Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

(xaqiqiy 
tannarxi) bo’yicha ma’lumotlar 
"Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining 
krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlar tannarxi ushbu hieobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy 
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" 
hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib tekshiriladi. 


314 
Sotish tsiklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum 
to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha 
korxonalar sotishdan tushum va hisobotni tayyorlash bo’yicha buxgalteriya 
hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga oshirishlari 
kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Tayyor mahsulotni sotishdan 
olingan daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham 
xaridor tomonidan to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. 
Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga 
asosan qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va 
mahsulotni sotishdan tushum "jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga 
muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni 
hisobga olish uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order 
qo’llaniladi. 1b-sonli ro’yxatnoma jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan 
tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik yakunlar va tegishli 
hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi. 
Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor 
mahsulot 
etkazib 
berish 
uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar
to’liq
ro’yxatga
olinganligi, etkazib berilgan mahsulot uchun xaridor to’lov muddatlariga rioya 
qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim. 
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli 
ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari 
bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan 
aniqlaydi. 
Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash 
ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi: 
-
hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning 


315 
qoldig’i hisobot davrida ishlab chiqarilgani va jo’natilgani 
(sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha 
tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik 
xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi; 
-
hisobot davrining boshiga va ohiriga tayyor mahsulotning 
haqiqiy 
tannarxi 
yoki 
hisob 
narxlari 
(rejali, 
me’yoriy) 
tannarxi 
bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi bo’yicha 
hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va 
oxiriga
qoldiq
bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor 
mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi ishlab chik-arish 
bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari 
bilan tasdiqlanadi; 
-
haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisob narxlari 
bo’yicha jo’natish va farqlarning algebraik summasi sifatida 
aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz 
darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Farqlarning 
o’rtacha 
foizi, 
o’z 
navbatida, 
amaldagi 
tannarx 
bilan hisob narx o’rtasidagi farq hisob narxi bo’yicha davr boshiga 
tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan summasi 
nisbati bilan aniqlanadi.
Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar 
to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi. 
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob 
registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar 
natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor 
o’z ish hujjatlarida qayd etadi.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya 
hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin: 


316 
- mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" 
yuritilishi; 
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi; 
-
hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z 
vaqtida yuritilmasligi; 
-
mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar 
noto’g’ri korrespondentlanishi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish