Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

6. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining 
to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
 
Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus 
schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va 
chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida 
(veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda 
saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish 
uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida 
ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik 
tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi.
Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-
«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» 
tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada 
aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish 
uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining 
maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi 
analitik schyotlar ochilishi mumkin: 
*
maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, 
yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun; 
*
kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash 
uchun; 


338 
*
bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul 
mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.
Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi 
pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati 
to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 
yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 - 
«Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda 
hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini 
tekshirish zarur: 
*
hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi; 
*
akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi; 
*
akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi; 
*
akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi.
5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti» 
analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish 
lozim: 
*
maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona 
korparativ kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari; 
*
trans chegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta 
qonunchiligiga rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi 
chet el valyutasidagi hisob-kitoblar); 
*
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi; 
*
korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi; 
*
ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar 
ishlatilmaganligi; 
*
kurs farqlarini to’liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to’g’riligi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish