Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  sxemasi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  sxemasi.  F.Kenening  «Iqtisodiy 
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o‗zining takror ishlab chiqarish 
sxemasini  ishlab  chiqdi.  A.Smit,  J.B.Sey  ijtimoiy  mahsulotni 
daromadlarga  bo‗lib  (moddiy  sarflarni  mavhumlashtirgan  holda) 
ko‗rsatgan  bo‗lsa,  K.Marksda  esa  ijtimoiy  mahsulot  uch  qismga 
bo‗linadi:  doimiy  kapitalga  (s)  –  moddiy  sarflarga  (amortizatsiya, 
xomashyo,  yoqilg‗i  va  boshqalar  qiymati),  o‗zgaruvchi  kapitalga  (v)  – 
ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar va qo‗shimcha qiymatga(m). 


196 
Takror  ishlab  chiqarish  muammosini  yechib  berishda  K.Marks 
iqtisodiyotni  ikki  bo‗linmaga  bo‗ladi.  I  bo‗linma  ishlab  chiqarish 
vositalarini  ishlab  chiqarish,  II  bo‗linma  iste‘mol  buyumlarini  ishlab 
chiqarish.  Keyin  u  oddiy  va  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish 
o‗rtasidagi  farqni  ko‗rsatib  beradi.  «Oddiy  takror  ishlab  chiqarish» 
o‗zgarmas  bo‗lib,  unda  sof  investitsiya  nolga  teng.  Oddiy  takror  ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o‗zgarmas bo‗lib qolishi uchun qanday shartlar 
bo‗lishi  kerak?  K.Marks  buning  uchun  quyidagi  shartlarni  ko‗rsatib 
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‗linmaning barcha mahsuloti 
har  ikkala  bo‗linmadagi  kapitalni  qoplash  uchun  sarflanishi  kerak:  I 
(c+v+m) = Ic+Iic. Shu bilan birga, II bo‗linma mahsuloti ish haqi fondi 
hamda  mulkdan  keladigan  daromadga  –  sof  milliy  mahsulotga  teng 
(ekvivalent)  bo‗lishi  kerak:  II  (c+v+m)=I  (v+m)+II  (v+m).  Bu  ikkala 
tenglamadan   natijada I (v+m) = Iic kelib chiqadi, ya‘ni I bo‗linmaning 
sof  mahsuloti  II  bo‗linmada  yil  davomida  iste‘mol  qilinggan  kapitalni 
qoplash uchun zarur bo‗lgan talab miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Agar I 
(v+m)>Iic  bo‗lsa,  unda  doimiy  kapitalni  qoplashga  bo‗lgan  investitsiya 
sarflari  amortizatsiya  ajratmalari  miqdoridan  oshib  ketadi,  ya‘ni  sof 
investitsiya  ijobiy  bo‗ladi.  Lekin  amortizatsiya  jamg‗armalari  iste‘mol 
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning 
pasayishini  keltirib  chiqaradi.  Keltirilgan  dalillar  ancha  puxta 
makroiqtisodiy o‗zaro bog‗liqlik borligini tasdiqlaydi. 
 K.Marks  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishni  tahlil  qiladi. 
Uning  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  sxemasini  fan-tarixidagi 
iqtisodiy o‗sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin 
uning  kamchiliklari  yo‗q  emas.  Xususan,  «kengaytirilgan  takror  ishlab 
chiqarish»ning  bir  tekisda  rivojlanib  borishining  shartlarini  aniq 
ko‗rsatib  berilmagan.  Bundan  tashqari  u  sur‘at  o‗zgarmagan  iqtisodiy 
o‗sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa o‗sish Q (mahsulot miqdori) 
da hech qanday o‗zgarish bo‗lishini  taqozo etmaydi. K.Marks ko‗rsatib 
bergan iqtisodiy o‗sishning zarur bo‗lgan shartlari: I bo‗linmaning milliy 


197 
daromadi  ushbu  bo‗linmadagi  ishchi  va  tadbirkorlarning  ehtiyojlarini 
qondirish uchun II bo‗linmadan sotib olinadigan iste‘mol buyumlaridan 
ko‗p  bo‗lishi  kerak  –  milliy  daromadning  bir  qismi  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishga  ketadi,  ya‘ni  I(v+m)>Iis.  Shunday  qilib,  I  bo‗linmaning 
mahsuloti  yil  boshidagi  har  ikkala  bo‗linmaning  ishlab  chiqarish 
vositalariga 
bo‗lgan 
talabidan 
ko‗p 
bo‗lishi 
kerak, 
ya‘ni 
I(c+v+m)>Ic+Iic. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi 
iste‘molga sarflanmaydi, ya‘ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). 
Takror  ishlab  chiqarishning  bunday  talqini  ayrim  masalalarga 
oydinlik  kiritishda  qo‗llanishi  mumkin.  Lekin  u  shu  qadar 
cheklanishlarga 
asoslanganki, 
bu 
undagi 
barcha 
dalillarni 
kuchsizlantiradi.  Yopiq  iqtisodiyot:  barcha  mahsulotlar  «me‘yorli 
bahoda»  sotiladi;  har  ikkala  bo‗linmada  kapital  aylanish  tezligi  bir  xil; 
faqat  kapitalistlar  jamg‗aradi;  texnika  taraqqiyoti  yo‗q;  real  ish  haqi 
doimiy; bir ishchiga bo‗lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan 
tashqari  ikki  bo‗linmadan  iborat  bo‗lgan  model  o‗zgaruvchan  real 
iqtisodiyotni  tahlil  qilishda  ishonchli  vosita  hisoblanmaydi.  Kapital 
buyumlarni ham iste‘mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko‗pchilik 
tarmoqlar – masalan, toshko‗mir qazib olish, transport, ximiya – u yoki 
bu  kategoriya  tushunchasiga  to‗liq  kirmaydi.  Buning  ustiga  bunday 
tarmoqlar ichida kapital va iste‘mol buyumlarini kategoriyalarga bo‗lish 
vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o‗zgarishga qarab o‗zgarib turadi. 
Natijada  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  markscha  shartlari 
deyarli  o‗z  kuchini  yo‗qotadi.  Shunday  bo‗lsada,  tenglama  K.Marks 
tizimida  alohida  o‗rin  tutadi.  U  iqtisodiy  o‗sish  bir  tekisda  borishi 
mumkin  emasligi,  ishlab  chiqarishning  davriy  bo‗lishi  to‗g‗risida  fikr 
yuritishga imkon beradi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish