Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Uchinchidan,  pirovard  maqsadlar  va  ularga  erishish  usullari 
orasida  aniq  farq  o‗tkazilishi  zarur.  Odamlar  maqsad  sifatida  qaralishi 
kerak bo‗lsa-da, unga erishish usullari yoddan chiqmasligi kerak. Yalpi 
milliy  mahsulotning  (YaMM)  o‗sishi  ko‗pgina  insoniy  farovonlik 
ko‗rsatkichlari  o‗sishining  muhim  omilidir.  Ammo  iqtisodiy  o‗sishning 
xarakteri  va  taqsimlanishi  odamlar  hayotini  boyitishga  nisbatan 
o‗lchanishi zarur.  
To„rtinchidan,  insoniy  rivojlanish  faqat  iqtisodiyotni  emas,  balki 
butun  jamiyatni  qamrab  oladi.  Siyosiy,  madaniy  va  ijtimoiy  omillarga, 
iqtisodiy omillarga kabi e‘tibor beriladi.  
Beshinchidan,  odamlar  rivojlanishning  maqsadi  va  erishish  omili 
ekanligi  tan  olinadi.  Odamlar  materialistik  mashina  uchun  qulay  yem 
emas, balki rivojlanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo‗lishi 


313 
kerak.  Odamlar  tovar  ishlab  chiqarishning  «insoniy  kapital»  niqobi 
ostidagi quroli emasligi ko‗zda tutilishi kerak.  
Xo‗sh,  mamlakatning  insoniy  rivojlanish  darajasi  qanday 
baholanadi?  Bu  muammoning  zamonaviy  yechimlariga  bir  oz 
to‗xtalamiz.  Mamlakatning  rivojlanganlik  darajasini  baholashning 
yaqingacha  yagona  usuli  jon  boshiga  YaMM  bo‗lganligi  sababli 
mukammalroq  ijtimoiy-iqtisodiy  ko‗rsatkichni  kashf  qilish  davr  talabi 
edi.  Izlanishlar  natijasida  insoniy  rivojlanish  indeks  (IRI)  ko‗rsatkichi 
kashf  etildi.  IRI  inson  rivojlanish  darajasini  ko‗rsatuvchi  uch  asos  - 
umrboqiylik, 
ta‘lim 
va 
yashash 
darajalaridan 
iborat 
integral 
ko‗rsatkichdir. Uzoq  umr ko‗rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali 
o‗lchanadi.  Ta‘lim  darajasi  ko‗rsatkichning  2/3  qismini  tashkil  etuvchi 
katta  yoshlilar  savodxonligi  va  1/3  qismini  hosil  qiluvchi  ta‘limning 
o‗rtacha  davomiyligi  ko‗rsatkichlari  orqali  ifodalanadi.  Yashash 
hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki RRR - «purchasing 
power  parity»)  ga  nisbatan  to‗g‗rilangan  jon  boshiga  real  yalpi  ichki 
mahsulot  (YaIM)  orqali  baholanadi.  Nimaga  faqat  uch  ko‗rsatkich?  - 
degan  savol  tug‗ilishi  tabiiy.  Inson  hayotining  hamma  jabhalarini  aks 
ettirish  a‘lo  bo‗lar  edi.  Ammo  ma‘lumotlarning  to‗liq  emasligi  bir  oz 
cheklanishlar  tug‗diradi  va  bu  ma‘lumotlarga  ega  bo‗linganda,  balki 
ularni  ham  hisobga  olish  ayni  muddao  bo‗lar  edi.  Ammo  ko‗proq 
ko‗rsatkichlarni  qo‗shish  har  doim  ham  yaxshiroq  natijalarga  olib 
kelavermaydi.  Ularning  ba‘zi  birlari  ishlatilayotgan  ko‗rsatkichlar  bilan 
korrelyatsiya qilingan bo‗lishi mumkin. Bolalar o‗limi darajasi, masalan, 
kutilayotgan hayot davomiyligida o‗z aksini topgan. O‗zgaruvchilarning 
ko‗proq  sonini  qo‗shish  umumiy  manzarani  xiralashtiradi  va  asosiy 
yo‗nalishlardan chalg‗itadi.  
Insoniy  rivojlanish  tushunchasi  so‗nggi  yillarda  barqaror 
rivojlanish  g‗oyasi  bilan  to‗ldirildi.  Buning  ma‘nosi  shuki,  hozirgi 
avlodning insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi 
hisobiga  ro‗y  bermasligi  darkor.  Barqaror  rivojlanish  konsepsiyasi 


314 
dastlab,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  harakati  tomonidan  kiritildi,  bu 
harakat  namoyandalari  rivojlanish  tushunchasi  «avlodlar  o‗rtasidagi 
munosabatlar» kabi g‗oyani ham o‗z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. 
Tabiiy  resurslarning  kamayib  borishi  kelajak  avlodlar  rivojlanishi 
muammolarini  keltirib  chiqarishi  mumkin.  «Barqaror  rivojlanish» 
konsepsiyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo‗llanilishi 
mumkin  bo‗lmay,  balki  insoniy  imkoniyatlar,  «insoniy  kapital»ga 
qo‗yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir.  
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan izchil targ‗ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik 
«Insoniy rivojlanish bo„yicha hisobotlar» (Human Development Report
ko‗rinishida  chop  etilmoqda.  1988-yilda  boshlangan  o‗n  yillik  BMT 
Taraqqiyot  Dasturi  tomonidan  barqaror  ijtimoiy  rivojlanish  o‗n  yilligi, 
deb e‘lon qilingan. Bu o‗n yil davomida ijtimoiy masalalarning ko‗pgina 
jabhalariga 
tegishli 
o‗nta  butunjahon  anjumanlari  o‗tkazilishi 
mo‗ljallangan.  1995-yil  mart  oyida  Kopengagenda  o‗tkazilgan  oliy 
martabali  ijtimoiy  rivojlanish  konferensiyasi  va  1995-yil  sentabr  oyida 
Pekinda 
o‗tkazilgan 
ayollar 
muammolariga 
bag‗ishlangan 
konferensiyalar (1995-yilgi «Insoniy rivojlanish bo‗yicha hisobot» erkak 
va  ayollar  orasida  tenglikka  erishish  masalalariga  bag‗ishlangan)  ana 
shular  jumlasidandir.  Har  ikkala  anjumanda  o‗ta  muhim  zamonaviy 
masalalarga  javob  topishga  harakat  qilindi.  Xususan,  Kopengagen 
anjumanida  160  ga  yaqin  davlat  boshliqlari  ishtirok  etdi  (unda 
Respublikamiz Brinchi Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda 
Butunjahon  Ijtimoiy  Deklaratsiyasi  qabul  qilindi  va  harbiy  sohaga  sarf 
qilinayotgan harajatlarni insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish 
yo‗llari muhokama qilindi.  
1995-yildan boshlab BMT Taraqqiyot Dasturi milliy darajada ham 
«Insoniy  rivojlanish  bo‗yicha  hisobot»larni  nashr  qilishda  yangi 
mustaqil mamlakatlarga ko‗mak bera boshladi.  


315 
O‗zbekistondagi  ijtimoiy  rivojlanish  konsepsiyasining  asosini 
aynan  inson  va  uning  manfaatlari  tashkil  etadi.  U  insonni  pirovard 
maqsad  va  rivojlanish  asosi,  deb  qaraydi.  Hozirgi  davrdagi  mavjud 
konsepsiyalar 
xoh 
markazlashtirilgan 
iqtisodiyotda 
moddiy 
mahsulotning  yoki  bozor  iqtisodiyotida  ichki  mahsulotning  o‗sishi 
bo‗lsin  tovar  ishlab  chiqarishni  eng  asosiy  maqsad,  deb  bilgan.  Undan 
tashqari, bu asosiy maqsad, ya‘ni jon boshiga tovar ishlab chiqarishning 
o‗sishi, jismoniy kapitalni jamg‗arish hisobiga erishilgan. Ya‘ni eskicha 
fikrlash  doirasida  qo‗shimcha  o‗sish  pirovard  maqsad  bo‗lsa, 
investitsiyalar esa unga erishish vositasi hisoblangan.  
Har  qanday  jamiyatlarning  rivojlanishida  ularning  bir  holatdan 
boshqasiga o‗tish davrlari eng mushkul, og‗ir bo‗lib hisoblanadi. Bu bir 
hayot  tarzining  buzilishi  va  yangisining  yaratilishi  vujudga  keladigan 
siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  harakatlardagi  murakkabliklar  bilan 
bog‗liq.  
Jamiyatni bunday tubdan o‗zgartirish beozor o‗tishi mumkin emas. 
Bu  o‗sish  istar-istamas  yuzlab  va  minglab  odamlar,  oilalar,  milliy  va 
jamoat  guruhlari,  butun  davlatning  ijtimoiy  ahvoli,  moddiy  farovonligi, 
taqdirlariga daxldor bo‗ladi.  
O‗zbekiston  hukumati  islohotlarning  insonlar  hayoti  va  farovonligiga 
salbiy ta‘sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi iqtisodiy va 
ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗lini tanladi.  
O‗zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa bu 
bozor 
islohotlarini 
o‗tkazishda  jadallashtirishga  asos  bo‗lgan 
makroekonomik  barqarorlikni  ta‘minlashdir.  Chunki  bu  aholi  turmush 
darajasini  yetarli  ta‘minlashning  tabiiy  asosini  tashkil  etuvchi  kelgusi 
iqtisodiy  o‗sish  zaminidir.  Masalaning  murakkabligi  shundaki, 
makroekonomik 
siyosatning 
kuchaytirilishi 
sharoitida 
ijtimoiy 
ehtiyojlarga  xarajatlarni  keskin  kamaytirishga  yo‗l  qo‗yilmasligi  kerak, 
chunki  insoniy  resurslarga  qo‗yilgan  mablag‗lar  ularning  kelajakda 
barqaror  rivojlanish  asosigina  bo‗lib  qolmay,  hozirgi  davrda  osoyishta 


316 
ijtimoiy  sharoitning  kafolotlanishini  ham  ta‘minlaydi.  O‗zbekiston 
uchun  bu  juda  muhimdir,  chunki  u  qo‗shni  mamlakatlarda  harbiy 
to‗qnashuvlar  davom  etayotgan  mintaqada  joylashgan.  Davlat  o‗tish 
davrining  murakkabliklarini  hisobga  olgan  holda  o‗z  oldiga  aholining 
iste‘mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik,  mavjud 
ta‘lim  tizimini  qo‗llab-quvvatlash,  aholini  sog‗liqni  saqlash  xizmatlari 
bilan  ta‘minlash,  yangi  bozor  munosabatlari  sharoitlariga  moslashishi 
qiyinroq  bo‗lgan  aholi  qatlamlarini  qo‗shimcha  ijtimoiy  yordam  bilan 
ta‘minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o‗z ijobiy 
kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o‗zi va oilasi uchun yaxshi 
hayotni ta‘minlashi uchun sharoit yaratish vazifasini qo‗ygan.  
O‗tishning  dastlabki  bir  necha  yilida  talay  qiyinchiliklar  qayd 
etildi, ammo Hukumat iqtisodiy va ijtimoiy siyosat yurgizish yo‗li bilan 
aholini  tushkunlik  sharoitida  shak-shubhasiz  ro‗y  beradigan  asosiy 
larzalardan himoya qila oldi.  
Mamlakat  shuningdek,  boy  tabiiy  resurslardan  foydalanishning  puxta 
o‗ylangan  yondashuvi  asosida  kattagina  mablag‗larni  jalb  qilishga 
erishdi.  Natijada  ishlab  chiqarishning  pasayishi  MDH  mamlakatlariga 
nisbatan ancha kam bo‗ldi, 1996 yildan o‗sish boshlandi. Undan tashqari 
davlat  ishlab  chiqarish  hajmlari  pasayishiga  qaramay,  aholini  ish  bilan 
ta‘minlashning  yuqori  darajasiga  erishish  uchun  barcha  tadbirlarni 
qo‗lladi.  Ishlab  chiqarishning  pasayishi  va  inflyatsiyaning  ko‗tarilishi 
tufayli  real  ish  haqi  keskin  pasaydi,  ammo  respublika  ijtimoiy  qo‗llab-
quvvatlashning  keng  qamrovli  hukumat  dasturi  yo‗li  bilan  aholining 
iste‘mol darajasini qo‗lladi.  
Albatta,  aholini  qo‗llovchi  keng  qamrovli  dasturni  uzoq  vaqt 
mobaynida  ta‘minlash  qiyin  masala  hisoblanadi.  Ammo  islohotning 
dastlabki  bosqichida  bu  madad  kelajakda  islohotlarning  amalga  oshishi 
uchun  siyosiy  va  iqtisodiy  barqarorlikni  saqlash  va  milliy  birdamlikka 
erishishda nihoyatda muhimdir. Respublika amalda muhim ustunliklarga 


317 
ega  va  oqilona  iqtisodiy  siyosat  amalga  oshirilganda  o‗tishni 
muvaffaqiyatli yakunlashi aniq.  
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish