Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

4. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va 
to’liqligini tekshirish
 
Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bog’liq bo’lgan bank 
muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan 
tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko’p uchraydigan muomalalarni aniqlash va 
schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada 
bunday tasniflagich yo’q bo’lsa, Bosh daftardagi schyotlar bog’lanishidan 
foydalanib, tegishli axborotga ega bo’lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga 
xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish 
zarur.
Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul 
mablag’laridan foydalanishi ko’zda tutilgan bo’lsa, auditor olingan foizlarning 
korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob 
schyotiga haqiqatda o’tkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim. 
Olinadigan foizlarni noto’g’ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy 
natijalarning buzib ko’rsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi 
tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qo’llanilishiga olib kelishi 
mumkin.
Shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida 
quyidagilarni ham tekshiradi: 
*
hisob registrlarini yuritish tartibi; 


329 
*
bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob 
registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi; 
*
hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning 
sintetik hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi 
ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi; 
*
bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.
Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash 
hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining 
to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti 
bo’yicha yozuvlar 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan 
pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan 
qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli 
qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 
5510-«Akkreditivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus 
schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha 
buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan 
tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq kirim 
qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank 
ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul 
mablag’lari» schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri 
ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi.
Pul mablag’laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash 
uchun, ularning mol etkazib beruvchilardan qarzlarni qoplashga hisob-kitob 
schyotidan o’tkazilishini, 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» schyoti bo’yicha hisob-kitob muomalalarini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish bo’limida tahlil qilish kerak.


330 
5110 Hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 
2720-«Boshqa ishlab chiqarishlar» va boshqa xarajat schyotlarining debeti 
bo’yicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. Chunki, mazkur holatlarda 
bajarilmagan ishlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul o’tkazish yashiringan 
bo’lishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining hisobdan o’chirilishini 
tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan 
bog’liqlikda batafsil tekshirish va tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qilingan 
sarflarni, ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun to’lash va boshqa xarajatlarni 
hisobdan o’chirishga doir xatolar aniqlashga yordam beradi. Bunday xatolar 
moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga va soliq bilan bog’liq noxush 
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan hisobdan o’chirilgan naqd pul summalari 
(bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar, 5110-schyotning kredit 
oboroti yuritiladigan registr bo’yicha) va naqd pul mablag’larining kassaga 
kirimini (kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladigan registr 
bo’yicha) tekshirish hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik 
tekshiruvdan o’tkazishda qarama-qarshi tekshiruv bo’lib hisoblanadi. Bunda 
auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim: 
*
hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag’ini hisobdan o’chirish muomalasi 
aks ettirilgan bank ko’chirmasiga kassa kirim orderi kvitantsiyasi ilova 
qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
*
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-
«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debet oboroti (1-jurnal-
orderning vedomost tomoni) bo’yicha sintetik hisob registrlari yozuvlarining 
tengligi tekshiriladi.
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog’ida aniqlangan 
kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik 


331 
tekshiruvining mazkur bo’limi bo’yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish