Pol Antoni Samuelson (1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab
1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy
ta‘limotlarning asosiy yo‗nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‗girildi.
Ma‘lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta‘limotlarida uch
asosiy: 1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‗nalishlar
mavjud bo‗lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod
qilgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat
xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan
281
ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishni (masalan,
milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‗zi zimmasiga olish kerak,
degan fikrga rozi bo‗lganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok
juda kam darajada bo‗lishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal
qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan
tashqari ko‗p muammolarga bozorning ta‘siri unchalik o‗tavermasligini
sezdi. Qo‗shmcha oqibatlar, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, sanoatning atrof-
muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta‘sir
etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o‗z
zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o‗z kuchidan
foydalanishi kerak.
Samuelson eng kam ish haqi to‗g‗risidagi qonunni daromadlar
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb
hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida
qo‗llab-quvvatlaydi. Uning fikricha hozirgi davr iqtisodchilari
«neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal
siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi
daromadning darajasini aniqlash bo‗yicha mavjud makroiqtisodiyot
bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‗lom fikirlarni
jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida
A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‗lgan iqtisodiy ta‘limotlar mohiyati
tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu‘s,
D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va
siyosatchilar gipnoz holatida bo‗lgan, bunga asosiy sabab «sanoat
inqilobi»
bo‗lib,
bir
qancha
g‗oyalar,
ayniqsa,
T.Maltus,
D.Rikardolarning aholi o‗sishi bilan daromadlar pasayishi to‗g‗risidagi
fikrlari chippakka chiqdi.
XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‗nalish paydo
bo‗lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‗oyalari.
282
Ayniqsa,
neoklassik
yo‗nalishda
matematik
usullarning
keng
qo‗llanilishi,
talab,
foydalilik,
umumiy
iqtisodiy
muvozanat
masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo‗lib qoldi.
A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida
matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib
keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga
ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar
ta‘sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‗rsata boshlaganligi
ta‘kidlanadi. 2-jahon urushidan so‗ng ishlab chiqarish nihoyatda tez
o‗sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta‘kidlanadi.
Ammo, deb ta‘kidlaydi olim hali bizni to‗la bandlik va mo‗tadil
baholar o‗rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan,
M.Fridmenning monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu
olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to‗rtta deb
hisoblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3. Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‗rt g‗ildiragi» deb yuritiladi.
E‘tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‗yilgan. Haqiqatan ham
inson bo‗lmasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya,
GFR ...).
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi
va yalpi milliy mahsulot o‗rtasidagi bog‗lanish tahlil etilgan. Laffer
effekti bo‗yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma‘lum
miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa
davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham,
283
istiqbolda jamg‗armalar, investitsiya va daromadlar ko‗payishi tufayli
byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‗zgarishlari iqtisodiyotga
ta‘sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‗i chizilgan.
Unga ko‗ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar
ortavermaydi. Aksincha, shunday ma‘lum chegara borki, undan ortiq
soliq stavkasi byudjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar
xo‗jalik faoliyatiga bo‗lgan qiziqishni (rag‗batni) kamaytiradi va ishlab
chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma‘lum hollarda
soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‗sishigagina
emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o‗sishiga ham olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |