Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 L.Erxardning iqtisodiy islohotlari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
14.6. L.Erxardning iqtisodiy islohotlari 
 
1.  G‗arbda  neoliberal  yo‗nalish  tarafdorlari  ichida 
Lyudvig  Erxard  (1897–1977)  alohida  ajralib 
turadi. Uning bevosita ishtirokida 1950-yilga kelib 
G‗arbiy  Germaniya  krizis  holatidan  olib  chiqildi 
va  unda  pul  va  iqtisodiy  islohotlar  amalga 
oshirildi.  L.Erxard  –  iqtisodchi  va  yangi  xo‗jalik 
tartibi  asoschisi  hisoblanadi.  1945-yilning  oxirida 
Bavariya  iqtisodiyot  vaziri  etib  tayinlangan 
L.Erxard  Germaniya  iqtisodiyoti  «jiddiy  tuzil-
maviy  qayta  qurishga  muhtoj»  deb  ko‗rsatib  beradi  va  real  vaziyatdan 
kelib chiqqan holda to‗g‗ri ish yuritish zarurligini uqtirib o‗tadi. 
Uning  takidlashicha,  bozor  iqtisodiyotidan  rejali  iqtisodiyotga 
o‗tish  asosiy  muammo  hisoblanmaydi,  chunki  «balanslashuvga  moyil 
iqtisodiyotdan  qaytish  oson»,  ammo  «rejali  iqtisodiyotni  erkin  bozor 
xo‗jaligiga  aylantirish  juda  katta  qiyinchiliklar  bilan  bog‗liq»,  chunki 
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan o‗tish davrisiz, 
erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin. 
Urushdan  keyingi  Germaniya  iqtisodiyoti  juda  qiyin  ahvolga 
tushib  qolgan.  Ishlab  chiqarish  quvvatining  uchdan  ikkisi  ishlamasdi. 
Narxlar  muttasil  oshib  borgan,  mamlakatda  «qora  bozor»  hukmronlik 
qilgan.  Aholining  qo‗lidagi  pul  vositalari  milliy  mahsulot  miqdoridan 
deyarli o‗n barobar ortiq bo‗lgan. 
Birinchi  chora-tadbir  1948-yili  iyunda  o‗tkazilgan  pul  islohoti 
bo‗ldi  va  u  bir  butun  Germaniya  iqtisodiyotini  isloh  qilishda  katta  rol 
o‗ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayotganlari 
bilan almashtirish birga (yangi marka) o‗n (eski marka) nisbatda amalga 


268 
oshirildi.  Ish  haqi,  pensiya,  kvartira  haqi  to‗lash  birga  bir  nisbatida 
amalga oshirildi. 
Har  bir  kishi  qirq  markadan  oldi.  Almashtirishdan  keyin  qolgan 
pulning  bir  qismi  maxsus  schyotlarda  muzlatib  qo‗yildi.  Bank  tizimi 
isloh  qilindi.  Ko‗rilgan  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  yangi  inflyatsiya 
kelib  chiqishining  oldini  oldi:  dastlab  eski  valyutani  yangi  valyutaga 
almashtirish  kursi  amalda  bir  yangi  marka  o‗n  besh  eski  markani 
tashkil  etdi.  Pirovard  natijada  pul  massasi  (naqd  mablag‗lar  va  bank 
depozitlari) 14 martadan ko‗proq kamaydi. 
Islohot  puxta  tayyorlangan  bo‗lib,  u  keskin  va  izchillik  bilan 
o‗tkazildi. Islohotni tayyorlash va o‗tkazish ikki yilga yaqin davom etdi. 
Narx-navoning  oshishi  taxminan  olti  oy  ichida  to‗xtatildi.  1950-yil 
boshiga kelib ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. 
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning 
asosiy  sababi  saqlanib  qolingan  moddiy  bazaning  mavjudligi,  nisbatan 
arzon  ishchi  kuchi,  aholining  qondirilmagan  talabining  ishlab 
chiqarishga faol ta‘sir ko‗rsatishi bo‗ldi. Moliya va pul-kredit tizimining 
barqarorlashuvi  muvaffaqiyatga  erishishning  zarur  shart-sharoiti 
hisoblandi. 
Keyin 
AQSh 
va 
G‗arbdagi  boshqa  rivojlangan 
mamlakatlarning  moliyaviy  va  moddiy  jihatdan  qo‗llab-quvvatlashi 
islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga turtki bo‗ldi. 
Iqtisodiy  yordam 
Marshall  rejasi  bo‗yicha  amalga  oshirildi,  shuningdek,  oziq-ovqat, 
yoqilg‗i,  urug‗lik,  o‗g‗it  boshqa  yo‗llar  bilan  ham  yetkazib  turildi. 
Germaniya  iqtisodiyotiga  Amerika  transporti  va  Amerika  armiyasining 
boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan Yevropa qayta  
tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi. 
Hukumatning  boshqaruv  tizimini  o‗z  qo‗lida  ushlab  turishi,  o‗z 
vaqtida  iqtisodiy  kursni  o‗zgartira  bilishi  ham  muhim  ahamiyat  kasb 
etdi.  Garchi  o‗zining  iqtisodiy  liberalizmga  moyilligini  yashirmagan 
bo‗lsa  ham,  L.Erxard  «sof»  liberal  bo‗lgan  emas.  U  tanlab  olingan 
yo‗ldan  og‗ib  ketmaslik  uchun  davlat  dastaklaridan  keng  foydalandi. 


269 
Davlat  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirayotgan  tarmoqlarni,  ayniqsa, 
toshko‗mir 
sanoatini, 
metallurgiya, 
elektroenergetikani 
qo‗llab-
quvvatladi.  Investorlarga  va  tadbirkorlarga  soliq  imtiyozlari  yaratilib 
berildi. 
L.Erxard  va  uning  hamkasblari  tomonidan  olib  borilgan  islohot 
Germaniya  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  shart-sharoit  yaratib  berdi.  U 
iqtisodiy  qo‗llanmalarga  kiritildi  va  qarorlarni  realizatsiya  qilish,  qayta 
tashkil etish vositalari va metodlaridan samarali foydalanish uchun qulay 
paytni topish namunasi sifatida qaraladi. 
Shu  bilan  birga  hech  bir  namuna  real  shart-sharoitlarni,  maxsus 
xususiyatlarni  hisobga  olmagan  holda  universal  yechim  yoki  tayyor 
sxema vazifasini o‗tashi mumkin emas. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish