Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
“Mengez jadvali” 
11.1-jadval 
 




 
 


 






 
 
Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo‗lgach, odam uni A ehtiyojni 
qondirish  uchun  foydalanadi,  negaki  bu  vaziyatda  uning  me‘yorli 
foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum 
birligi  bo‗lsa,  unda  ularning  uchtasini  u  A  ehtiyojni  qondirishga 
ishlatadi,  ikkitasini  –  V  ehtiyojga,  bittasini  esa  –  S  ehtiyojga  ishlatadi. 
Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha 
me‘yorli  foydaliliklarning  yig‗indisi).  Bu  yerda  buyumlarning 


212 
boshqacha  taqsimlanishi  inson  uchun  ancha  kam  qimmatli  bo‗lishini 
bilish qiyin emas. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil 
e‘htiyojlar  o‗rtasida  ratsional  taqsimlanganda  me‘yorli  foydaliliklar 
baravarlashadi: 
Mua = Mub = Mus. 
Bozorda 
tovarlarni 
xarid 
qilishda 
umumiy 
foydalilikni 
maksimallashtirish  uchun  ularning  narxini  ham  hisobga  olish  kerak. 
Bunda xaridor qimmat tovar o‗rniga arzonroq tovarlardan ko‗proq sotib 
olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har 
bir  pul  birligidan  bir  xil  qoniqish  hosil  qilishi  mumkin.  Gossenning 
ikkinchi  qonuni  me‘yorli  foydaliliklarning  baravarlashuvini  ifodalaydi, 
ya‘ni  bu  qonunga  muvofiq  bir  pul  birligiga  olingan  har  bir  tovarning 
me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, 
go‗sht  yoki  baliq  sotib  olishga  sarflangan  har  bir  oxirgi  pul  birligi,  o‗z 
foydaliligi  bo‗yicha  makaron  yoki  kartoshka  sotib  olishga  sarflangan 
oxirgi pul birligiga teng bo‗lishi kerak. 
Iste‘mol  muvozanatining  bunday  shartini  quyidagicha  ifodalash 
mumkin: 
 
3
1
2
1
2
3
...
;
n
n
MU
MU
MU
MU
P
P
P
P


 
 
bu yerda: MU – ayrim tovarlarning me‘yorli foydaliligi;  
P – ularning narxi. 
Shunday 
qilib, 
turli 
tovarlarning 
me‘yorli  foydaliliklari 
tenglashadi.  Agar  1  kg  apelsin  100  so‗m,  1  kg  ananas  esa  300  so‗m 
tursa,  unda  ananasning  foydaliligi  apelsinning  uch  karra  ko‗paytirilgan 
foydaliligiga  teng.  Shunday  taqqoslashga  muvofiq  bozorda  alohida 
tovarlarning  narxlari  o‗rnatiladi,  nisbatlar  shakllanadi,  nisbiy  narxlar 
tashkil  topadi.  Natijada  pul  birligiga  olinadigan  har  bir  tovarlarning 
me‘yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. 
Ijtimoiy  me‟yorli  foydalilik.  Bozorda  har  bir  subyekt  o‗ziga 
keragidan  ortiqcha  tovarlarini  (subyekt  uchun  me‘yorli  foydaliligi 
nisbatan  katta  bo‗lmagan)  sotish  va  o‗zi  ehtiyoj  sezgan  tovarni  (uning 
me‘yorli  foydaliligiga  nisbatan  yuqori)  sotib  olish  yuzasidan  ish 


213 
yuritadi.  Kishilarning  manfaatlari  to‗qnashadi  va  iste‘molchilar  bilan 
sotuvchilarning  subyektiv  baholashi  yagona  ijtimoiy  qiymatni  keltirib 
chiqaradi.  Agar  bozorda  faqat  bitta  sotuvchi  (uning  uchun  sotilayotgan 
tovarning  me‘yorli foydaliligi,  masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta 
(300  pul  birligiga  teng)  xaridor  bo‗lsa,  unda  narx  100  dan  300  gacha 
bo‗lgan  chegarada  tebranib  turadi.  Lekin  bozor  ishtirokchilari  qancha 
ko‗p bo‗lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo‗ladi 
(Edjuort teoremasiga muvofiq). 
E.Bem-Baverk o‗nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot 
bozorini  misol  qilib  keltiradi.  Har  bir  xaridor  o‗zining  yuqori  narx 
chegarasiga  («undan  qimmatiga  olmayman»),  har  bir  sotuvchi  esa  quyi 
narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman») ega (11.2-jadval). Bir ot 
uchun  belgilangan  narx  120  pul  birligi  bo‗lganda  bozorda  10ta  xaridor 
va 2 tagina sotuvchi  qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx 
albatta, ko‗tariladi (xaridorlar o‗rtasida raqobat natijasida). 
 
11.2-jadval 
Me‘yorli foydalilik 
Xaridorlar  









10 
Qimmat 
bo‗lmasin (pul 
birligidan) 
300  280  260  240  220  210  200  180  170  150 
Sotuvchilar  









10 
Arzon bo‗lmasin 
(pul birligidan) 
100  110  150  170  200  215  250  260 
 
 
  
Agar  narx,  masalan,  250  pul  birligi  darajasida  o‗rnatilsa,  unda 
bozorda  7  ta  sotuvchi  va  3  tagina  xaridor  qoladi.  Taklif  talabdan  oshib 
ketadi.  Endi  sotuvchilar  o‗rtasida  raqobat  kelib  chiqadi,  ular  narxni 
pasaytira  boshlaydilar.  Narx  215  pul  birligidan  sal  pastga  tushishi 
bilanoq,  bu  yerda  sotuvchilar  bilan  xaridorlar  soni  tenglashadi  (oltitaga 
oltita). 
Shunday  qilib,  bunday  bozorda  bir  otning  narxi  210  va  215  pul 
birligi o‗rtasida o‗rnatiladi. Ana shu narx faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, 
mazkur  bozordagi  pul  birligiga  nisbatan  otning  me‘yorli  foydaliligini 


214 
ifodalab  beradi:  bu  narxdan  kamiga  hech  kim  sotmaydi,  bu  narxdan 
yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me‘yorli foydalilikdir. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish