432
shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to’liq to’ldirilishini nazarda tutadi. (O’zR
Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son Qarori taxriridagi xat boshi)
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning
pul mablag’laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita
foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi. (O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-
907-son Qarori taxriridagi xat boshi)
13. Xususiy korxona shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining
"Xususiy korxonalar to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur
Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
14. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining "Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida",
"Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil
etiladi.
15. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish
to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga
muvofiq tashkil etiladi.
16. Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida davlat
ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma
asosida o’z fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lgan taqdirda auditorlik
faoliyatini amalga oshiradi.
18. Auditorlik tashkilotlari bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvini
uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazish huquqiga ega emas.
19. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish
uchun shtatdagi auditorlar
yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni
jalb etadi.
433
Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi o’tkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini
oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun
auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar bo’ladi.
Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi
to’xtatilgan auditorlar bekor qilingan yoki to’xtatilgan vaqtdan
boshlab uch yil davomida
auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga
qo’yilmaydi.
20. Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal
qilishini to’xtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbarining
malaka sertifikatining
amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risidagi qaror qabul qilingan
sanadan boshlab to’xtatiladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatishga
olib kelgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan o’sha auditorning malaka sertifikatining amal
qilishi ham to’xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: