197
ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki auditni korxonaning
ichki
nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit va
ichki nazorat bir-biridan farqlanadi.
Ichki nazoratga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilardir:
1.
Har bir sub’ektning nazorat oldida bo’lishi
.
Tashkilotda faoliyat ko’rsatib
kelayotgan xar bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi.
Har bir subektning
biriqtirilgan ishni bajarishni boshqa subektlar tomondan tekshirilishi, lavozim
majburiyatda qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning
qanday darajada olib borilayotganligini birinchi
navbatda korxona rahbari
qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati,
tashkilot rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan
foydalanish mumkin.
2.
Qiziqishlarni cheklash.
U yoki bu chetlashishlar holatlarida “nozik
nuqta”larni tuzatib boradigan maxsus sharoitni yaratish kerak.
3.
Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik.
Bu holat, ya’ni
nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
4.
Boshqaruvning
aralashuvi.
Ichki
nazorat
tizimining
faoliyati
haqqoniyliksiz samarali bo’lmaydi, bu holatda boshqaruvning
aralashuvi foydali
bo’ladi.
5.
Ichki nazorat sub’ektlarining insofliligi va to’g’riligi.
Agar ichki nazorat
faoliyatni olib boruvchi shaxslar bu kabi xislatlarni o’zida jam qilmas ekan, ideal
darajada tashkil etilgan ichki nazorat tizim faoliyati ham samarali bo’lmaydi.
6.
Ichki nazorat tizimi metodologiyasining maqbulligi.
Tekshiruv maqsadi va
vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki
nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.
7.
Nufuz.
E’tiborga loyiq bo’lmagan faoliyat ustidan nazorat olib borishning
foydasi yo’q va bu kerakli bo’lgan narsalar ustidan nazoratdan chalg’itadi.
Qanchalik qiyin bo’lmasin strategik ahamiyatga ega bo’lgan joylarda nazoratni
198
o’rnatish lozim.
8.
Optimal markazlashuv.
Ichki
nazorat dinamiklik, barqarorlik, uzluksizlik
talablari asosida tashkil etilganligi bu tashkilot tarkibiy
tuzilishini optimal
darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi tashkilotning hajmi va
murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos
kamchiliklar mavjud. Masalan ma’lumotning sekin harakati,
qarorni kech qabul
qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborini bir biriga mos kelmasligi.
Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim.
9.
Yagona javobgarlik.
Har bir nazorat vazifasi bir markazning javobgarligiga
biriqtirilgan bo’lishi lozim. Mas’uliyatsizlik yuzaga kelmasligi uchun alohida
vazifalarni bir necha markazlarning javobgarligiga biriqtirilishiga yo’l qo’ymaslik
kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: