Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
10.2. K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi 
 
Karl  Marks  klassik  siyosiy  iqtisodni  yakunlovchilardan  biri 
sifatida  iqtisodiy  ta‘limotlar  tarixida  yorqin  iz  qoldirdi.  U  1818-yil  5-
mayda  Germaniyaning  Trir  shahrida  tug‗ilgan.  Uning  otasi  advokat, 
yahudiy  bo‗lib,  1824  yilda  protestantlikni  qabul  qilgan.  Oilasi 
davlatmand,  madaniy  oila  bo‗lgan.  K.Marks  Trir  shahrida  gimnaziyani 
tamomlagandan 
so‗ng 
dastlab, 
Bonndagi 
so‗ngra 
Berlindagi 
universitetga  kirdi,  yuridik  fanlarni,  tarix  va  falsafani  o‗rgandi.  1841-
yilda  Epikur  falsafasi  to‗g‗risida  universitet  dissertatsiyasini  topshirib, 
kursni bitirdi. 
1842-yili K.Marks Bonnga ko‗chib keldi va shu yilning oktabrida 
«Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‗ldi va Bonndan Kyolnga ko‗chib 
o‗tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqealar sodir bo‗ldi: u muharrirlik 
qilgan  gazeta  yopildi,  nemis  baronining  qizi  Jenni  Fon  Vestfalenga 
uylandi, Parijga ko‗chib o‗tdi. 
Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, 
falsafani  chuqur  o‗rganishning  boshlanish  davri  bo‗ldi.  U  G.Geyne, 
P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‗stlashdi. 
 
K.Marks  1845–1848-yillari  Bryusselda  bo‗ldi.  O‗sha  yillari 
F.Engels bilan hamkorlikni davom  ettirgan holda  «Nemis idealogiyasi» 
va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga 
Kyoln  shahriga  keldi  va  «Yangi  Reyn  gazetasi»ga  rahbarlik  qildi.  U 
o‗zining  gazetasida  1849-yili  «Yollanma  mehnat  va  kapital»  asarini 
chop  etdi.  Shundan  so‗ng  Germaniyadan  surgun  qilindi  va  boshqa  bu 
yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u  yerda bir oz vaqt 
turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu 
yerda  yashadi.  Aynan  Londonda  yashagan  davrlarda  K.Marks  o‗zining 
ko‗p  sonli  asarlarini,  jumladan,  hayotining  mazmunini  tashkil  etgan 


187 
―Kapital‖ni  yozdi.  K.Marksning  iqtisodiy  konsepsiyalari  asosan  uning 
ushbu  mashhur  asarida  berilgan.  Uning  bu  asari  to‗rt  jilddan  iborat 
bo‗lib,  birinchi  jild  1867-yili  nashr  etildi,  ikkinchi  va  uchinchi  jildlar 
K.Marks  o‗limidan  keyin  F.Engels  tomonidan  (ikkinchi  jild  1885-yil, 
uchinchi  jild  1894-yil)  chop  etildi.  To‗rtinchi  jild  tugallanmasdan  qolib 
ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan. 
Kapital  ishlab  chiqarish  jarayoni  «Kapital»ning  birinchi  jildining 
mazmunini  tashkil  etadi.  Ikkinchi  jildda  kapitalning  muomala  jarayoni 
tadqiq etiladi. Uchinchi jildda yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish 
jarayoniga  tavsif  beriladi.  To‗rtinchi  jild  («Qo‗shimcha  qiymat 
nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan. 
K.Marks  «Kapital»ga  yozgan  so‗zboshida:  «Asarimning  tub 
maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining 
iqtisodiy  qonunini  ochib  berishdir»,  –  deydi.  Ushbu  tarixiy  jihatdan 
muayyan  jamiyatning  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  va  bu 
munosabatlarning paydo bo‗lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz 
tutishini  ko‗rsatib  berish  K.Marks  iqtisodiy  ta‘limotining  mazmunini 
tashkil  etadi.  Kapitalistik  jamiyatda  tovar  ishlab  chiqarish  umumiy  tus 
olgan,  shu  sababli  K.Marksning  tadqiqoti  ham  tovarni  tahlil  qilishdan 
boshlanadi. 
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish