53
asosiy mezonlar “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 16-moddasida keltirilgan. Jumladan quyidagilarga auditorlik
tekshiruvi o’tkazish ta’qiqlanadi:
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki)
boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxsga;
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda
mulkiy yoki shaxsiy
nomulkiy manfaatlari bo’lgan shaxsga;
o
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo’jalik
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimiga;
o
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:
a) o’zlari mulkdori,
qatnashchisi,
aktsiyadori, kreditori, sug’urtalovchisi
bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik
tashkilotlari va auditorlar
ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aktsiyador
hisoblanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan;
b) mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori shuningdek buxgalteriya hisobini
tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar
bo’ladigan shaxs ayni bir paytning o’zida ushbu auditorlik tashkilotining
mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga
nisbatan;
v) mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik
tekshiruvi qamrab
oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi va
uchinchi xat boshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatganlar.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini
ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas.
Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki)
mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh deb ularning ota-onalari,
turmush
o’rtoqlari, aka-ukalari, opa-singillari, o’g’il-qizlari, hamda turmush o’rtoqlarining
ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari tan olinadi.
54
Agar auditorlik xizmati uchun shartnoma tuzilganida yoki topshiriq
berilganidan so’ng yuqorida keltirilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo’lsa,
shartnoma bekor qilinishi, topshiriq esa chaqirib olinishi lozim.
Auditorlar auditorlik tekshiruvi o’tkazish hamda uning natijalari asosida
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishda tekshiriladigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektga, shuningdek
istalgan uchinchi tomonlarga, jumladan
tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlariga tobe bo’lmasliklari lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchli-ligini
tasdiqlash uchun maxsus ekspertlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb qilish
talab etilgan hollarda ham auditorlarning tekshiriladigan xo’jalik
yurituvchi
sub’ektdan mustaqil bo’lish mezonlariga rioya qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: