Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Foyda va foyda me‟yori. K.Marksning foyda nazariyasining o‗ziga 
xos  xususiyati  shundan  iboratki,  daromadning  bu  turi  tadbirkorlarning 
har  qanday  daromadi  singari  ishchi  kuchini  ekspluatatsiya  qilish 
natijasida  vujudga  keladigan  qo‗shimcha  qiymatning  tashqi,  ya‘ni 
o‗zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda D.Rikardodan farqli o‗laroq, gap 
nafaqat  foyda  me‘yori  to‗g‗risida,  balki  uning  qo‗shimcha  qiymat 
me‘yoridan farqi, o‗ziga xosligi to‗g‗risida boradi. «Avanslangan butun 
kapitalning  mahsuli  bo‗lib  ko‗ringan  qo‗shimcha  qiymat  foydaning 
o‗zgargan shakliga kiradi». 
«Kapital»ning  I  jildi  mazmuniga  ko‗ra  korxonalarda  yoki 
iqtisodiyot  tarmoqlarida  o‗zgaruvchi  kapital  va  mehnatning  hissasi 
qancha  ko‗p  bo‗lsa,  qo‗shimcha  qiymat  miqdori  shuncha  ko‗p  bo‗ladi, 
lekin  kapitalning  uzviy  tuzilishi  qancha  yuqori  bo‗lsa,  ya‘ni 
korxonalarning  mexanizatsiyalashuvi  yoki  tarmoqlarning  mashina  va 
asbob-uskunalar  bilan  qurollanish  darajasi  yuqori  bo‗lsa,  qo‗shimcha 
qiymat  miqdori  shuncha  kam  bo‗ladi.  «Kapital»ning  III  jildida  esa 
K.Marks 
«qo„shimcha  qiymat  me‟yori»  va  «foyda  me‟yori» 
tushunchalarining  farqini  bilishni  tavsiya  etadi.  Agar  birinchisi  uning 
tomonidan qo‗shimcha qiymatning o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbati 
sifatida ko‗rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‗shimcha qiymatning «o‗zgargan 


193 
shakli»  to‗g‗risida  borar  ekan)  qo‗shimcha  qiymatning  jami  kapitalga, 
ya‘ni o‗zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‗lgan nisbati sifatida qaraladi. 
K.Marks  ta‘limotiga  binoan  foyda  me‘yori  pasayishga  moyil. 
Bunday  moyillik,  uningcha  Rikardo-Mill  ko‗rsatib  berganidek, 
demografik  omillar  va  tuproq  unumdorligining  pasayishi  «qonuni» 
keltirib  chiqaradigan  hayotiy  zaruriy  mahsulotlar  bahosining  oshishi 
sababli  emas,  balki  kapitalning  uzviy  tuzilishidagi  umumiy  kapitalda 
o‗zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. 
Bundan  tashqari  «qo‗shimcha  qiymat  me‘yori»  va  «foyda 
me‘yori»  tushunchalaridan  foydalangan  holda,  K.Marks  erkin  raqobat 
sharoitidagi  bozor  iqtisodiyoti  xo‗jalik  mexanizmi  «sir-asrorlarini» 
yaxshi  tushunganligini  namoyish  etdi.  Masalan,  qo‗shimcha  qiymat 
nazariyasi «mantig‗i» bo‗yicha ish kuni qancha uzun bo‗lsa, qo‗shimcha 
qiymat massasi va ekspluatatsiya me‘yori shuncha yuqori bo‗lishi kerak. 
Lekin  «qo‗shimcha  ish  vaqtini»  uzaytirish  yo‗li  bilan  qo‗shimcha 
qiymatni  ko‗paytirish  usulini  K.Marks  yaxshi  va  to‗g‗ri  usul  deb 
hisoblamaydi. «Absolyut qo‗shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul 
boshqa  barcha  sharoitlar  bir  xil  bo‗lganda  ortiqcha  xarajatlarni  keltirib 
chiqarishi,  har  bir  ish  soati  unumini  pasaytirishi  mumkin,  ishchilar 
noroziligining  muqarrarligi  to‗g‗risida  gapirmasa  ham  bo‗ladi.  Buning 
ustiga  «Kapital»  muallifi  ish  kunining  faqat  oxirgi  soatida  kapitalist 
uchun  foyda  yaratiladi,  degan  N.Seniorning  «oxirgi  soat  nazariyasini» 
qattiq  tanqid  qildi.  Uning  tasdiqlashicha  zaruriy  ish  vaqtining 
qisqarishiga  qaramasdan,  mehnat  unumdorligining  oshishi  «nisbiy 
qo‗shimcha  qiymatni»  olib  kelgach,  bir  vaqtning  o‗zida  qo‗shimcha 
qiymat  me‘yorining  pasayish  tendensiyasini  kuchaytiradi.  Shunday 
bo‗lsada, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me‘yorini ko‗paytirishga 
intiladi.  «Foyda  me‘yori,  deb  yozadi  K.Marks,  –  kapitalistik  ishlab 
chiqarishni  harakatlantiruvchi  kuchdir;  foyda  olib  ishlab  chiqarish 
mumkin bo‗lgan narsagina ishlab chiqariladi». 


194 
Foyda  me‘yori  hamisha  qo‗shimcha  qiymat  me‘yoridan  kam 
bo‗ladi.  Buning  sababi  shundaki,  uni  hisoblaganda  qo‗shimcha  qiymat 
butun  kapitalga  nisbatan  olinadi,  qo‗shimcha  qiymat  me‘yorini 
hisoblaganda  esa  qo‗shimcha  qiymatning  faqat  o‗zgaruvchi  kapitalga 
bo‗lgan nisbati olinadi. Chunki qo‗shimcha qiymat, K.Marks ta‘limotiga 
ko‗ra faqat o‗zgaruvchi kapitalning funksiyasi hisoblanadi. 
«Yuqori  uzviy  tuzilishdagi»  kapital  (ya‘ni  doimiy  kapitalning 
o‗zgaruvchi  kapitaldan  ko‗pligi  o‗rtacha  ijtimoiy  me‘yordan  oshiq 
bo‗lsa)  o‗rtachadan  kamroq  foyda  me‘yori  beradi.  «Past  uzviy 
tuzilishdagi»  kapital  esa  o‗rtachadan  oshiqroq  foyda  me‘yorini  beradi. 
Kapital  o‗rtasidagi  raqobat,  kapitalning  erkin  sur‘atda  bir  tarmoqdan 
ikkinchi  tarmoqqa  (kam  foyda  beradigan  tarmoqdan  yuqori  foyda 
beradigan  tarmoqqa)  oqib  o‗tishi  har  ikki  holda  ham  o‗rtacha  foyda 
me‘yorini  keltirib  chiqaradi.  Muayyan  jamiyatdagi  barcha  tovarlar 
qiymati  miqdori  tovarlar  bahosining  miqdoriga  to‗g‗ri  keladi.  Lekin 
ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta‘siri ostida o‗z qiymati bilan emas, 
balki ishlab chiqarish bahosi» bilan sotiladi.  
«Ishlab  chiqarish  bahosi  sarf  qilingan  kapital,  plyus  o‗rtacha 
foydani o‗z ichiga oladigan bahodir». 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish