Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


  16.6. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 


311 
16.6. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi 
 
Keyingi 
davrda 
BMT 
tomonidan 
«Insoniy 
rivojlanish 
konsepsiyasi»  ilgari  surildi.  Undagi  qoidalar  respublikamiz  uchun  ham 
nihoyatda ahamiyatlidir. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning 
ko‗payishi  va  insoniy  farovonlikning  yaxshilanishi  orasidagi  aloqani 
aniqlashda  muhim  xizmatni  ado  etadi.  Bunday  bog‗lanish  nafaqat 
iqtisodiy  o‗sishning  miqdoriga,  balki  sifati  va  qanday  taqsimlanishiga 
ham bog‗liq. Iqtisodiy o‗sish va odamlar hayoti orasidagi bog‗lanish oqil 
siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to‗lovlar, daromad va aktivlarni qayta 
taqsimlashga  qaratilgan  fiskal  siyosat  orqali  yaratilishi  kerak.  Bunday 
bog‗lanish  qashshoqlikni  kuchaytiruvchi  avtomatik  tarzda  ishlovchi 
bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mavjud  bo‗la  olmaydi.  Ammo  biz  ehtiyot 
bo‗lishimiz  kerak.  Daromad  ko‗payishi  bilan  insonlar  hayotining 
yaxshilanishi  orasidagi  avtomatik  bog‗liqlikni  inkor  etish  iqtisodiy 
o‗sishni inkor qilish emas. Iqtisodiy o‗sish kambag‗al jamiyatlar uchun 
qashshoqlikni  kamaytirish  va  umuman  yo‗qotishda  juda  muhim.  Lekin 
bunday  o‗sish  sifatining  ahamiyati  uning  hajmidan  muhimroq.  Oqilona 
milliy  siyosat  iqtisodiy  o‗sishni  odamlar  hayotini  yaxshilashga  o‗gira 
olishi  kerak.  Buni  qanday  qilib  amalga  oshirish  mumkin?  Bu  iqtisodiy 
va  siyosiy  hokimiyatda  katta  strukturaviy  o‗zgarishlarni  talab  qilishi 
mumkin, bu sohada insoniy rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir. U 
ko‗p mamlakatlarda amaldagi hokimiyat tizimini qayta ko‗rib chiqishni 
talab  etadi.  Iqtisodiy  o‗sish  va  odamlar  farovonligi  orasida 
bog‗liqlikning  kuchayishi  ko‗p  vaqt  talab  etuvchi  yer  reformasi, 
soliqlarning 
progressiv 
tizimi, 
asosiy 
ijtimoiy 
yordamning 
kuchaytirilishi,  uni  barcha  muhtoj  aholiga  yetib  boradigan  qilish, 
odamlarning  iqtisodiy  va  siyosiy  faoliyatlari  yo‗lidagi  to‗siqlarning 
yo‗qotilishi  va  ularning  boylikka  ega  bo‗lish  huquqini  tenglashtirish, 
bozor  iqtisodiyoti  bilan  bog‗liq,  iqtisodiy  va  siyosiy  sa‘y-harakatlardan 
eng  ko‗p  ozor  chekishi  mumkin  bo‗lganlarga  vaqtinchalik  ijtimoiy 
xavfsizlik  tizimini  joriy  qilish  kabi  bir  qancha  chora-tadbirlarni  talab 


312 
etishi  mumkin.  Bunday  siyosiy  faoliyat  fundamental  va  har  bir 
mamlakat  uchun  farqlidir.  Ammo  ba‘zi  bir  xususiyatlar  hamma 
mamlakatlar uchun umumiy.  
Birinchidan,  inson  muammolari  markaziy  muammoga  aylanadi. 
Rivojlanish  odamlar  farovonligining  oshishi  nuqtayi  nazaridan  tahlil 
qilinadi  va  tushuniladi.  Har  qanday  faoliyat  unda  qancha  odam 
qatnashganligi  va  foydalanganligi  nuqtayi  nazaridan  tahlil  qilinadi. 
Rivojlanish  siyosatining  muvaffaqiyatli  bo‗lishining  burilish  nuqtasi 
sifatida  ishlab  chiqarishning  ko‗payishi  emas,  balki  insonlar  hayotining 
yaxshilanishi olinadi.  
Ikkinchidan,  insoniy  rivojlanish  ikki  tomondan  iborat  ekanligi 
nazarda tutiladi. Birinchisi - yaxshi sog‗liq, salomatlik, chuqur bilim va 
hunarlar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi bo‗lsa, ikkinchisi - ish bilan 
ta‘minlanganlik,  ishlab  chiqarish  faoliyati,  siyosiy  faoliyat  va  hordiq 
chiqarish kabi erishiladigan qobiliyatlarga ega bo‗lish yo‗lidagi odamlar 
dunyoqarashini  oshirishdir.  Bu  ikkala  tomon  me‘yorining  insoniy 
rivojlanish  tomonidan  tartiblanmaganligi  insonlar  rejalarining  talafotida 
o‗z aksini topadi.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish