Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

12.2. T.Veblen g„oyalari 
 
T.Veblen  iqtisodiy  jarayonlarni  shakllangan  an‘analar  sifatida 
tahlil  etadi.  Ana  shunday  an‘anaviy  harakatlantiruvchi  kuchlar  qatoriga 
ota-onalar  his-tuyg‗usi,  usta  instinkti,  ya‘ni  yaxshi  ishlashga  intilish, 
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha dastlabki 
instinkt  avval  oilaga  g‗amxo‗rlikda  namoyon  bo‗ladi,  keyinchalik  esa 
jamiyat  va  butun  insoniyatga  bo‗lgan  g‗amxo‗rlikka  aylanib  boradi. 
Darvinizm  (biologik)  g‗oyalari  iqtisodiyotga  tatbiq  etiladi.  Veblen 
«Bekorchi  sinflar  nazariyasi»  («Teoriya  prazdnogo  klassa»)  kitobida 
quyidagilarni  yozadi:  «Jamiyatdagi  odamning  hayoti  boshqa  turdagi 
hayot  kabi  mavjudlik  uchun  kurashdir  va  demak,  tanlanish  va 
moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolyutsiyasi 


229 
institutlarning  tabiiy  tanlanish  jarayonidir».  Darvinning  tabiiy  tanlanish 
ta‘limoti  ijtimoiy  hodisalarga  mexanik  ravishda  ko‗chiriladi.  Insonning 
ongli  harakatiga  yetarlicha  baho  bermasdan,  odamlarning  yurish-turishi 
g‗ayriixtiyoriy  saboqlar,  instinkt,  fe‘l-atvor  va  odatlar  orqali 
tushuntiriladi.  Jamiyat  rivoji  biologik  qonuniyatlar  bilan  bir  xil,  deb 
qaraladi, proletariatnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga 
darvinistik evolyutsionizm qarama-qarshi qo‗yiladi.  
Veblen  zamonaviy  industrial  texnokratik  konsepsiyalar  asoschisi 
bo‗lib  hisoblanadi.  Industriya  olamiga  alohida  e‘tibor  beriladi  va  unga 
barcha  ishlab  chiqaruvchilar  va  birinchi  navbatda,  muhandislar  va 
ishchilar  kiritiladi.  Industriya  olami  mehnat  unumdorligini  o‗stirish, 
ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh 
maqsad  qilib  qo‗yadi.  Unga  moddiy  ishlab  chiqarish  sotsial  formadan 
butunlay ajratib qo‗yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko‗rsatkichlar, 
masalan,  texnik  asos  darajasi,  malaka,  bilim  va  boshqalar  bilan 
xarakterlanadi. 
Biznes 
olami, 
deganda 

moliyachilar, 
trest 
tashkilotchilari  va  tadbirkorlarni  tushundi.  Uningcha  biznes  imkoni 
boricha  yuqori  foyda  uchun  intiladi  va  shu  sababli  uni  beayov  tanqid 
qiladi,  chunki  turli  moliyaviy  va  kredit  nayranglari,  turli  aksiyadorlik 
jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to‗la bo‗ysundirilgan. Shu sababli 
u sanoatni biznes ta‘siridan «ozod» qilish kerak, deydi. «Industriya» va 
«biznes» nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan 
uning  sotsial-iqtisodiy  shakli  o‗rtasida  bog‗lanish  yo‗q.  Veblen 
industriya  va  biznes  orasida  keskin  qarama-qarshilik  bor,  deb  xato 
qiladi, ana shular kapitalizm illatlarining sababchisi qilib ko‗rsatiladi.  
Insonlarning  iqtisodiy  rag‗bati  avvalo,  qarindoshlik  his-tuyg‗usi, 
bilim  va  bajarilayotgan  ishning  yuqori  sifatiga  instinktiv  intilishdir 
(A.Smit - foyda ketidan quvish).  
Bekorchi  sinflar  to‗g‗risida  fikr  yuritilib,  ularga  «biznes  olami 
odatlari»  to‗g‗risidagi  o‗ziga  xos  xususiyatlar  ko‗rsatiladi.  Ular  uchun 
tovarlarga  alohida  baho  belgilanadi  va  ular  talab  qonunlaridan 


230 
boshqacha bo‗lishi mumkin, deyiladi. Buni «Veblen effekti» deb ataladi 
(bu  fikrda  jon  bor,  boy  mamlakatlarda  boylar  uchun  alohida  do‗konlar 
mavjud).  
Veblen  nazariyasi  jamiyat  sotsial  strukturasi  to‗g‗risida  noto‗g‗ri 
tushuncha  hosil  qiladi,  jamiyat  sinflarga  ajratilmaydi,  ishchilar  va 
muhandislar  yagona  sanoatchilar  guruhiga  kiritiladi,  sinfiy  kurash 
tushunchasi esa umuman yo‗q.  
Mavjud tizimni o‗zgartirish to‗g‗risida gapirib, bu masalani Veblen 
ilmiy-texnika  inqilobini  kuchaytirish,  hokimiyatni  texnik  intelligensiya 
qo‗liga  berish  bilan  hal  etishni  taklif  qiladi.  Buning  uchun  barcha 
injener-texnik  xodimlar  umumiy  ish  tashlashlari  kerak,  shunda 
tadbirkorlar ularning shartlariga ko‗nishga majbur bo‗ladilar. Kapitalizm 
transformatsiyasi  «texniklar  kengashi»  vositasida  bajariladi,  hozirgi 
zamon jamiyatida intelligensiyaning roli birinchi o‗ringa qo‗yiladi, ya‘ni 
biznes olamini injiner- texnik intellegensiya yenga oladi.  
Sanoat  mutaxassislari  yagona  sinf  sifatida  qaraladi  va  bu  sinfning 
asosiy  maqsadi  texnikadan  foydalanishni  takomillashtirishdir.  Demak, 
Veblen yangi jamiyatni «texnokratik» ko‗z bilan ko‗radi va kapitalizmni 
saqlab qolish yo‗lini taklif etadi.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish