3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi
4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik
xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970-«Hisobdor shaxslarga to’lanadigan
qarzlar» schyotlarida nakd pulsiz hisob-kitoblar yo’li bilan amalga oshirib
bo’lmaydigan xarajatlarni to’lashga bo’nak (avans) berish bo’yicha hisobdor
shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bular ma’muriy xo’jalik, muomala
xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan bo’naklardir.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur ob’ekt bo’yicha ichki
nazorat va hisob tizimining holatini o’rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat
tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari ( nazorat barcha test
qilinadigan yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi,
tegishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shuningdek,
kuchsiz tomonlari ( hisobdor shaxslar ro’yxati, hisobdor summalar beriladigan
muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar
bilan hisob-kitoblarni batafsil tekshirishda e’tiborga olinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari:
xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash;
hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va
maqsadga muvofiqligini aniqlash;
xo’jalik xarajatlarining asosliligini aniqlash;
xizmat safari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona ma’muriyati
farmoyishlarining qonuniyligini aniqlash;
bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning
sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mehmonxona va aloqa
tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari,
har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan taqdirda-shartnomalar)
362
rasmiylashtirilishini tekshirish;
kassa hujjatlarining ( kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va
ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish;
hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha analitik va sintetik hisob
registrlarining ma’lumotlari (7-ASK jurnal -order) ni tekshirish;
hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi
holati bilan tanishishi, hujjatlarning to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishi,
xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi
bor-yo’qligi, xodimni bu safarga yuborish va xo’jalik xarajatlarining asosliligini
aniqlash lozim.
Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi qonunlar va yuqori
tashkilotlarning me’yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning
nusxalari korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch hosil qilishi,
shuningdek ushbu me’yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak.
Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin:
ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo’lgan yoki bu pullar yuzasidan
hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda
ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; navbatdagi bir yo’la mehnat
ta’tiliga chiqarish va xizmat safariga yuborish hollari; xizmat safari vaqtida
mehnat qobiliyatini yo’qotib, kasalxonada davolanishda bo’lgan xodimlarga turar
joy va kundalik xarajatlari to’lash tartibiga rioya qilinishini, bu muddatning 2
oydan oshmaganligini aniqlash kerak.
Hisobdor shaxslarga bo’naklar berilishining asosliligini aniqlash xo’jalik
ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan
iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo’nak olgan shaxslar, hamda
berilgan bo’naklar summasi va muddatining korxona rahbari buyrug’iga
muvofiqligini aniqlaydi.
Xizmat safari bilan bog’liq xarajatlar uchun naqd pul berish O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01. 02. 1998 yil 34 F sonli Farmoyishiga
363
asosan, 19. 04. 1998 yilda chiqqan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
28 sonli, yangi № 497I 101 sonli ‘‘MDH hududida xizmat safarlari to’g’risida’’
gi yuriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bo’nak berish uchun xizmat
safari to’g’risidagi buyruq va xizmat safari guvohnomasi asos bo’ladi. Xizmat
safari uchun hisobdor summa berilganligini tasdiqlaydigan kassa chiqim
orderlarini tekshirish chog’ida barcha rekvizitlarining to’liq to’ldirilganligiga,
xususan, bo’nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga e’tibor beriladi.
Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo’nak bo’yicha to’liq
hisobot berilganidagina, unga bo’nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo’nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa
muomalalarini tekshirish chog’ida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda
aniqlangan tafovutlar to’g’risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini
tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim
qilinishini tekshirish, bo’nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni,
xizmat safari to’g’risidagi buyruqda yoki xizmat safari guvohnomasida
ko’rsatilgan muddatlarga solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda so’ngra
№21 BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan
hisobdor summalarning 9430- «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks
ettirilishi (Dt 9430 Kt4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan
o’chirilishini tekshirish zarur.
Hisobi beriladigan summalar ishlatilishining asosliligini hujjatlar bo’yicha
tekshirish ularning sarflanishini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va
to’g’riligini, ularning keyinchalik aks ettirilishini aniqlash yo’li bilan amalga
oshiriladi.
Xo’jalik muomala ehtiyojlari uchun qilingan sarflarning qonuniyligi va
maqsadga muvofiqligi bo’nak hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlarni unga ilova
qilingan hujjatlar (chiptalar, kassa kirim orderi kvitantsiyalari, material( ish,
364
xizmat)lar haqini to’lash haqidagi cheklar va boshqalar ) ma’lumotlariga
taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda nafaqat isbotlovchi hujjatlar
mavjudligi va ularning bo’nak hisobotlariga mosligi bilan birga ushbu
hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini ham aniqlash zarur.
Avvalo «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 9-moddasiga muvofiq
hujjatlarda majburiy rekvizitlarning mavjudligi aniqlanadi. Masalan, tovar
chekida do’kon shtampasi, sanasi, sotib olingan tovar nomining yo’qligi
tovarning do’kondan sotib olinganligini yoki ushbu sarflarning ishlab chiqarishga
mo’ljallanganligini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Jismoniy
shaxslar
tomonidan
qilingan
xaridlar
uchun
tuzilgan
dalolatnomalarda ularning tuzilgan joyi va sanasi, tovarning nomi, uning miqdor
ko’rsatkichi, umumiy qiymati, sotgan shaxs (xususiy tadbirkor)ning familiyasi,
ismi-sharifi va soliq to’lovchi xos raqami (INN), tadbirkorning davlat ro’yxatidan
o’tganligi to’g’risida guvohnoma rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasport
ma’lumotlari va yashash joyi ko’rsatilishi lozim.
Tovarlar hisobdor shaxslar tomonidan chakana savdo korxonalarida naqd
pulga sotib olinganida pul mablag’lari sarflanganligi to’g’risida hujjatlar
mavjudligini aniqlash zarur.
Tovar boyliklar ulgurji savdo korxonalaridan yoki ishlab chiqaruvchidan
naqd pulga sotib olnganida kassa kirim orderi kvitantsiyasi, tovar hujjati (schyot,
nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi) va schyot-faktura taqdim etilishi lozim.
Bu hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, barcha
hujjatlarda QQS alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va mosligiga alohida
e’tibor beriladi.
Auditor hisobdor shaxslar tomonidan sotib olingan buyumlarning kirim
qilinganligi va ushbu buyumlarning ishlab chiqarishga yoki foydalanishga
berilganlik fakti tasdiqlanmasdan bevosita xarajat schyotlariga olib borish hollari
yo’qligini aniqlaydi.
Tovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to’g’risidagi fakt va tasdiqlovchi
365
hujjatlar yo’qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxsning jami
daromadiga qo’shilib, daromad solig’i ushlanadi. Auditor bunday hollarda
daromad solig’i ushlanganligni aniqlaydi.
Bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida naqd pul bilan hisob-kitob
qilishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor
qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim
orderi kvitantsiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o’. ) ko’rsatilgan
summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.
Qilingan sarflarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi chog’ida QQS ajratib
ko’rsatilishi va byudjetga to’lanishining qonuniyligi aniqlanadi.
Auditor bo’nak hisobotlarida ko’rsatilgan
schyotlar bog’lanishlari
(korrespondentsiyalar)ni ko’rib chiqishda qilingan sarflarga e’tibor qaratishi
zarur. Jumladan:
-
asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar (Dt-
2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar va Kt-4230-schyot);
-
davr sarflariga taalluqli xarajatlar (Dt 9410, 9420, 9430-schyotlar va Kt
4290-schyot);
-
kelgusi davr sarflari va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar sarflariga taalluqli
xarajatlarga (Dt 3190-schyot va Kt 4290-schyot);
Shuningdek, ishlatilmagan hisobi beriladigan summalarning kassaga
topshirilishi (kassir hisobotiga ilova qilingan kassa kirim orderi) va schyotlarda
aks ettirilishi (Dt5010-schyot Kt 4210, 4220, 4230-schyotlar) ham tekshirishi
kerak.
Korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi)ga muvofiq xodimning xizmat
maqsadida boshqa erga borishi xizmat safari deb tan olinadi.
Xizmat safariga doir bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida auditor xizmat
safari guvohnomasi mavjudligi, unda xizmat safarining maqsadi, kelish va ketish
to’g’risidagi belgilar ko’rsatilganligini; sarflarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar
ma’lumotlar va sutkaliklar hisob-kitob bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
366
Auditor xizmat safari muddatining (xizmat safari guvohnomasida kelish va ketish
to’g’risidagi belgilar ma’lumotlari bo’yicha), belgilangan me’yorlar chegarasidagi
va unda oshgan sutkalik xarajatlarning to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlaydi.
Xizmat safari joyiga etib borish va orqaga qaytish yo’l haqi xarajatlari hisobotga
ilova qilingan -havo, temir yo’l, suv va jamoat avtotransportlari(taksidan tashqari)
yo’l hujjatlari bo’yicha aniqlanadi.
Xizmat safariga jo’natilgan xodimlarning yumshoq vagonda, dengiz
transportlarida – tarif stavkalarining I-IV guruhlari bo’yicha to’lanadagan
kayutalarda, daryo floti kemalaridagi I-II toifa kayutalarda, hamda I- klassli bilet
bo’yicha havo transportlarida yo’l haqi xarajatlari korxona rahbarining to’lovni
ruxsat etish to’g’risidagi farmoyishi bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Yo’l haqi xarajatlariga majburiy sug’urta summasi ham qo’shilib, u
mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladi. Korxona rahbarining qaroriga
muvofiq xodimga to’lanadigan, ixtiyoriy sug’urta xarajatlari ham tannarxga olib
boriladi (Xarajatlar tarkibi …. to’g’risidagi Nizom). Bunda soliqqa tortish
maqsadida hisobga olinadigan bunday sarflarning umumiy miqdorini ham
tekshirish zarur.
O’rin-ko’rpalardan foydalanganlik uchun xarajatlar tegishli ma’lumotnoma
yoki chiptaga qo’yilgan belgilar bilan tasdiqlanishi lozim. Mehmonxona
xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlarga asosan xizmat safariga borgan xodimga
qoplanadi va to’lig’icha tannarxga olib boriladi.
Soliqqa tortish maqsadlarida ushbu sarflar faqat amaldagi normalar doirasida
qabul qilinadi ( ammo 1 sutkada eng kam oylik ish haqiga nisbatan: Toshkent
shahri uchun 0, 1 va boshqa joylar uchun 0, 08 koeffitsientdan oshmasligi lozim).
Xizmat safari xarajatlarining belgilangan normalardan oshig’i soliqqa
tortiladigan foydani hisoblashda hisobga olinmasligi sababli, auditor normadan
oshgan xarajatlarni hisoblashning to’g’riligi va soliqqa tortiladigan foydani
tuzatish (korrektirovka) to’g’riligini tekshirishi zarur.
Boshqa sarflarni, masalan, telefon schyotlarini to’lashning maqsadga
367
muvofiqligi tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda sarflarning ishlab-
chiqarish tavsifi va ularni tannarxga olib borishning qonuniyligi aniqlanadi.
Ushbu maqsadda telefon orqali gaplashganlik uchun schyotning majudligi va
korxonaning xizmat telefoniga muvofiqligi aniqlanadi. Hisobdor shaxsga
to’langan, noishlab-chiqarish tavsifidagi sarflar korxonaning o’z mablag’lari
hisobidan qoplanadi va daromad solig’i ushlash uchun xodimning yalpi
daromadlariga qo’shilishi lozim. Auditor norma doirasidagi va normadan oshgan
xizmat safari sarflarini arifmetik tekshiruvidan o’tkazish zarur.
Hisobdor shaxslar bilan chet el xizmat safari bo’yicha hisob-kitoblarni
tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 5
iyunda 932-raqam bilan ro’yxatga olingan «Vazirlar, idoralar, korxonalar va
tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga
yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish TARTIBI»*
"
dagi
talablarga rioya qilinishi aniqlanadi.
Bo’nak hisoboti safardan qaytgandan so’ng 3 (uch) kun ichida topshirilishi
shart. Xizmat safari xarajatlarining to’g’ri va haqiqiyligi, bo’nak hisoboti va
berilgan topshiriqlarning bajarilgani to’g’risida hisobot asosida aniqlanadi.
Bo’nak hisobotiga xizmat safari vaqtida belgilangan joyga kelgan va u erdan
ketgan vaqti o’sha tashkilotning muhri, ma’sul shaxs imzosi qo’yilgan xizmat
safari guvohnomasi, yo’l xarajatalari hujjatlari (jamoat transporti chiptalari,
mehmonxona pattalari (kvitantsiyalari), telefon orqali gaplashganligi uchun
to’langan pul uchun pattalar) va boshqa pul xarajatlarini isbotlovchi hujjatlar
ilova qilinadi.
Auditor xizmat safari xarajatlarining haqiqiy asosliligini tekshirishda ba’zi bir
ishlarga, jumladan telefon orqali gaplashganligi uchun aloqa tashkiloti
kvitantsiyasini ko’rishda, bu gaplashish ushbu korxona manfaatiga va xizmat
safari maqsadiga to’g’ri kelish yoki kelmasligini ham aniqlashi lozim. Xususiy va
davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda xizmat safari xarajatlarini
"
Ўзбекистон Республикаси молиявий қонунлари, №8. 2000 г
368
tekshirishda korxona va uning egasi schyotlari, pul mablag’lari, kundalik
xarajatlarining bir-biriga qo’shilib ketmasligini ta’minlash zarur.
Tekshirish davomida aniqlangan hamma kamchiliklar, jumladan ortiqcha
to’lovlar, asossiz xarajatlar, bo’nak hisobotlariga ilova qilingan qalbaki hujjatlar
va shunga o’xshash qoidani buzish hollari ro’yxatiga kiritilishi kerak.
Auditor bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni yoppasiga
tekshiradi; buning uchun u jamg’aruv qaydnomalaridagi yozuvlarni kreditlarni
tasarrufchilari tasdiqlangan bo’nak hisobotlariga solishtirib ko’radi. Avvalo, u
kimga berilganligini tekshiradi. Qoidaga ko’ra, xizmat safarlari xarajatlariga
beriladigan bo’naklar shu korxonada ishlaydigan shaxslarga berilishi lozim.
Ayrim buxgalteriyalarda xodimlarga go’yo xo’jalik hamda xizmat safarlari
uchun bo’nak ajratilgandek bo’lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul
berilishiga yo’l qo’yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga
jo’natish guvohnomasi borligi, uning muddati, yo’l xarajatlarini, amaldagi
me’yorlar bo’yicha sutkalik to’lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar
bo’naklar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan
mablag’lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.
Hisobdor shaxslar berilgan bo’nak (avans) nimaga mo’ljallangan bo’lsa, shu
maqsadda ishlatishlari lozim. Auditor bo’nak hisobotiga ilova qilingan
hujjatlarning to’g’riligini va ular bo’yicha qilingan to’lovlarning qonuniyligini
sinchiklab tekshiradi. Zarur hollarda qarama-qarshi tekshiruvlar mo’ljallangan
bo’lsa, quyidagilarni ham aniqlash lozim: korxona rahbari tomonidan hisobdorlik
bo’yicha pul olish huquqi berilgan shaxslar ro’yxati tasdiqlanganligi, hisobdor
shaxslarga belgilangan miqdordan ortiq yoki oldingi bo’nak bo’yicha hisobot
topshirmagan shaxslarga yana bo’nak berilmayotganligini, bevosita korxona
kassasidan naqd pul bilan to’lanish to’lanish hollarini; bo’nak hisobotlarida
korxona rahbarining qilingan xarajatlar maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi;
xarajat qilingan hisobdorlik summalarini o’z vaqtida hisobda aks ettirishni.
369
Do'stlaringiz bilan baham: |