223
XII BOB. INSTITUTSIONALIZM YO„NALISHINING
MOHIYATI VA AHAMIYATI
12.1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va asosiy
xususiyatlari
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida dunyoda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‗zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti
keskin o‗zgardi, ilgari ilg‗or bo‗lgan davlatlar 2-o‗rinlarga (Angliya,
Fransiya), nisbatan qoloq bo‗lgan davlatlar esa 1-o‗rinlarga chiqib
olishdi (AQSh, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda
erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan monopolistik (mono-bir)
iqtisodiyotga o‗tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda
olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir qila
boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo‗llash g‗oyasi ilgari
surildi, bu birinchi AQShda ro‗y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha
davlatlar bunday chorani qo‗llaydilar.
Antitrest siyosati yo‗li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy
nazoratning turlicha metod (usul)lari qo‗llanila boshlandi. Ana shu
usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta‘limotlardagi institutsionalizm yo‗nalishi AQSHda XX
asrning 20-30-yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning
oxirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899-y. chiqqan «Bekorchi
sinflar nazariyasi» asari bilan bog‗liq). Bu yo‗nalish nomi lotincha
«instituto» - urf-odat, ko‗rsatma, muassasa so‗zidan olingan va
kapitalizmning imperializm bosqichiga o‗tishi bilan bog‗liq ravishda
ro‗y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning
yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishini erkin raqobatga
asoslangan avvalgi davr ta‘limotlari bilan izohlash mumkin bo‗lmay
qoldi.
224
Bu ta‘limot yo‗nalishi vakillarining fikricha institutlar jamiyat
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib xizmat qiladi. Bu
ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba
uyushmalari va boshqa muassasalar, ya‘ni jamoat ruhining namoyon
bo‗lishi, yurish-turish va o‗ylash usulini xalqning ma‘lum guruhlari
uchun odatiy, an‘anaviy, shuningdek, huquqiy, axloqiy va boshqa
ko‗rinishlarini o‗z ichiga oladi. Bu yo‗nalish mafkurachilarining fikricha
iqtisodiy kategoriyalar bo‗lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda,
savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo‗lishi shaklidir. Demak,
ular obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to‗la tan olmaydilar va
jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm
ma‘lum
ma‘noda
neoklassik
yo‗nalishga
muxolifdir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o‗zini-o‗zi boshqara
oladigan (A.Smit fikri) sistema, deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani),
institutsionalizm
tarafdorlari
iqtisodiyot
rivojlinishining
harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy
kontekstda qaraladigan ma‘naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga
ham bog‗liqdir, deb o‗ylaydilar.
Demak, bu yangi yo‗nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari
suriladi. Shu bilan birga tadqiqot obyektlari, ya‘ni institutlar birinchi
yoki ikkinchi darajali, deb qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi
qo‗yilmaydi.
Bu yo‗nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha
Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o‗xshashlik
mavjud.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy
maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to‗la yakdillik yo‗q. Yangi
yo‗nalish
neoklassiklarning
marjinalizm
g‗oyalariga asoslangan
matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo‗llaydilar.
225
Institutsionalizmga xos bo‗lgan uslubiy xususiyatlar quyida-
gilardan iborat:
1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa,
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasiga
intilish yoki fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch;
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish)
yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o‗tkazishga
chorlash.
Bu
yo‗nalishning
vujudga
kelishi,
shakllanishi
va
evolyutsiyasining ma‘lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen,
J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi
bo‗yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a‘zolari uchun
xos bo‗lgan urf-odat, an‘ana, odob-axloq, instinktlarni o‗rganish bilan
shug‗ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko‗ra yozib borish, qayd
etish uslubi yuqoriroq.
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‗lish
mumkin:
1. 20-30-yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu
davrning bosh mafkurachisi T.Veblen (1857-1920), uni J.R.Kommons
(1862-1945),
Do'stlaringiz bilan baham: |