schyotlar rejasi; 
*
qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida 


267 
tuziladigan hisob registrlari ro’yxati; 
*
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish bilan bog’liq dastlabki hujjatlarning 
hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan; 
*
korxonaning 
moliyaviy 
qo’yilmalari, 
qarz 
shartnomalarini 
rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati; moliyaviy qo’yilmalarni 
hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 
dastlabki hujjatlar shakllari; 
Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan 
korxonalarda jurnal-orderlar qo’llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki 
hujjatlardagi axborotlar to’planadi va muomalalar aks ettiriladi.
Moliyaviy 
qo’yilmalarni 
hisobga 
olishda 
kompyuter 
dasturlaridan 
foydalanilganda schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan 
chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi.
Moliyaviy qo’yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli 
qog’ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga 
oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar 
qilishda), qimmatli qog’ozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit 
jamg’arma uchun shartnoma, qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish shartnomasi, 
oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. 
Auditor ushbu ko’rsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qog’ozlar bilan 
bog’liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
talablariga mos kelishini tekshirishi lozim.
Moliyaviy qo’yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan 
dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog’ozlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo’shiladigan ulushni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan 
mulklarni qabul qilish to’g’risidagi avizo, pul shaklidagi ulushlarni o’tkazish 
to’g’risidagi to’lov-topshiriqnomasi va bank ko’chirmasi (naqd pulsiz hisob-


268 
kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd 
pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog’ozlar qiymatini to’lash uchun beriladigan 
mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli 
qog’ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro’yxati va 
boshqa hujjatlar.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish