Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi 
D.Rikardo  eng  avvalo,  qiymat  nazariyasiga  alohida  e‘tibor 
qaratdi.  Bu  kategoriyani  talqin  qilishdagi  noaniqlikni  tugatish, 
D.Rikardo  bo‗yicha  siyosiy  iqtisod  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu 
muammoni  ko‗rib  chiqishda  u  A.Smit  xulosalariga  asoslandi  va  ularni 
tanqidiy  rivojlantirishga  harakat  qildi.  D.Rikardo  A.Smitning  mazkur 
kategoriyaga bo‗lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab 
chiqarishga  sarflangan  mehnat  bilan  aniqlanishi  kerakligini  yozadi.  U 
qiymat birlamchi,  shu bois daromadlar bilan  aniqlanishi  mumkin emas, 
deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‗zini qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdori ekanligini namoyish etadi. 
Qiymatni  bunday  sarfli  tamoyil  asosida  tadqiq  qilish  klassik 
iqtisodiy  maktabining  boshqa  vakillariga  ham  xos.  Lekin  D.Rikardoda 
e‘tiborga  molik  jihat  shundaki,  u  ayrim  hollarda  tovar  qiymati  nafaqat 
unga  sarflangan  jonli  mehnat  bilan,  balki  kapital  va  xomashyo  ishlab 
chiqarish  uchun  ketgan  oldingi  mehnat  sarflari  bilan  ham  aniqlanishini 
qayd qilib o‗tadi.  Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati 
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi. 
Umuman  olganda,  D.Rikardo  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
qiymatning  mehnat  nazariyasi  sarfli  tamoyillarga  asoslangan.  Uning  bu 
nazariyasini  birinchi  bo‗lib  tanqid  qilgan  o‗zining  do‗sti  T.Maltus 
hisoblanadi.  U  birinchidan,  savol  qo‗yadi:  agar  qiymatning  mehnat 
nazariyasini to‗g‗ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‗lash qanday 
bo‗ladi: qiymat bo‗yichami yoki qiymatdan past baho bo‗yichami? Agar 
baho  qiymatdan  past  bo‗lsa,  unda  ekvivalentli  ayirboshlash  tamoyili 
buziladi  (foydaliligi  har  xil,  lekin  bir  xil  qiymatga  ega  bo‗lgan  tovarlar 
ayirboshlanadi)  bu  klassik  iqtisodiy  nazariyaning  va  D.Rikardoning 
asosiy  tamoyili.  Ikkinchidan,  T.Maltus  qiymatning  mehnat  nazariyasi 
real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‗rsatib beradi: agar qiymatning 
yagona  manbayi  haqiqatdan  ham  mehnat  bo‗lsa,  unda  mehnat  ko‗p 
sarflanadigan  tarmoqlardagi  tadbirkorlar,  kapital  ko‗p  sarflanadigan 
tarmoqlardagi  tadbirkorlarga  nisbatan  ko‗proq  foyda  olishlari  kerak. 
Amaliyotda  esa  barcha  tarmoqlarda  foyda  me‘yori  deyarli  bir  xil. 


144 
Demak,  D.Rikardo  nazariyasi  xato,  tovar  qiymati  faqat  mehnat  bilan 
emas,  balki  boshqa  ishlab  chiqarish  omillari  sarflari  bilan  ham 
aniqlanadi,  deb  xulosa  qiladi  T.Maltus.  D.Rikardo  o‗limidan  sal  avval, 
o‗zining  qiymat  faqat  mehnat  sarflari  bilan  o‗lchanadi,  deb 
tushuntirishga qilgan harakati noto‗g‗ri ekanligini tan olgan. 
Renta  nazariyasi.  D.Rikardoning  renta  to‗g‗risidagi  konsepsiyasi 
bugungi  kunda  ham  o‗z  faolligi  bilan  ajralib  turadi.  Yerdan 
foydalanganlik  uchun  hamisha  renta  to„lanadi,  bunda  uning  manbayi, 
D.Rikardoning tasdiqlashicha yerga sarflangan mehnat hisoblanadi. 
Yer  resurslari  cheklanganligi  sababli  xo‗jalik  amaliyotida 
unumdorligi va joylashishi bo‗yicha har xil bo‗lgan yer uchastkalaridan 
foydalaniladi.  Buning  natijasida  qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarining 
qiymati,  D.Rikardo  bo‗yicha  eng  yomon  uchastkada  ishlatiladigan 
mehnat sarflari bilan aniqlanadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish