Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Iqtisodiy  determinizm.  K.Marksning  iqtisodiy  nazariyasi  uning 
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi bilan 
bevosita  bog‗liq.  Keyingisining  shakllanishi  jarayonida  u  uch  asosiy 
ilmiy  manbaga:  Smit-Rikardoning  ingliz  klassik  siyosiy  iqtisodiga, 
Gegel-Feyrbaxning  nemis  klassik  falsafasiga  va  fransuz  utopik 
sotsializmiga  asoslanadi.  Markscha  ijtimoiy  rivojlanish  sxemasida 
markaziy  o‗rinda  iqtisodiy  determinizm  («tarixning  materialistik 
tushunchasi»)  turadi.  K.Marks  ijtimoiy  rivojlanishga  va  uning  tarixiga 
tatbiq  etilgan  determinizmning  asosiy  qoidalarini  «Siyosiy  iqtisod 
tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to‗liq ifodalab beradi: 
 
«Kishilar  o‗z  hayotlarida  ijtimoiy  jihatdan  ishlab  chiqarishda 
muayyan, 
zarur 
o‗zlarining 
irodalariga 
bog‗liq 
bo‗lmagan 
munosabatlarda  ishlab  chiqarish  munosabatlarida  bo‗ladilar,  bu 
munosabatlar 
ularning 
moddiy 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlari 
taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish 
munosabatlarining  yig‗indisi  jamiyatning  iqtisodiy  tuzilmasini,  real 
bazisini  tashkil  etadi,  yuridik  va  siyosiy  ustqurma  shu  real  bazis  ustiga 
quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq 
keladi.  Moddiy  hayotni  ishlab  chiqarish  usuli  umuman  hayotning 
ijtimoiy,  siyosiy  va  ruhiy  jarayonlariga  sababchi  bo‗ladi.  Kishilarning 
ongi  ularning  borlig‗ini  belgilamaydi,  balki  aksincha,  ularning  ijtimoiy 


200 
borlig‗I  ularning  ongini  belgilaydi.  Jamiyatning  moddiy  ishlab 
chiqaruvchi  kuchlari  o‗z  taraqqiyotining  ma‘lum  bosqichida  mavjud 
ishlab  chiqarish  munosabatlariga  yoki  buning  yuridik  ifodasigina 
bo‗lgan  –  mulkchilik  munosabatlariga  zid  bo‗lib  qoladi;  ular  shu 
paytgacha  mazkur  munosabatlar  bag‗rida  rivojlanib  kelgan  edi.  Bu 
munosabatlar  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining  rivojlanish  shakllaridan 
ularning  kishaniga  aylanadi.  Ana  shu  vaqtda  ijtimoiy  inqilob  davri 
boshlanadi.  Iqtisodiy  asos  o‗zgarishi  bilan  butun  bir  g‗oyat  katta 
ustqurmada  ham  ozmi-ko‗pmi  tezlik  bilan  tub  o‗zgarish  yuz  beradi… 
Ayrim  odam  haqida  uning  o‗zi  to‗g‗risidagi  fikriga  qarab  xulosa 
chiqarish mumkin bo‗lmagani singari, bunday o‗zgarish davri to‗g‗risida 
ham  shu  davrning  ongiga  qarab  hukm  chiqarish  mumkin  emas. 
Aksincha,  bu  ongning  sababini  moddiy  hayot  ziddiyatlaridan,  ijtimoiy 
ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasida 
bo‗ladigan  ixtiloflardan  topmoq  kerak…  Burjua  ishlab  chiqarish 
munosabatlari 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
so‗nggi 
antagonistik  shakli  hisoblanadi,…  lekin  burjua  jamiyatining  bag‗rida 
rivojlanayotgan 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlari, 
shuningdek 
bu 
antagonizmni yechish uchun moddiy sharoit yaratadi». 
 
Demak,  K.Marksning  nazariy  konsepsiyasida  ishlab  chiqarish 
shakli  o‗zining  maxsus  xususiyatiga,  o‗zining  ichki  mantig‗iga  ega. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. 
Ishlab  chiqarish  munosabatlari  yig‗indisi  jamiyatning  moddiy  bazisini 
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va 
boshqalar  bog‗liq  bo‗ladi.  Huquq,  siyosat,  din  bazis  tomonidan 
boshqarilib  turiladi.  Ishlab  chiqarish  omillari  yig‗indisi  jamiyatning 
ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  tashkil  etadi.  K.Marks  ishlab  chiqarish 
vositalarini,  eng  avvalo,  mehnat  qurollarini,  mashina  va  asbob-
uskunalarni  industrial  tizimi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning    muhim  
elemendi,  deb  hisoblagan.  Jamiyatning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining 
rivojlanishi  (ya‘ni  hozirgi  zamon  tushunchasida  iqtisodiy  o‗sish)  ishlab 


201 
chiqarish  munosabatlarining  (yoki  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumning) 
takomillashuvini  taqozo  etadi.  U  o‗z  navbatida,  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta‘sir ko‗rsatadi, iqtisodiy o‗sishiga 
imkon  berishi  yoki  to‗sqinlik  qilishi  mumkin.  Ijtimoiy  organizmning 
ikki  tomoni  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqa  juda  murakkab,  ko‗p  qirrali  va 
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi. 
Jamiyatda  amal  qiluvchi  ijtimoiy  qonunlar  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasidagi hamda ideologik 
va  siyosiy  ustqurma  bilan  bazis  o‗rtasidagi  muvofiqlik  tamoyilni 
ifodalab  beradi.  Bunday  muvofiqlik  tamoyilning  amal  qilishi  iqtisodiy 
o‗sishga  olib  keladi,  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  iqtisodiy 
o‗sishiga  to‗sqinlik  qilishi  esa  bunday  tamoyilning  buzilganligini 
bildiradi.  Shu  bois,  K.Marks  fikricha  ular  ijtimoiy  taraqqiyot 
dialektikasiga  muvofiq  o‗z  o‗rnini  boshqa  progressiv  ishlab  chiqarish 
munosabatlariga bo‗shatib berishi kerak. 
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish