Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
 
 
 


205 
 
 
IV BO„LIM. XIX ASR OXIRI – XX ASRLARDA IQTISODIY 
TA‟LIMOTLAR 
 
XI BOB. MARJINALIZM TA‟LIMOTI VA NEOKLASSIK 
IQTISODIY MAKTABLAR 
 
11.1. Marjinalizm va me‟yorli foydalilik nazariyasi 
 
XIX  asrning  70-yillariga  kelib  klassik  siyosiy  iqtisod  o‗rniga 
iqtisodiy fanda yangi subyektiv yo‗nalish vujudga keldi va iqtisodiy fan 
taraqqiyotida  katta  o‗zgarish  yuz  berdi.  O‗sha  davrda  iqtisodiy 
jarayonlarni tahlil qilishga yangicha subyektiv yondashuvga asos solgan 
(bir-biridan  mustaqil  holda)  uch  iqtisodchining  asarlari  birdaniga 
vujudga  keldi.  Ular  ingliz  iqtisodchisi  Stenli  Jevons  (1835–1882)
avstriyalik  Karl  Menger  (1840–1921),  Shveytsariyada  yashagan 
fransuz  Leon  Valras  (1834–1910)lar  edi.  Ularning  tahlili  asosida 
ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  jarayoni  (taklif)  emas,  balki  talabning 
shakllanishi,  tovar  va  xizmatlarning  foydaliligi  tadqiqoti  yotadi. 
Subyektiv  yo‗nalish  vakillarining  tadqiqotidagi  asosiy  dastak  bu 
me‘yorli  (marginal)  tahlil  bo‗lib,  mazkur  maktabning  nomi  ham 
(marjinalizm)  shundan  kelib  chiqqan.  F.Vizer,  E.Bem-Baverk, 
A.Marshall,  K.Viksell  va  ko‗plab  boshqa  atoqli  iqtisodchilar 
marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar.  
Me‘yorli  tahlil  hanuzgacha  iqtisodiy  fanda  keng  qo‗llanib 
kelinmoqda. 
Metodologiya. Iqtisodiy jarayonlarni subyektiv – psixologik metod 
asosida  tahlil  qilish  marjinalizm  nazariyasiga  xos.  Iqtisodiy  hodisa  va 
jarayonlar  kishilar  psixologiyasining  subyektiv  talqiniga  asoslanib 
tushuntirib  beriladi.  Masalan,  klassiklar  bo‗yicha  tovar  qiymati 
kishilarning  ongi  va  xohishiga  bog‗liq  bo‗lmagan  obyektiv  miqdor 


206 
hisoblansa,  marjinalistlar  bo‗yicha,  qiymat  subyektiv  talqin,  istak, 
hissiyot  bilan  aniqlanadi.  Marjinalizmning  asosiy  kategoriyalari: 
me‘yorli  foydalilik,  me‘yorli  unumdorlik,  me‘yorli  xarajatlar  va 
boshqalar.  Bu  nazariya  ishlab  chiqarish  xarajatlarini,  talab,  taklif,  narx 
va boshqalarni subyektiv baho berish asosida tushuntiradi. 
Bozor xo‗jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli 
resurslardan  har  birining  me‘yorli  foydaliligiga  baho  bergan  holda  eng 
keraklisini tanlaydi. Iste‘molchi o‗zining cheklangan daromadlari orqali  
cheksiz ehtiyojlarini ko‗proq qondiradigan qilib tovarlarni sotib olishga 
taqsimlaydi.  Demak,  marjinalizm  nazariyasi  markazida  o‗z  foydasini 
maksimallashtirishga  intiluvchi  firma  (ishlab  chiqaruvchi)  va  xarid 
qilingan  ne‘matlardan  maksimal  naf  olishga  intiluvchi  alohida 
iste‘molchi turadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish