Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
14.5. V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida 
 
Valter  Oyken  (1891–1950)  o„zining  “Milliy 
iqtisodiyot  asoslari”  (1947)  kitobida  xo‗jalikni 
tashkil  etish  shakllarining  asosiy  tiplarini  (turlarini) 
ko‗rsatib  beradi.  Mazkur  kitobning  ―Iqtisodiy 
tizimlar‖ 
bobida 
―xo‗jalikning 
ideal 
tiplari‖ 
to‗g‗risidagi  g‗oya  ilgari  suriladi.  Uning  mohiyati 
V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: 
har  qanday  mamlakatning  iqtisodiyoti  juda  ko‗p  bir 
xil  elementlardan  tashkil  topgan,  ya‘ni  pul,  baho,  foyda,  kapital,  foiz, 
mehnat,  ish  haqi  va  shu  kabilar.  Nega  bo‗lmasa  turli  mamlakatlarning 
iqtisodiyoti  turlicha?  V.Oyken  bo‗yicha  buning  sababi  bosh 
elementlarda  yashiringan.  Bunday  elementlar,  bir  tomondan  bu  erkin 
bozor  xo‗jaligi,  ikkinchi  tomondan  –  markaziy  boshqaruv  xo‗jaligi 
hisoblanadi.  Bu  bosh  elementlar  ideal  yoki  sof  xo‗jalik  tiplari 
hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo„yicha bir-biridan farq qiladi
Birinchi  xo‗jalik  tipida  buyruq  berishga,  o‗z  hukmini  o‗tkazishga  hech 
kimning  haqi  yo‗q.  Ikkinchisida  –  barcha  qarorlar  yuqoridan  qabul 
qilinadi. Demak, o‗z-o‗zidan yuzaga kelish holatlari bo‗lmaydi. 
V.Oykenning  keyinchalik  qayd  qilishicha  real  voqelikda  bunday 
ideal  xo‗jalik  tiplari  amal  qilmaydi.  Shuning  uchun  ―xo‗jalikning  ideal 
tipi‖  tushunchasi  bilan  birga  u  iqtisodiy  hayotda  doimo  amal  qiladigan 
―xo‗jalikning real tipi‖ tushunchasini kiritadi. 


266 
Lekin  har  xil  iqtisodiy  tizim  xo‗jalikning  ideal  tipiga  intiladi.  Bu 
yerda  xo‗jalik  tiplari  nima  bilan  aniqlanadi,  degan  savol  tug‗iladi? 
Buning  sababi,  V.Oykenning  fikricha  mamlakatning  milliy-mintaqaviy 
xususiyatlariga,  ya‘ni  an‘ana,  urf-odat,  axloq,  din,  madaniyat  darajasi, 
odamlar  ongining  shakllanishi  va  shu  kabilardan  kelib  chiqadi. 
Boshqacha  aytganda,  xo‗jalik  tiplari  xalqning  o‗z  tanloviga  bog‗liq. 
V.Oykenning fikriga ko‗ra ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi, 
totalitar  davlatlar,  shu  jumladan,  sotsialistik  iqtisodiyot  markazdan 
boshqariladigan xo‗jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo‗lsa, 
u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. 
Bunday 
vaziyatda 
davlat 
o‗zini  qanday  tutishi  kerak? 
Neoklassiklar  nuqtayi  nazariga  ko‗ra  bozorni  tanlash  –  tabiiy  jarayon, 
chunki  ular  iqtisodiyotning  faqat  bir  tipini  -  erkin  bozor  xo‗jaligini  tan 
oladi.  V.Oyken  bo‗yicha  esa  insoniyat  uchun  iqtisodiyotning  ikki  tipi 
tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‗jaligi o‗zining amal qilishida hatto ancha 
uzoq  tarixiga  ega.  Shuning  uchun  xalqning  xo‗jalik  tipini  tanlashida 
davlat  uning  istagiga  quloq  solishi,  ijtimoiy  institutlarni  tashkil  etishda 
yordam  berishi  kerak.  Masalan,  agar  bozor  bo‗lmasa,  bozorni  tashkil 
etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining 
o‗yin  qoidalarini  kuzatib  borishi  kerak.  Bu  yerda  neoliberallar  futbol 
komandasini  misol  tariqasida  ko‗rsatadi.  Ularning  nuqtayi  nazariga 
ko‗ra  davlat  bu  futbol  hakami,  neoklassiklar  esa  davlatni  hakamsiz 
ko‗cha futbol komandasiga o‗xshatishadi. 
 
Neoliberallar  fikriga  ko‗ra  ular  iqtisodiy  tizimni  tanlash 
to‗g‗risidagi  ta‘limotni  shakllantirdi.  Agar  neoklassiklar  sotsialistik 
tizimni ko‗zi bog‗langan, ertami-kechmi o‗raga qo‗lab tushadigan tizim 
sifatida  tarixning  qisqa  muddatli  xatosi,  deb  hisoblagan  bo‗lsalar, 
neoliberallar  esa,  markaziy-boshqaruv  xo‗jaligini  iqtisodiyotning  tabiiy 
varianti,  deb  hisoblaydi.  U  (iqtisodiyot)  istibdod  tartibotidan  kelib 
chiqqanku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon va b.). Shuning 
uchun  neoliberallar  fikriga  ko‗ra,  markaziy-boshqaruv  xo‗jaligi 


267 
tarixning  xatosi  hisoblanmaydi,  balki  uzoq  tarixga  ega,  o‗zida  erkin 
tadbirkorlik  unsurlarini  albatta,  mujassamlashtiruvchi  qonuniyatli 
jarayon hisoblanadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish