Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Jon Styuart Mill 
(1806-1873yy.



153 
hisobga olgan holda A.Smitning ―Xalqlar boyligi ...‖ va D.Rikardoning 
―Siyosiy iqtisodning boshlanishi‖ning yangilangan variantini yaratishni 
o‗ziga  maqsad  qilib  qo‗ygan.  Asarning  ushbu  yuqoridagi  ko‗rinishda 
tuzilishi  esa  muallifning  fikricha  Smit-Rikardo  iqtisodiy  nazariyalarini 
izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy 
bilimlarni  tizimlashtirdi  va  ommalashtirdi,  balki  uning  tomonidan  bir 
qator  qoidalar  rivojlantirildi  va  ularga  aniqlik  kiritildi,  xulosa  va 
yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi. 
J.S.Mill  siyosiy  iqtisodni  boylikning  mohiyatini,  uni  ishlab 
chiqarish  va  taqsimlash  qonunlarini  tadqiqot  qiluvchi  fan  sifatida 
ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha taqsimot tarixiy xarakterga ega 
bo‗lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi. 
Garchi  J.S.  Mill  yuksak  darajada  iqtisodiy  nazariyaning  eksperti 
(mutaxassisi)  bo‗lishiga  qaramay  u  o‗zining  aqliy  qobiliyatini 
iqtisodiyotchilarni  qiziqtirgan  odatdagi  muammolaridan  ko‗ra  ancha 
kengroq  ijtimoiy  masalalarga  yo‗naltirdi.  Jamiyatda  insonlar  rolini 
yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham 
atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimistik (kelajakka ishonchsizlik) 
fikrlari  o‗rniga  jamiyatni  rivojlantirish  borasidagi  optimizm  (kelajakka 
ishonch)ni  ilgari  surdi.  Uning  ta‘lim  doirasi  keng  bo‗lishiga  qaramay 
Millning  fikrlariga  asosan  klassik  iqtisodiyotdagi  otasi  Mill,  David 
Rikardo,  Adam  Smit  va  Benxamning  ta‘limotlari  tasir  ko‗rsatgan.  Mill 
iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko‗rinishi sifatida qaraydi. 
Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi. 
Jon  Styuart  Millning  iqtisodiy  ta‘limotlar  rivojidagi  o‗rnini 
aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng 
doirada  fikrlay  olishi  klassik  iqtisodchilar  ta‘limotlarini  o‗zgartirishga 
sabab  bo‗ldi.  Uning  iqtisodiy  fikrlari  bir  vaqtning  o‗zida  klassik 
iqtisodiyotning 
yetuklik 
davri 
hamda 
iqtisodiy 
g‗oyalarning 
rivojlanishidagi  yangi  davrning  boshlanishi  hisoblanadi.  Uning  ikki 
yildan  kamroq  vaqtda  yozilgan  ―Siyosiy  iqtisod  tamoyillari‖  asari 
birinchi  marta  1848-yilda  nashr  qilindi.  Kitobni  yozish  uchun  Mill 
tomonidan  qisqa  vaqt  sarflangan  bo‗lsada,  kitobda  uning  iqtisodiy 


154 
qarashlari  yaxshi  yoritilishi  bilan  bir  qatorda  ushbu  fanda  hal  qilinishi 
kerak bo‗lgan bir necha  muammolar  mavjudligi ta‘kidlab o‗tilgan. Mill 
Rikardo  ta‘limotini  yanada  aniqlashtirish  hamda  bu  ta‘limotlarga  19-
asrning ikkinchi chorigida paydo bo‗lgan yangi ta‘limotlarni qo‗shishni 
o‗zining  asosiy  vazifasi,  deb  hisoblagan.  U  talab  va  taklifni  tahlil 
qilishni  rivojlantirish  bilan  birga  xalqaro  savdo  nazariyalarini 
rivojlantirishga hissa qo‗shgan buyuk tafakkur egasi bo‗lgan.  
Jon  Styuart  Mill  o‗zining  ―Siyosiy  iqtisod  tamoyillari‖  (1848  y) 
asarida  (D.Rikardo  tomonidan  1817-yilda  ―Siyosiy  iqtisodning 
boshlanishi va soliqqa tortish‖ asari nashridan so‗ng boshlangan kuchli 
tanqidlardan)  D.  Rikardoning  iqtisodiy  ta‘limotlaridagi  muhim 
g‗oyalarini  qutqarishga  harakat  qilgan.  Millning  asarlari  uning 
g‗oyalarini  eng  yuqori  nuqtaga  yetganligi  bilan  ajralib  turadi,  chunki 
uning  asarlarida  klassik  iqtisodiy  ta‘limotning  qaytadan  ko‗rib  chiqishi 
hamda  Rikardo  ta‘limotlarini  saqlash,  uning  asosiy  kamchiliklarini 
bartaraf  etilishini  ko‗rishimiz  mumkin.  Millni  iqtisodiyotga  qo‗shgan 
hissasini  aytishdan  oldin,  Rikardoning  ko‗plab  tanqidlaridan  bir 
nechtasiga  Millning  bergan  javoblarini  tahlil  qilish  zarur.  Ular  uchta 
asosiy manbaga asoslangan.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish