Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

nazorat muhiti
- korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat 
munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir; 

korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi 
- tegishli xo’jalik muomalalarini 
yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir; 

nazorat amallari 
- korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus 


112 
tekshiruvlar.
Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy 
xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
Nazorat muhiti
deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining 
xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 
amaliy ishlari tushuniladi.
Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: 

siyosat va boshqaruv uslublari; 

korxonaning boshqaruv tuzulmasi; 

direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik 
komiteti 
faoliyati; 

boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; 

nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; 

kadrlar siyosati va amaliyot; 

tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng 
katta ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki 
kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi 
auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar 
tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan 
foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi 
bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining 
kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, hujjatlarni va hisob 
yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Nazorat 
funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat 
tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq 
muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-
tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega 
bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar 
tomonidan bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ham buxgalteriya 


113 
xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.
Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki 
xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat 
amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilardan 
iborat: 

xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik 
muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat 
etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, 
umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi 
mumkin.

xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish. Ko’pchilik korxonalarda xo’jalik 
muomalalarini yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida 
bajariladi; 

xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishini ta’minlash. Bunda 
korxonaga tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat 
o’rnatish nazarda tutiladi; 

schyotlarda aks ettirilgan summalarni va haqiqatda mavjud aktivlarni vaqti-
vaqti bilan taqqoslab turish. Bu erda aktivlarni muntazam inventarizatsiya 
qilish va tafovutlar aniqlangan hollarda tegishli choralarni qo’llash 
tushuniladi.
Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda 
xatoga yo’l qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy 
faoliyati chog’ida bu faktlarni yashirishi mumkin. Vazifalar shunday 
taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida sanab o’tilgan to’rtta 
funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi 
funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash 
funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida 
taqsimlash ikkita afzallikka ega.
1.
 
ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli 


114 
jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va 
to’g’rilash osonlashadi.
2.
 
axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki 
undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi.
Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. 
Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va 
kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar 
bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga molik. Kreditlash 
bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, 
debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti 
bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari 
xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek, korxonadagi 
hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat 
o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi 
faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va 
qiymatini aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan 
rasmiylashtiriladi: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish