Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) 
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir 
paytda  iqtisodchilar  uchun  aholining  ko‗payishi  muammosi  dolzarb 
hisoblanar  edi,  ular  aholi  sonining  oshib  ketishining  dahshatli 
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda 
homiladorlikdan  saqlanish  vositalaridan  foydalanishni  taklif  qila 
boshladilar.  Bu  xulosalar  aholining  homiladorlikdan  saqlanish 
vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi 
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari o‗sha 
davrdagi  yetakchi  iqtisodchilarining  ko‗pchiligi  homiladorlikdan 
saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‗lishgan, lekin 
ular o‗z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‗lishgan. 
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‗oyasi 
muhim  element  hisoblanadi.  Rikardo  iqtisodning  asosiy  maqsadi 
daromadning  taqsimlanishini  belgilovchi  omillarni  izohlashi  kerak, 
degan fikrga ega bo‗lgan va u ayniqsa uzoq vaqt oralig‗ida daromadning 
taqsimlanishiga  ta‘sir  eta  oluvchi  kuchlarga  qiziqish  bildirgan.  U  bu 
muammoni  daromad  taqsimlanishi  qoldiq  qiymati  nazariyasi  bilan  hal 


148 
qilishga  harakat  qilgan.  Yer  uchun  to‗lanadigan  renta  miqdori  ijara 
haqini  belgilab  beradi:  daromadning  qolgan  qismi  ish  haqi  va  foydani 
tashkil  etadi.  Bu  vaziyatda  Maltusnning  ―Nufus  qonuni‖dagi  g‗oyalari 
asosiy  rol  o‗ynaydi.  Uzoq  davom  etadigan  vaqt  mobaynida  ish  haqi 
darajasi  Maltus  ta‘limotiga  ko‗ra  aholining  yashash  darajasi 
minimumiga  teng  bo‗ladi  va  qolgan  daromad  ijara  haqi  va  foydaga 
bo‗linadi.  Shunday  qilib,  Rikardoning  taqsimot  nazariyasi  Maltusning 
aholi  nazariyasiga  butunlay  bog‗liqdir.  1830-yilning  ikkinchi  yarmiga 
kelib,  Rikardoning  iqtisodiy  ta‘limotlarini  rad  etuvchi  ko‗plab  g‗oyalar 
ilgari  surildi.  Bu  g‗oyalar  o‗sha  vaqtlarda  Rikardo  ta‘limotining  asosiy 
g‗oyasi  bo‗lmish  uzoq  muddatga  mo‗ljallangan  davrda  daromadlar 
taqsimotidagi o‗zgarishlarni tushuntirishga ojizlik qildi.
19
  
T.Maltusning yozishicha uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha 
bironta  mamlakat  o‗z  hududida  aholi  zichligi  juda  oshib  ketganidan 
o‗zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash imkoniyatiga ega 
bo‗lmagan.  Eng  avvalo,  tabiiy  muhit  imkoniyatlari  bilan  aniqlanuvchi 
iqtisodiyot  o‗zining  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  doirasidan  chetga 
chiqishga qodir emas.  
T.Maltus  o‗z  nazariyasini  asoslab  berishda  tuproq  unum-
dorligining  pasayib  borish  konsepsiyasidan  foydalangan.  Agar  bitta  yer 
uchastkasining  o‗ziga  ustma-ust  mehnat  sarflansa,  u  xuddi  shunday 
nisbatda  hosildorlikning  o‗sishiga  olib  kelmaydi,  chunki  hosildorlik 
faqat  mehnatga  emas,  balki  tuproqning  tabiiy  unumdorligiga  ham 
bog‗liq bo‗ladi. U berishi  mumkin bo‗lgan narsadan ortiqchasini undan 
olib  bo‗lmaydi.  Hisoblab  chiqqach,  T.Maltus  xulosa  qiladi:  insoniyat 
qancha  harakat  qilmasin,  qishloq  xo‗jaligidan  u  oladigan  oziq-ovqat 
mahsulotlari  miqdori  faqat  arifmetik  progressiyada  o‗sadi  (eslatib 
o‗tamiz,  arifmetik  progressiyada  o‗sish  1,2,3,4,5  ...  ko‗rinishda,  ya‘ni 
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), 
aholining  soni  esa  geometrik  progressiyada  o‗sadi  va  25  yilda  ikki 
barobar  ko‗payadi  (eslatib  o‗tamiz,  geometrik  progressiyada  o‗sish 
                                                           
19
 
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 175-176-b.
 


149 
1,2,4,8,16  ...  ko‗rinishda,  ya‘ni  har  bir  keyingi  son  oldingisidan  2 
barobar  ko‗p  bo‗ladi).  Agar  yer  aholisi  asr  boshida  1  mlrd.  bo‗lsa,  asr 
oxiriga  kelib  u  8  mlrd.ni  tashkil  etadi,  yashash  vositalari  esa  to‗rtdan 
birga ko‗payadi. 
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta‘limotlar ichida eng qayg‗ulisi, eng 
ma‘yusi  hisoblanadi.  T.Maltusdan  keyingi  davrdagi  iqtisodchilar  uning 
xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun 
odamlarga  tuproq  unumdorligini  oshirish,  T.Maltus  tasavvur  qila 
olmagan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  imkonini  yaratib 
beruvchi  fan-texnika  yutuqlari  asos  bo‗ldi.  Amerika  iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tasdiqlashicha insonning ijodkorligi va uning mevasi – 
texnik 
jarayon 
planetadagi 
aholining 
har 
qanday 
o‗sishini 
kompensatsiyalashi  va  uning  yuqori  hayot  darajasini  ta‘minlashi 
mumkin.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish