Mehmonxona mehmonlariga ma’lumotlar berishni tashkil etish



Download 81,99 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi81,99 Kb.
#586856
Bog'liq
6- tema


Mehmonxona mehmonlariga ma’lumotlar berishni tashkil etish
Mehmonxonada mehmonlar uchun ma'lumot xizmati. Mehmonxona mijozlari bilan aloqa. Uchrashuvlarni tashkil qilish va VIP mehmonlarga qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish. Mehmonxona mehmonlari haqida kerakli ma'lumotlarni saqlash. Mehmonxona xizmatlari o'rtasida axborot almashish tizimi

O’z-o’zidan ravshanki, mehmonxona xo’jaligi tarmog’ining iqtisodiyotiga, eng avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy holati, aholi jon boshiga olinadigan o’rtacha daromad, ishsizlik darajasi, mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq solish darajasi, kreditlarga belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda, tarmoqning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad darajasiga ko’ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar aholisini harakatchanroq), jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k. ham katta rol o’ynaydi.


Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, yong’in xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning huquqlari to’g’risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita bog’liq bo’ladi.
Umumiqtisodiy va demografik omillardan tashqari, mehmonxona iqtisodiyotiga yana bir qancha o’ziga xos omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi. Hozirda terrorizm ana shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik harakatlari, chunonchi: Misrda turistlarning terroristlar tomonidan o’qqa tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmon o’par binolarning vayron qilinishi terroristlar hujum qilgan mintaqadagi mehmonxonalarning to’lishiga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. To’g’ri, tajriba ushbu oqimlarga turistik oqimlar 2-3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt mobaynida juda ko’p mehmonxonalar bankrot bo’lishi mumkin.

2. Mexmonxonaning makro va mikro muxiti. Mexmonxonalarning samarali faoliyati mezonlari.


Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz natijasida chet el investitsiyalari kelishi to’xtaydi, ushbu mamlakatga tovarlar eksporti kamayadi, bu esa mehmonxonalarda biznes-turistlar soni kamayishiga olib keladi. Kurort mintaqalarida mehmonxonalarning to’lishiga tez o’zgaradigan dam olish joylari va turlariga bo’lgan moda, viza olish bilan bog’liq qiyinchiliklar, transport kompaniyalarining ish sharoitlari ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun, Evropa osmonida shovqin darajasi me’yorda belgilanganidan katta bo’lgan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan samolyotlar uchishining taqiqlanishi muqarrar tarzda rossiyalik turistlar oqimlari Evropa kurortlaridan Turkiya va Misr kurortlariga qayta taqsimlanishiga olib keladi.


Mehmonxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ichki omillar, chunonchi: qabul qilingan boshqarish va nazorat tizimi (ayniqsa, harajatlar ustidan nazorat tizimi), ko’rsatiladigan xizmatlar darajasi, shuningdek mehnat munosabatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli mehmonxona ma’muriyati xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishchi kuchining qo’nimsizligini kamaytirishga va mehnat jamoasidagi muhitni yaxshilashga doim e’tibor berishi kerak.
Mehmonxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga noto’g’ri tanlangan tariflar tizimi ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jahonda mehmonxona tariflarining quyidagi asosiy tizimlari qo’llanadi.
Tarifga faqat yashash uchun haq (Room only) kiradi. U Evropa rejasi deb ham ataladi.
Tarifga yashash uchun haq va nonushta (Room and breakfast) kiradi (kontinental reja). Bunda tarifga kiritilgan nonushta uch xil bo’lishi mumkin:
kontinental nonushta (sharbat, qahva yoki choy, bulochka, jem);
inglizcha nonushta (vetchina bilan quymoq qo’shiladi);
shvedcha stol (pishloq, kolbasa mahsulotlari, non-bulka mahsulotlari, mevalar, jemlar, sharbatlar, asal, qahva, choy o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish usulida taqdim etiladi). Hozirda ushbu tarif ayniqsa keng tarqalgan.
Yarim pansion (Half board, demi-pension, modified American plan). Tarifga yashash haqi, nonushta va tushlik yoki kechki ovqat kiradi. Tarif ayrim kurort mehmonxonalarida va ma’rifiy maqsadlarda sayyohat qiluvchi turistlarga, shuningdek biznesmenlarga xizmat ko’rsatadigan mehmonxonalarda qo’llanadi. Ushbu mehmonxonalarda yashaydigan turistlar shahar bo’ylab ekskursiya qiladi, o’sha erda tushlik qiladi, kechqurun esa mehmonxonaga qaytib keladi. Kurort mehmonxonalarida yashaydigan turistlarga kelsak, ular shu erda tushlik qilishni, kechqurun esa turli restoranlar va kafelarda ovqatlanishni ma’qul ko’radi.
To’la pansion (in pension, American plan). Tarifga yashash haqi va uch (yoki to’rt) mahal ovqatlanish kiradi. Kurort mehmonxonalarida, ayniqsa, umumiy ovqatlanish tarmog’i yaxshi rivojlanmagan mintaqalarda qo’llanadi.
«Hammasi kiritilgan» («All insluded»). Tarifga yashash haqi, ko’p marta ovqalanish (mijoz tanlagan bir necha restoranlardan birida, ko’ngilochar vositalarning hammasi (yoki ko’pchiligi), bardagi ichimliklar (odatda import ichimliklardan tashqari)) kiradi. Odatda begonalardan ajratilgan kurort mehmonxonalarida qo’llanadi. Mehmonxonada yashovchilarga ular ayni shu mehmonxonaga mansubligini tasdiqlaydigan ma’lum belgilar beriladi, misol uchun, ularning qo’liga echilmaydigan bilakuzuk taqib qo’yiladi.
Haq to’lashning boshqa usullari ham mavjud. Misol uchun, «Bir xizmat narxida ikki xizmat» (Two for one) tarifiga ko’ra, mehmon tekinga yashaydi, ammo ovqatlanish uchun haq to’laydi. «Bolalar uchun bepul» (Children – free) tarifiga ko’ra, ota-onasi bilan bir xonada yashaydigan bolalar uchun haq olinmaydi. Ammo bu tariflar nisbatan kam qo’llanadi. Tarifni e’lon qilishda unga nimalar kirishi mufassal tushuntirilishi kerak. Tarifga soliq kiritilgan-kiritilmagani tushuntirilishi shart, chunki mijoz haq to’lash paytida tarifdan tashqari 20% miqdorida soliq ham to’lashi kerakligini bilsa, norozi bo’lishi tayin.
Yuqorida sanab o’tilgan omillar istalgan birining ta’siri eng avvalo mehmonxonaning to’lish koeffitsientida aks etadi. Bu mehmonxona ishining rentabelligini belgilovchi muhim ko’rsatkichdir. Hozirda jahonda ushbu koeffitsiyent asta-sekin pasayishi kuzatilmoqda. Bu yangi-yangi mehmonxonalar qurilayotgani, mehmonxona xizmatlarining taklifi ularga bo’lgan talabdan ko’payib borayotgani bilan izohlanadi. Mehmonxonalarning to’lish koeffitsienti hozir o’rta hisobda taxminan 60% ni tashkil etadiki, buni rentabellik bo’sag’asi deb aytish mumkin. O’z-o’zidan ravshanki, to’lish koeffitsienti o’zgarib turadi: mavsumda yuqori bo’ladi, mavsum tugagach, pasayadi; shanba va yakshanba kunlari ish kunlaridagidan pastroq, bayram kunlari esa oddiy kunlardagidan yuqoriroq bo’ladi va h.k. Har bir mehmonxonada to’lish koeffitsienti o’zgarishining muayyan manzarasi kuzatiladi. Ushbu koeffitsient o’zgarishlarini muvozanatga solish uchun ma’muriyat tegishli chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
To’lish koeffitsienti juda ko’p omillarga bog’liq bo’ladi. Bu erda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarif miqdori bilan to’lish koeffitsienti o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud emas: misol uchun, tarifi 60 AqSh dollari bo’lgan mehmonxonaning to’lish koeffitsienti 62%, tarifi 100 AqSh dollari bo’lgan mehmonxonaniki esa – 75% bo’lishi mumkin. Vaholanki, iqtisodiy nazariya xizmatlar qiymati pasayishiga qarab, ularga bo’lgan talabning oshishini nazarda tutadi. Ammo muayyan bir mehmonxonada bunday bog’liqlik kuzatilishi, ya’ni tarifning pasaytirilishi to’lish koeffitsientining oshishiga olib kelishi mumkin.
Mehmonxonalar ish faoliyatining natijalari ularning yil davomida etarli darajada foyda olish yoki olmasligi bilan baholanadi. Olinadigan foydaning asosiy omili bu mehmonxona tarifi va olib borilayotgan tarif siyosati hisoblanadi. Ta’rifning to’g’ri yoki noto’g’riligi uning bankrot bo’lishi yoki rivojlanishini ta’minlaydi.
Mehmonxona tarifi uning xizmatlarga bo’lgan sarf xarajati va olinadigan (mo’ljallangan) foydadan iborat bo’lsada, hozirga qadar uning aniq hisoblash metodikasi mavjud emas.
Mehmonxona tarifini aniqlashda o’ziga xos xususiyati mavjud, ya’ni mavsum vaqtida foydani maksimal darajada olib, mavsum bo’lmagan davrda mehmonxona ish faoliyatini zararsiz olib borish. Ko’p holda, mehmonxona qurilishiga ketgan sarf xarajat va undagi chegirma va ustamadan iborat bo’ladi. Asosiy maqsad kiritilgan investitsiyani qisqa muddatlarda qoplash hisoblanadi.
Tarifni hisoblashda keng tarqalgan Xabbart formulasidan ham foydalanish mumkin:

Bunda: - nomer uchun tarif;
- sarf harajatlar;
- foyda;
- yil davomida sotiladigan nomerlar soni.

Bunda: - mehmonxonadagi nomerlar soni;
- to’lish (yuklash) koeffitsienti;
- bir yildagi kunlar soni.
Mehmonxona ish faoliyatidan olinadigan foyda

Bunda: - mehmonxona qurilish bahosi;
- kiritilgan kapitaldan kutilayotgan foyda (10-15 %).
Foyda miqdorining kattaligi, mehmonxona qaysi kapital assoida qurilganligiga bog’liq. Chunki, agar bank krediti asosida bo’lgan bo’lsa, unda olingan kredit o’z vaqtida bank foizlari bilan to’lanishi shartligi uchun, shundan kelib chiqqan holda foyda miqdori belgilanadi.
Mehmonxonalar turlariga va iqtisodiy holatidan kelib chiqib, turli xildagi chegirmalar bo’lishi mumkin. Ular rasmiy ravshida mehmonxona prospektida e’lon qilinadi. Ularga mavsum bo’lmaganda 50 %gacha yashashga, katta kompaniyalarning ko’p sonli mehmonxonalarga beriladigan chegirma boshqacha aytganda korporativ ta’rif, turfirmalar uchun, guruhlar, talabalar, pensionerlar va boshqalarga qo’yilgan chegirmalar kiradi.
Keltirilgan chegirmalarni hisobga olib ta’rifni hisoblash uchun maxsus komputer dasturlari tayyorlangan vash ular asosida mehmonxona ta’rifi hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlar mehmonxonalarida hozirgi vaqtda turli xildagi ta’riflar ishlab chiqilib, shular bo’yicha siyosati yuritilayapti.

Mehmonxona bu xarajatlar va daromadlar nisbatiga bog’liq bo’lgan oddiy korxonadir. Zamonaviy mehmonxonaning iqtisodiy strukturasi foydaning barqaror olinish kafolatini beradigan ko’rsatkichlarga haqli ravishda mo’ljalni qaratgan.


Mehmonxona daromadlari quyidagilardan tashkil topadi :
Nomer fondidan tejamli foydalanishdan. Dunyo bo’yicha ularning hissasiga daromadlarning yarmidan ko’prog’i to’g’ri keladi (51,2%)
Mehmonxona qoshida faoliyat yuritayotgan ommaviy ovqatlanish korxonalari faoliyatlaridan olinadigan daromadlar o’rtacha 27,5% ni tashkil etadi.
3.Mini barlar orqali ichimliklar va boshqa ziyofatlarni sotish orqali 7-11%.
4. qo’shimcha pullik xizmatlar (telefon,kir yuvish xonalari, avtomobillar ijarasi,nomer fondiga teatr va transport chiptalarini etkazish) mehmonxona daromadlarining 6% ni tashkil etadi.
5. Mehmonxona binolarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish orqali olinadigan daromadlar 2-4% ni tashkil etadi.
Nomer fondini saqlash bo’yicha mehmonxona xarajatlari quyidagilardan iborat:
Ish haqi va u bilan bog’liq to’lovlar o’rtacha dunyo ko’rsatkichi bo’yicha – 32,1%.
Nomer fondini saqlash bo’yicha ekspluatasiya xarajatlari (yuvish materiallari, poroshoklar, pastalar, dezinfeksiya vositalarini xarid qilish) – o’rtacha 12-15%.
Mehmonxona faoliyatini amalga oshirishdagi ma’muriy xarajatlar 4-5%.
Elektr energiyasi xarajatlari 3-5%.
Ammortizasiya ajratmalari 4-5%.
Asbob-uskunalarni ta’mirlash 5%.
Marketing tadqiqotlari 2-3%.
Kredit uchun foyiz to’lovlari 2-4%.
Sug’urta yig’imlari 1-2%.
Ijara to’lovlari 2-3%.
Mini barlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish
Mini barlar uchun ichimliklarni xarid qilish 2-3%.
Boshqaruv bo’yicha mutaxassislarga gonoralalar to’lash 2%.
Shunday qilib mehmonxona korxonasining soliqlarni to’lashgacha daromadlarini yaratish uchun o’rtacha 13% qoladi.
Xarajatlarning qiyin strukturasi mehmonxona xo’jaligining ko’p qirralik darajasidan kelib chiqadi. Ammo daromadlar va xarajatlarga tegishli bo’lgan har bir ko’rsatkich nafaqat ularning korxona iqtisodiyotidagi hissasini chuqur tahlil qilishni, balki har bir alohida ko’rsatkichning diqqat bilan ko’rib chiqishni talab qiladi.
Nomer fondidan daromadlarda chet el va mahalliy mijozlar ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra poytaxtlar va yirik shaharlarda chet ellardan tashrif buyuruvchilar soni ko’pchilikni tashkil etadi, ayrim mehmonxonalar uchun 90 – 95 %.
Mehmonxonada yashovchilar stukturasi ko’rsatkichlari ham muhim hisoblanadi. Bozor segmentlarini ishbilarmon kishilarga, davlat xizmatchilariga, turistlarga, konferensiyalar qatnashchilariga va boshqalarga bo’lish qabul qilingan. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha mehmonxonaning joylashishiga bog’liq holda farq mavjud.
Mehmonxonaning daromadlarini aniqlashda muhim bo’lib zagruzka darajasi va yashashning bir kuni uchun tarif bahosi hisoblanadi. Oxirgi yillarda dunyo bo’yicha o’rtacha 67,2% ga ko’paydi.
Bir kunlik yashashning o’rtalashtirilgan ko’rsatkichi davlatlar, shaharlar va mehmonxona bo’yicha quyidagicha :
Lotin Amerikasi bo’yicha bir sutkada o’rtacha mhmonxona nomeri 44-47 dollarni tashkil etsa, Shimoliy Amerikada- 60, Osiyoda- 67.Evropada davlatlar bo’yicha farqlanadi. Masalan Portugaliyada nomer narxi o’rtacha 6 dollar bo’lsa, Fransiyada – 81. Shveysariyada – 120 dan ko’proq.
Oxirgi yillarda dunyoning ko’pchilik mehmonxonalari, ayniqsa AqShda faoliyatning iqtisodiy natijalarini tahlil qilishda “oxirgi chiqish” ko’rsatkichidan foydalana boshladilar. Ushbu ko’rsatkich sotilgan nomerlar sonini sotishga tayyor nomerlar soniga va nomerlarni sotishdan o’rtacha tushmlarning o’rtacha potensial tushumlariga nisbati sifatida hisoblanadi. Yirik shaxarlarda ushbu ko’rsatkich 43% ga teng, kurort mehmonxonalarida 32%. Bu birinchi navbatda mavsumiylik bilan bog’liq.
qayt qilingan ko’rsatgichning eng yukori darajasi Shveytsariyada
- 87%, qolgan davlatlarda ushbu ko’rsatgich 40-50% darajasida Evropada ommaviy ovqatlanish korxonalari faoliyatidan daromad bir yilda bir nomerga o’rtacha 8 ming dollarni tashkil etadi Ulardan restoran zallarida xisob kitobdan daromadlar 5 ming dollarni (60%ga yaqin) banketlarga xizmat ko’rsatish 2,5-ming (27%) nomerlarga xizmat ko’rsatish 1-ming (10%)va barlarda 250-300-dollar (2-3%) banketlarga xizmat ko’rsatish 1-mingdan ziyod, barlarda 700-dollar
Bir tashrif buyuruvchiga restoranlarda xizmat ko’rsatish taxminan 15ming dollar, nomerlarda -10 banketlarda - 18ming dollarni tashkil etadi
Ichimliklarni sotish buyicha daromadlar hissasi umumiy daromadlarda tashkil etadi: restoran zallarida -25%, nomerlarda -15-18%, banketlarda -40% dan ko’proq Sqandinaviya davlatlarida ushbu ko’rsatgichlar ancha yukori
Evropada nomerlarga xizmat ko’rsatuvchi bir ishlovchining yillik daromadi 90-ming dollarni tashkil etadi Ommaviy ovqatlanish korxonalarida _42ming telefon xizmati xodimlariniki -120ming , qo’shimcha xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchiniki -42 mingni tashkil etadi, mehmonxona bo’yicha bir ishlovchiga yiliga 54-58 ming dollar
qabul qilish xizmatida har100 nomerga 10 kishi ishlaydi qavatlarda 12 kishi, ommaviy ovqatlanish korxonalarida 34 kishi, telefon xizmatida -1,5, qo’shimcha xizmatlarni taqdim etishda 2,5kishi, boshqaruv apparatida 6 kishi, tijorat xizmatida 2 kishi, texnik xizmat ko’rsatishda - 4 kishi. Mehmonxona bo’yicha har 100 nomerga 68 - 75 kishi ishlaydi ( taqqoslash uchun Skandinaviyada 14, Angliyada 91 kishi)
Mehmonxona maxsulotini (xizmatini) sotish bu mehmon xonalarning ushbu xizmatlar bozorida amalga oshirilgan marketing tadqiqotlarining yakunlovchi bosqichidir Har bir mehmonxona tomonidan ularning ishchilarini asosiy maqsadlarini inobatga olgan holda Mehmonxona servis xizmatlarini sotishning samarali tizimi ishlab chiqiladi, Ushbu maqsadlar jumlasiga barcha moliyaviy xo’jalik faoliyatining asosiy yakuniy natijasi hisoblangan foydani olish kafolatlarining mavjudligi natijasida malum daromadlarni olish hisoblanadi
O’zlarining imkoniyatlarini aniqlash uchun mehmonxonalar tamonidan malum hisob kitoblar amalga oshiriladi Ular ma’lum davr uchun dasturli hujjatlar hisoblanadi
Birdaniga hisob kitoblar asosiga Mehmonxonadagi anjomli joylar soni yoki nomer fondining sig’imi olinadi
Turar joy fondi (nomer fondi ) - bu bir vaqtning o’zida joylashtirish mumkin bo’lgan mehmonxonadagi nomerlar soni. Nomer fondining sig’imi nomer fondida o’rnatilgan karovotlar sonini inobatga oladi.
Mehmonxonada koyka – joylarning umumiy soni va mehmonxonada ekspluatasiya (joylashtirish) uchun taqdim etiladigan koyka – sutkalar soni farqlanadi.
Birinchi ko’rsatkich (K umumiy) mehmonxona rejalashtirilgan kalendar davrida egalik qiladigan barcha anjomli joylardan 100% foydalangan holda mumkin bo’lgan o’tkazish imkoniyatlarini anglatadi. Ushbu ko’rsatkichni mehmonxonaning bir vaqtdagi joylashtirilishini rejalashtirilgan davrdagi (odatda, oy, kvartal, yarim yil, yil) kalendar joylari soniga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Yil davomida koyka – sutkalarning umumiy soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Kumum q Ms x Dg
Bu erda Kumum – koyka sutkalarning umumiy soni;
Ms – mehmonxonadagi anjomli joylar soni;
Dg – yildagi kunlar soni.
Mehmonxona tomonidan ekspuatasiyaga taqdim etiladigan koyka – sutkalari soni rejalashtirilgan davrda mehmonxonaning o’tkazish qobiliyati to’g’risida tasavvur beradi va texnik ruxsat berilgan to’xtashlarni (sanitariya qayta ishlanish, ta’mirlash uchun vaqt va hokazolar) hisobga olgan holda kalendar davrida haqiqiy ekspluatasiya qilinishi mumkin bo’lgan joylar sonini anglatadi.
Ushbu ko’rsatkich mehmonxona xo’jaligida mavjud koyka – sutkalar soni texnik ruxsat berilgan to’xtashlardagi koyka – sutkalar soni rtasidagi farq tarzida hisoblanadi.
Rejali ta’mirlashdagi to’xtab turish vaqti (Pr) mehmonxona nomer fondini rejali ta’mirlash sikliga 5 yilni tashkil etishni inobatga olgan holda aniqlaymiz. Mehmonxonalarning bir anjomli koyka – joylarning o’rtacha davomiyligiga – 10 kun.

Turizm moddiy texnika bazasining rivojlanish holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar ushbu davlatdagi (xududdagi) quvvatini aniqlaydi.


Ularga: dam olish uylari, pansionatlar, turbazalar, mehmonxonalar, sanatoriylar va hokazolarning koyka fondi, shuningdek mahalliy aholi tomonidan taqdim etiladigan koykalar soni; turistlar uchun ovqatlanish korxonalaridagi savdo zallaridagi foylar soni, suv bilan davolash joylaridagi vannalar soni, teatrlardagi joylar soni va hokazolar kiradi.
Mehnatnig natijaviyligi muayan vaqt birligida ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot (moddiy ne’matlar, xizmatlar) soni yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish va sotish uchun sarflanadigan vaqt soni bo’yicha aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi soatbay, smenali, oylik kvartallik va yillik bo’ladi.
Mehnat unumdorligining darajasi ikki usul bilan o’lchanadi. Birinchisi – to’g’ri usul. U bir ishlovchiga mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishni ko’rsatadi. Mehmonxona xizmatlari unumdorligi xizmatlarni sotishdan keladigan tushumni ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soniga bo’lish orqali o’lchanadi. Ikkinchisi teskari – ya’ni mahsulot va xizmatlar mehnattalabchanligini ko’rsatadi. U kishi-soatlarda o’lchanadi. U sarflangan ish vaqtini (kishi – soatlarda) natural ifodadagilar (dona, kg, tozalangan maydonlar va hokazolar) ishlab chiqarilgan va ko’rsatilgan xizmatlar soniga nisbati tarzida aniqlanadi.
Mahsulot va xizmatlarning mehnattalabchanligining kamayishi nafaqat texnik taraqqiyot hisobiga vujudga keladi, balki ish vaqtini zichlashtirish natijasida ham amalga oshiriladi, ya’ni ish vaqtining unimsiz yo’qotilishini tugatish va mehnat intensivligini oshirish hisobiga ham.
Mehnat industiryasi ishlovchilari mehnat unimdorligi darajasini mahsulot va xizmatlar mehnattalabchanligi orqali aniqlash, ularning ish amalyotida keng qo’llanilishiga olib kelmadi. U faqat unimdorlik va xisob kitobla normasini hisoblashda qo’llaniladi xolos.
Mehmonxona industriyasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi va ishlovchilar mehnat unumdorligining oshishiga turli omillar ta’sir ko’rsatadi, ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- tashqi omillar
- turistik industriya (turistik firma) korxonasi darajasida harakat qiluvchi omillar.
Mehmonxona biznesida mehnat samaradorligini oshirishning tashqi omillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: mehmonxona servisi industriyasini intensivlashtirish va undagi fan – texnika taraqqiyoti; yirik turistik industriyasining yaratilishi; malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha choralar, ularning malakasini oshirish va hokazolar.
Alohida mehmonxona darajasida harakat qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: mehmonxona xizmatlarini tashkil etish shakllarini takomillashtirish; yangi sifatli xizmatlarni ishlab chiqish; mehmonxona mijozlariga xizmat ko’rsatishni shakllarini takomillashtirish; yangi mehmonxona texnologiyalarini joriy etish; mehnatni normalashtirish va rag’batlantirish usullarini qo’llash va hokazolar.

3. Moliyaviy istiqbollar. Istiqbollarni o’rganishda yangicha yondashish.


Mehmonxona korxonasi moliyasi – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyasi. Mehmonxona moliyasining vazifalari bo’lib. pul fondlarini shakllantirish, o’zlarining ishlab chiqarish – xizmat ko’rsatish faoliyatlari va moliyaviy faoliyatlarini amalga oshirish, foydani olish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida pul oqimlarini samarali bosharish asosida ulardan foydalanish hisoblanadi.


Mehmonxonalarning ishlab chiqarish – xizmat ko’rsatish jarayonida turli bank tizimi, soliq xizmati, sug’urta kompaniyalari, pensiya fondi, moliyaviy va kredit tashkilotlari va muassasalari bilan munosabatlar vujudga keladi.
Ushbu munosabatlar o’z xususiyatlariga ega va ular mehmonxona biznesining moliyasini tashkil etishga asoslanadi.
Biznes uchun aylanma mablag’larning alohida aylanish sxemasi tavsiflidir
Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, mehmonxona biznesi faoliyati ob’ekti bo’lib inson (mijoz) hisoblanadi, u o’z manfaatidan kelib chiqqan holda mehmonxona servisini sotib oladi; ikkinchidan mehmonxona biznesida xizmatlarni ishlab chiqarish, ularni sotish va iste’molni tashkil etish jarayonlari bir ishlab chiqarish – texnologik jarayonga birlashtirilgan.
Mehmonxona biznesida aylanma mablag’larning aylanishi quyidagi sxema bo’yicha amalga oshadi:

D – T – D1


Bu erda D- tovarni xarid qilish uchun avanslashtirilgan pul mablag’lari;


T – tovar;
D1 – qo’shimcha qiymatni qo’shgan holdagi mehmonxona mahsulotini ishlab chiqarishda tovardan foydalanish orqali olingan pul mablag’lari.
Ommaviy ovqatlanishda aylanma mablag’larning aylanishi o’z ichiga sanoatdagi va savdodagi mablag’larning aylanish sxemalarini oladi:
D – Ts…P…T1 – D1,
Bu erda D – xom ashyo va tovarlarni xarid qilish uchun avanslashtirilgan pul mablag’lari;
Ts – xom – ashyo;
T – tovar (qayta ishlashsiz iste’molga tayyor mahsulot);
P – ishlab chiqarish;
T1 – qo’shilgan qiymatni o’z ichiga oladigan tayyor mahsulot;
D1 – qo’shilgan qiymatni o’z ichiga oladigan mahsulot va tovarni sotishdan olinadigan pul mablag’lari;
… - xom – ashyoga jalb qilingan mablag’lar uzildi, lekin aylanish jarayoni ishlab chiqarish jarayonida davom etmoqda.
Turizmda aylanma mablag’larning aylanishini quyidagi sxemada kuzatish mumkin:
D – T – D1
Bu erda D – turistik firma tomonidan turni tashkil etish uchun, ya’ni turistik mahsulotni yaratish uchun avanslashtirilgan pul mablag’lari;
T – turizmning moddiy va nomoddiy xizmatlari, shuningdek turistik – suvenir belgilanishidagi tovarlar;
V – turistik ta’surotlar;
D1 – qo’shilgan qiymatni o’z ichiga oladigan xizmatlarni, turistik ta’surotlarni sotishdan olinadigan pul mablag’lari.
Keltirilgan sxema ko’rsatadiki, turist pulni o’zi ko’rgan va ta’surot qoldiradiganlarga (tabiatning qiziqarli holatlari, tarix va madaniyat yodgorliklari, me’moriy haykallar va hokazolar) to’laydi. Turistik ko’rsatish ob’ektlarini yaratishga turistik firma o’z kapitalini sarflamaydi, lekin ularning mavjudligi turistik firmaga daromad keltiradi. Firma faqat turistlarga ushbu ob’ektlarni ko’rsatish bilan bog’liq xizmatlarga haq to’laydi
Turistik firma uchun daromadlarni olishda muhim ahamiyatni turistik manfaatlarga mos keladigan turistik ta’surotlar turi va sifati egallaydi. Turistik ta’surotlar ob’ektlarining o’zgarishi, yo’qolishi (qisman yoki to’liq) pul mablag’lari aylanishining keskin sekinlashishi va turistik firmaga pul tushumlarining kamayishiga olib keladi.
Mehmondo’stlik industriyasidagi aylanma mablag’larning aylanishidagi o’ziga xosligi ulardagi aylanish tezligida o’z aksini topadi.
Aylanma mablag’larning aylanish tezligi – bu aylanma mablag’laning ishlab chiqarish va aylanishning alohida bosqichlaridan o’tish davomiyligidir.
Mablag’larning aylanish koeffisienti bir so’mlik aylanma mablag’larga mehmonxona mahsulotini sotishdan keladigan tushum hajmining miqdorini tavsiflaydi. U mahsulotni sotishdan keladigan summaning aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’iga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanma mablag’lardan samarali foydalanishning muhim ko’rsatkichi bo’lib, aylanishdagi mablag’larning zagruzka koeffisienti hisoblanadi. U mehmonxona mahsulotini sotishdan keladigan bir so’mlik tushumga avanslashtirilgan aylanma mablag’lar summasini tavsiflaydi. Boshqacha so’z bilan aytganda, u aylanuvchan fondlar sig’imini tashkil etadi, ya’ni bir so’mlik sotilgan mahsulotni olish uchun aylanma mablag’lar xarajatlarini.
Har qanday mehmonxona uchun o’z mablag’larning aylanishi tavsiflidir. U ko’pchilik omillar (doimiy va taxminiy) orqali aniqlanadi, birinchi navbatda ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar assortimenti, korxona tipii va boshqalarga bog’lio’ bo’ladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mehmonxona industriyasidagi aylanma mablag’larning aylanishi qolgan sohalarga qaraganda tezroq sodir bo’ladi, lekin oziq – ovqat shahobchalariga qaraganda sekin bo’ladi.

4. Rejalashtirish va budjetni tuzish Moliyaviy nazorat va taxlil


Rejalashtirishning to’liq tsikli – uzoq muddatli maqsadlar kompaniya va kompaniya xodimlarining umumiy maqsadga erishishga qaratilgan qisqa muddatli xulq-atvorini belgilaydigan jarayon.
Rejalashtirish tsikli 9.1-rasmda ifodalangan.
Mehmondo’stlik sanoati korxonasining har bir xodimi o’z ehtiyojlari, manfaatlari va intilishlariga ega, ammo kompaniya ularning talablarini umumiy maqsadlarga yo’naltiradi va ularga erishish yo’lida birlashtiradi. Boshqa tomondan, tashkilot, toki uning faoliyati o’zining alohida a’zolari ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilmas ekan, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi.

Ташқи таъсирлар аудити

Ички ресурслар аудити









Стратегик режа (3-7 йил)



Давомий давр

Стратегик жабҳа






Йиллик бизнес-режа







Бюджет



Қисқа муддатли давр



Операцион жабҳа

Бўлинмалар бюджети







Эришилган натижалар


18.1-rasm. Rejalashtirish va byudjet tuzish tsikli


Chet elda mehmondo’stlik sanoati korxonasining strategik rejasini tuzishda ikki har xil, ammo o’zaro bog’liq audit o’tkazishdan kelib chiqiladi:


1. Tashqi ta’sirlar auditi.
2. Ichki resurslar auditi.
Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish masalasiga kelsak, u oqilona tashqi ta’sirlarga va mavjud resurslarga asoslanishi lozim. Mehmondo’stlik sanoatida tashqi omillarga ko’pincha quyidagilar kiritiladi:
1. Hukumat siyosati – chegaradagi nazoratning engillashtirilishi va import mahsulotlarga poshlinalarning kamaytirilishi.
2. Demografiya – o’rta yashar jismonan faol odamlar hamda nisbatan arzon yo’llanmalarga ko’ra dam olishni ma’qul ko’radigan yoshlar miqdorining ko’payishi.
3. Raqobat – mazkur kurortda mehmonxonalar turlari yoki restoranlar sonining kamayishi yoki ko’payishi.
4. Valyuta almashtirish kursi – chet ellik turistlar soniga va ta’til paytida ularning xarajatlari darajasiga ta’sir etadi.
5. Ijtimoiy-madaniy omil – madaniy an’analar ahamiyatining oshishi.
Yuqorida zikr etilgan barcha omillar mehmondo’stlik sanoati korxonasining strategik yo’nalishiga hamda u ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yoki ko’rsatayotgan xizmatlarga ta’sir etishi mumkin. Bunday audit vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladi, chunki siyosiy, iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy o’zgarishlarga qarab, tashqi ta’sirlar uzluksiz o’zgarib boradi. Ammo bunday sharoitlarda biznesni tashkil etish va uning rivojlanishi mavjud resurslarga bog’liq bo’ladi. Shu sababli kompaniyalar o’z resurslarining auditini o’tkazadi. Bunday audit quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Fizik hajmlarni, ya’ni qurilmalar hajmini, asbob-uskunalar miqdorini, mehmonxona yoki restoranda joylashtirish mumkin bo’lgan mijozlar yoki zarur oziq-ovqat mahsulotlari miqdorini tekshirish.
2. Moliyaviy resurslarni tekshirish. Zarur mehmonxona kompleksini qurish uchun kerakli resurslarni topish mumkin bo’lgan joylarni, so’ngra undan samarali foydalanish davrini aniqlash.
3. Mehnat resurslarini tekshirish. Zarur ishni bajarish uchun etarli xodimlar miqdorini va ularning kasbiy fazilatlarini aniqlash.
Tashqi ta’sirlarni va resurslar bilan bog’liq cheklashlarni solishtirib, strategik reja tuzish mumkin. Ammo, shu bilan birga, quyidagi asosiy talablarga javob beradigan strategik rejalarni puxta tanlash lozim:
-mijoz talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish;
-resurslardan yanada oqilona foydalanish;
-bozorning nisbatan tor segmenti ehtiyojlarini qondirish;
-mumkin qadar kam resurslardan foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish.
Strategik reja tuzilganidan keyin kompaniya byudjetini rejalashtirish qo’mitasi turli manbalardan axborot yig’ish orqali qisqa muddatli davrda zarur moliyaviy vositalarning mufassallashtirilgan shaklini, xususan: sotuvlar byudjeti, debitorlar byudjeti, aktsiyalar byudjeti, kreditorlar byudjeti, kapital sarflari byudjeti, aylanma vositalar byudjetini tuzadi. Ularning hammasi yagona byudjetga birlashtiriladi, unda foyda va chiqimlar hamda balans prognoz qilinadi.
Shunday qilib, kompaniya o’z daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek, hisob-kitob davrining oxirida vujudga keladigan o’z aktivlari va qarzlarini rejalashtiradi.
Shundan so’ng rejalashtirish tsikli joriy natijalarni prognoz qilingan natijalarga solishtirish bilan davom ettiriladi. Bundan ular o’rtasida mavjud tafovutlarni aniqlash maqsadi ko’zlanadi. Yillik rejaga amal qilish uchun kompaniyalar tafovutlarni har oyda aniqlaydi. Agar byudjet tuzilganidan keyin maqsad qilib qo’yilgan yillik daromadni olishning iloji yo’qligi aniqlansa, turli departamentlarning menejerlari yordamida rejaga tuzatish kiritish choralari ko’riladi. Aks holda yillik rejadan voz kechiladi.
Rejalashtirish va byudjet tuzish – kompleks jarayon, chunki kompaniyaning turli departamentlari tomonidan har xil rejalar tuziladi va so’ngra ular birlashtiriladi. Bu barcha zarur axborotni to’plash va muayyan vaqt ichida ularni birlashtirish muammosini vujudga keltiradi. Reja va byudjet ishonchli, asoslangan va erishib bo’ladigan bo’lishi muhimdir.

Moliyaviy nazorat va tahlil. Mehmondo’stlik sanoatida moliyaviy nazorat iqtisodiyotning boshqa jabhalarida bo’lganidek, kompaniyaning barcha bo’limlarini qamrab oladi va sezilarli darajadagi ichki xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Binobarin, moliya bo’limi xizmat ko’rsatishni birlashtiruvchi markaz hisoblanadi, chunki u butun komandaning mijozlarga xizmat ko’rsatish faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.


Ichki nazorat printsiplari biznesning barcha turlari uchun bir xil bo’lsa-da, mehmondo’stlik sanoati korxonalarining operatsiyalari ma’lum o’ziga xosliklarga ega. Bu asosan quyidagi sabablar bilan bog’liq:
-mehmondo’stlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, mehmonxonada ko’p miqdorda naqd pul aylanadi;
-oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa tovarlar xodimlarni qiziqtiradi, chunki ularning barchasi xo’jalikda asqotadi va chetda sotishga to’g’ri kelmaydi, boshqacha qilib aytganda, o’g’rilik ehtimoli katta bo’ladi;
-ayniqsa, quyi bo’g’inlarda vaqtinchalik ishga olingan xodimlar mehnat qiladi.
Mehmondo’stlik sanoati korxonalari o’tkaziladigan moliyaviy operatsiyalarni qayta ko’rish uchun o’z aktivlariga mustaqil baho berilishiga muhtoj bo’ladi. Bu ularga o’z tashkiliy tuzilmasida buxgalteriya hisobi va audit sohasida bilim va malakaga ega bo’lgan xodimlarga ichki audit funktsiyalarini yuklashga turtki beradi. Ichki auditorlar funktsional operatsion komanda a’zosi bo’lmaydi va pog’ona menejerlaridan qat’i nazar, xizmat majburiyatiga ega bo’lmaydi.
Ichki auditorlarning tavsiyalari kengashuv xususiyatiga ega bo’ladi va pog’ona xodimlari tomonidan ularning sifatiga qarab qo’llaniladi. Ichki audit funktsiyalari mustaqil bo’lib, operatsiyalardan va funktsional xodimlar guruhidan, aytaylik, buxgalteriya hisobi, marketing va b.dan ajratilganligi uchun, u ko’pincha oliy rahbariyat, aniqrog’i, moliya direktori, ijrochi direktor yoki direktorlar kengashining audit qo’mitasi oldida hisobdor bo’ladi.
Yirik mehmonxona korxonalarida o’tkazilgan oxirgi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki:
1. ichki auditorlarning 19,4% taftishchilarga;
2. 32,3% moliya ishlari bo’yicha oliy menejerlarga;
3. 16,1% korporatsiyaning ijrochi direktori va direktorlar kengashiga;
4. 6,5% direktorlar kengashiga;
5. 3,2% direktorlar kengashining audit qo’mitasiga hisobot beradi.
Ichki auditorlarning mustaqilligi ularning hisobdorlik darajasi va kasbiy tayyorgarligiga, shuningdek xolisligiga bog’liq bo’ladi.
Ichki audit moliyaviy va boshqaruvga oid ma’lumotlarni tekshiradigan to’rt yirik toifaga bo’linadi:
1. Ichki boshqaruvga muvofiqlikni tekshirish;
2. qonunga muvofiqlikni tekshirish;
3. Kompaniya resurslaridan to’g’ri foydalanilayotganini aniqlash;
4. Kompaniya resurslaridan oqilona foydalanilayotganini aniqlash.
Ichki audit asosan to’rt bosqichdan tashkil topadi: rejalashtirish, tekshirish, baholash va hisobot tuzish.
Birinchi bosqich – rejalashtirish operatsiyalar mohiyatini aniqlash, audit maqsadlarini belgilash, ishga doir barcha ma’lumotlarni to’plashni o’z ichiga oladi. Mazkur bosqichdan so’ng auditor bizga tekshirish jarayonidan ma’lum bo’lgan auditni bevosita amalga oshirishga o’tadi. Joriy audit taomili audit turiga qarab kerakli ma’lumotlar olishni nazarda tutadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi.



Solishtirish

Mehmonxona nomerlarining kundalik sotilishini nomerlarni sotish reja ko’rsatkichlariga solishtirish va jiddiy tafovutlarning sabablariga berilgan tushuntirishlarni sharhlash.

Topshiriq berish

Mahsulot etkazib beruvchilar schyotlarini sharhlash

Tasdiqlash

Yil oxirida mahsulot etkazib beruvchilarning to’lanmagan schyotlarini tekshirish.

Ko’rib chiqish

Mazkur davrda haqiqiy sotuvlar va bekor qilingan sotuvlar miqdorini aniqlash uchun kassa cheklarini vizual ko’zdan kechirish

Tahlil qilish

Operatsion departamentlarning yil davomidagi mehnatining qiymatini solishtirish (hafta kesimida)

Taftish qilish

Xarajatlar smetada belgilanganidan ko’pligi sabablari haqida departamentdan mazmunli tushuntirishlar olish.

Kuzatish

Jarayonning samaradorligini aniqlash uchun restoran yoki mehmonxona kompleksining boshqa bo’limlari mehmonlarga nomerda xizmat ko’rsatishini kuzatish.







Baholash bosqichi xulosa tuzish uchun muhim. Xulosa boshqaruv qarorlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur bosqichning mohiyati natijalarga baho berishdan va kelajakda natijalarni yaxshilash yo’llarini topishdan iborat.
Yakuniy bosqich – audit natijalari haqida hisobot tuzish. Hisobot oliy rahbariyatni olingan natijalar bilan tanishtiradi va auditor kompaniyaning manfaatdor xodimlari bilan muloqot qilishi uchun zarur vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ichki audit auditorga har xil yo’nalishlar bo’yicha boshqarishga yordam ko’rsatib, kompaniya manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashadi.
Xarajatlar hisobini yuritish, shuningdek operatsion koeffitsientlar mehmondo’stlik sanoati uchun yaxshi barometrlar hisoblanadi. Kompaniyaning operatsion ko’rsatkichlarini tahlil qilish – murakkab fan emas, balki diagnostika vositasidir. Mazkur koeffitsientlar ko’pincha tegishli tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadigan savdo sohasidagi shunga o’xshash koeffitsientlarga solishtiriladi. Masalan, «Amerika buxgalterlar korporatsiyasi» «Kichik biznes barometri»ni nashr etadi.
Operatsion koeffitsientlar odatda o’zaro bog’liq bo’ladi. Kompaniya rahbarlari moliyalarni boshqarishda odatda standart operatsion koeffitsientlardan ancha farq qiladigan operatsion koeffitsientlarni aniqlaydilar va bunday tafovutlarning sababini tushuntirishga harakat qiladilar.
Kompaniyalarning moliyaviy tahlili uchun yalpi daromad koeffitsienti, umumiy tashkiliy xarajatlar koeffitsienti, sof foyda koeffitsienti, mehnat haqi koeffitsienti, ijara xarajatlari koeffitsienti, reklama xarajatlari koeffitsienti kabi koeffitsientlar muhim ahamiyatga ega.
Yalpi daromad koeffitsienti – mahsulot qiymatining to’g’ridan-to’g’ri in’ikosi bo’lib, quyidagi yo’l bilan aniqlanadi:



Yalpi
daromad koeffitsienti

Sotuvlar sof hajmi - sotuvlar qiymati
   100
Sotuvlar sof hajmi

Mazkur koeffitsient darajasining yuqoriligi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari uni sotish narxidan kam bo’lganini anglatishi mumkin, va aksincha. Biroq, mazkur koeffitsientni past darajada saqlash kompaniya umumiy strategiyasining bir qismi bo’lishi mumkin. Agar mahsulot past narxlarda va etarli hajmda sotilsa, ancha yaxshi daromad olish mumkin.


Xizmat ko’rsatish sohasida koeffitsient darajasining pastligiga umumiy operatsion xarajatlarning past darajasini qo’shib, ancha foydali sotuvlar hajmiga erishish mumkin. G’arb mamlakatlarida keng qo’llaniladigan yirik do’kon-omborlarda skidkalar bilan ulgurji savdo qilish tizimi bunga yorqin misol bo’ladi.
Umumiy operatsion xarajatlar koeffitsienti kompaniyaning barcha xarajatlarini, chunonchi: ijara haqi, mehnat haqi, reklama xarajatlari, sug’urta va ustama xarajatlarni o’z ichiga oladi. U sotuvlar sof hajmining birligiga nisbatan amalga oshirilgan operatsion xarajatlar tarzida aniqlanadi:



Umumiy operatsion xarajatlar koeffitsienti

Operatsion xarajatlar
   100
Sotuvlar sof hajmi

Tabiiyki, katta operatsion xarajatlar kompaniyalar faoliyatining daromaddorligini pasaytiradi va kompaniyada xarajatlar ustidan nazorat yaxshi yo’lga qo’yilmaganidan dalolat berishi mumkin. Biroq, kompaniya sotuvlar yuqori hajmini katta xarajatlar bilan bog’liq yuksak darajada xizmat ko’rsatish bilan mushtaraklikda ta’minlay olsa, oqilona daromad olishga muvaffaq bo’lishi mumkin.


Sof foyda koeffitsienti barcha xarajatlar chegirib tashlanganidan keyin sotuvlar hajmidan foiz hisobida olingan foydani anglatadi va quyidagi yo’l bilan aniqlanadi:



Sof
foyda koeffitsienti

Sof foyda
  100
Sotuvlar sof hajmi

Mehnat haqi koeffitsienti mehnatga haq to’lashga sarflangan sotuvlardan olingan foyda ulushini ko’rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:





Mehnat
haqi
koeffitsienti

Maosh
  100
Sotuvlar sof hajmi

Mehmondo’stlik sanoatida sotuvlar mavsumiy xususiyatga ega va odatda o’zgaruvchan bo’lgani uchun mazkur ko’rsatkich juda katta ahamiyat kasb etadi. Umumiy operatsion xarajatlar koeffitsienti singari, mehnat haqi koeffitsienti ham firma siyosati ta’sirida, masalan, sotuvlarni oshirish uchun reklama yoki boshqa ustama xarajatlar hisobiga qo’shimcha kuchlar jalb qilingan holda, o’rta darajadan yuqori bo’lishi mumkin.


Mazkur ko’rsatkich darajasining pastligi esa, o’z navbatida, kompaniyada boshqaruv samarali amalga oshirilayotganini ko’rsatadi (ayniqsa, operatsion xarajatlar darajasi ham past bo’lsa).
Ijara xarajatlari koeffitsienti biznes olib borish uchun joyning muhimligini ko’rsatadi. Ijara xarajatlari darajasining oshishi reklama xarajatlari darajasi pasayishiga olib kelishi lozim, degan fikr keng tarqalgan. Boshqacha qilib aytganda, tashrif buyuruvchilar soni ko’p bo’lgan joyning o’ziyoq yaxshi reklamadir.
Ijara xarajatlari koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Ijara
xarajatlari
koeffitsienti

Ijara haqi
   100
Sotuvlar sof hajmi

Mehmondo’stlik sanoatida reklama xarajatlari koeffitsientini hisoblashda mahsulotni o’tkazishning barcha usullari va vositalari, shu jumladan televidenie, gazeta va jurnallar orqali reklama qilish, to’g’ridan-to’g’ri marketing va b. ishga solinadi. Koeffitsientning o’zi quyidagicha hisoblanadi:





Reklama
xarajatlari
koeffitsienti

Reklama xarajatlari
   100
Sotuvlar sof hajmi

Mazkur koeffitsient yuqori darajada bo’lishi ma’qul bo’lmasa-da, mazkur koeffitsient darajasining pastligi sof foyda darajasining pastligi bilan uyg’unlikda daromadlilik darajasining pastligi sabablaridan biri reklama yaxshi yo’lga qo’yilmaganida ekanligini anglatishi mumkin.


Kompaniyaning zararsizligini tahlil qilish kompaniya moliyaviy tahlilining muhim tarkibiy qismidir. U sotuvlar hajmi har xil bo’lgan holda matematik model yordamida daromadlar va xarajatlar darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu erda ham zararsizlik nuqtasi pul birligi yoki fizik birliklarda ifodalangan sotuvlar minimal hajmi tarzida aniqlanadi. Bunda mahsulotni realizatsiya qilishdan kelgan tushum o’zgarmas va o’zgaruvchi xarajatlar summasiga teng bo’ladi.
O’zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish va xizmatlarni sotish hajmiga bog’liq bo’lmaydi va doimiy ishlaydigan xodimlarga xarajatlar, ijara xarajatlari, mol-mulk xarajatlari, qarzlar bo’yicha foizlarni o’z ichiga oladi.
O’zgaruvchi xarajatlar – kompaniyaning sotilgan mahsulot hajmiga to’g’ri proportsional tarzda o’zgaradigan xarajtalari. Ular soatbay haq to’lashni, ishlab chiqarish va xizmatlarni sotish uchun zarur texnologik ehtiyojlar qiymati, xom ashyo va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Download 81,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish