Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

\
6
.
2

D astlabki va k ey in g i m erk an tilizm nin g 
o ‘ziga x o slig i
Dastlabki  merkantilizm  buyuk  geografik  kashfiyotlardan  oldin 
paydo  bo‘ldi va XVI asming o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning 
asosiy  vakillari  Uilyam  Stafford  (1554-1612)  (Angliya),  Gaskar 
Skaruffi  (1519-1584)  (Italiya)  va  boshqalar  hisoblanadi.  Dastlabki 
merkantilizm  «pul  balansi»  siyosatini  olib  borgan.  Bu  siyosat  pul 
muomalasini,  tashqi  savdoni  ma’muriy  yo‘l  bilan  qattiq  tartibga  solish 
asosida mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan (mamlakat 
puli  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  u  shuncha  boy  hisoblangan).  Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va 
uni  chetdan  olib  kelish  yo‘lini  qidirdi.  Dastlabki  merkantilistlar  tashqi 
savdoda  ijobiy  saldoga  erishish  uchun  quyidagilar  maqsadga  muvofiq, 
deb hisobladilar:
-  eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘matishni;
-  tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
-   mamlakatdan  oltin  va  kumushning  oqib  chiqib  ketishiga  yo‘l 
qo‘ymaslikni.
Dastlabki  merkantilizm  davrida  hukumat  xorijiy  savdogarlami 
ulaming  pulini  mahalliy  pulga  almashtirish  va  ko‘proq  tovar  sotib 
olishga  qiziqtirish  maqsadida  ataylab  chaqalami  buzib,  ulaming 
qiymatini  pasaytirish  bilan  shug‘ullangan.  Keyinchalik  tovar-pul 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
tashqi 
savdoning 
kengayishi 
merkantalistlaming 
boylik 
muammosiga 
bo‘lgan 
qarashini 
o‘zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asming ikkinchi yarmidan XVII asming 
ikkinchi  yarmigacha  bo'lgan  davmi  o‘z  ichiga  oladi.  (Uning  asosiy 
vakillaridan biri  ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy 
sanoat  va  savdoni  rivojlanishining  davlat  tomonidan  rag‘batlantirilishi 
sababli,  mamlakatlar  o‘rtasida  savdo  aloqalari  keng  va  muntazam 
rivojlana  boshladi.  Dastlabki  merkantilistlaming  «pul  balansi»  o‘miga
86


keyingi  merkantilistlaming  «savdo  balansi»  nazariyasi  kelib  chiqdi. 
«Savdo  balansi»  nazariyasi  (yoki  yetuk  merkantilizm)  Angliyada  keng 
tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlami 
mamlakatdan  tashqariga  pul  chiqarishni  man  etgani,  importni  haddan 
tashqari  cheklagani  uchun  tanqid  qildi.  Ulaming  fikricha  hukumatning 
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi -  mamlakatda imkoni boricha 
ko‘proq pul  mablag‘larini jamg‘arish emas,  balki  aktiv  savdo  balansiga 
erishishdir  (eksportning  importdan  ustun  bo‘lishi).  Eksport  va  import 
o‘rtasidagi farq (ijobiy saldo) -  mamlakat boyligining o‘sishidir. Demak, 
real boylik b u - «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullami, ya’ni 
pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar  fikriga  ko‘ra  savdoning  muqobil  balansiga  erishish 
uchun  davlat  eksportni  rag‘batlantirib  importni  ta’riflar,  kvotalar, 
subsidiya  va  soliqlar  orqali  ishga  solishi  kerak.  Mahsulot  ichki 
iqtisodiyotda  hukumat  aralashuvi  orqali  rag‘batlantirilishi  va  xorijiy 
savdo orqali boshqarilishi lozim.
Xorijdan  manufaktura  tovarlarining  keltirilishi  arzon  xomashyolar 
importini,  ulami  tovar  eksporti  uchun  ishlatilishi  kabilar  himoya 
majburiyatlari hisoblangan.
Merkantilistlar  savdo  balansi  mohiyati  va  tabiati  o‘rtasidagi 
nomutanosibliklar  haqida  fikr  yuritishgan.  Shunisi  aniqki,  ko‘pgina 
merkantilistlar  davlat  boyligi  tovar,  iste’mol  yoki  ishlab  chiqarishda 
emas,  balki  qimmatbaho  metallarga  egaligida,  deb  fikr  yuritishgan. 
Qimmatbaho  metallaming  ishlab  chiqarilishi  savdo  balansini  o‘matadi, 
degan  fikmi  o‘rtaga  tashlaydi.  Ulaming  qarashlariga  ko‘ra  xalqaro 
savdoning umumiy  balansi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ya’ni  Angliya 
va  Hindiston  savdo  balansi  bir-biriga  mos  kelmasligi  mumkin,  biroq 
Hindistonda  import  qilingan  arzon  xomashyolardan  Angliyada  eksport 
qilinadigan  tovarlar  manufakturasi  uchun  foydalanilishi  mumkin. 
Shunday  masalalardan  biri  qimmatbaho  metallar  yoki  eksport  bilan 
bog‘liq,  ilk  merkatilistlar  yombilar  eksporti  qat’iyan  taqiqlanishi
87


kerakligini  tavsiya  qilishgan.  Keyinchalik  yozuvchilar  agar  yombi 
eksport  tovarlari  uchun  xomashyo  sotib  olish  maqsadida  ishlatilsa,  u 
savdo 
balansi  uchun  o‘rinli  bo‘lishi  mumkin,  degan  farazni  taklif 
etishgan.
Shulardan kelib  chiqqan holda keyingi merkantilizm  vakillari  aktiv 
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
-  tashqi bozorlami nisbatan arzon tovarlar sotish yo'li bilan egallash 
hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
-   mamlakatda  faqat  aktiv  savdo  balansini  saqlab  turgan  holda, 
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
-   qulay  savdo  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  oltin  va  kumushni 
chetga  chiqarish,  pirovard  natijada  mamlakatda  ulaming  massasini 
ko‘paytirish.
Pulning  tovarli  mohiyatini  tan  olsada,  uning  qimmatini  keyingi 
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb 
qaradilar.  Ammo  aynan  ular  metallistik  nazariyadan  pulning  miqdoriy 
nazariyasiga  va  monometallizm  tizimiga  o‘tishga  sabab  bo‘lgan.  Agar 
dastlabki  merkantilistlar  pulning  jamg‘arish  funksiyasini  asosiy,  deb 
bilgan  bo‘lsalar,  keyingi  rivojlangan  merkantilistlar  -   muomala 
funksiyasini  asosiy  hisobladilar.  Keyingi  merkantilistlaming  ishonchiga 
ko‘ra,  pulning  qimmati  uning  miqdoriga  nisbatan  teskari  bogiiqlikda, 
tovarlar  bahosi  darajasi  esa  pul  miqdoriga  to‘g‘ri  mutanosiblikda 
bo'ladi.  Ular pul  takliflning ko‘payishi  unga bo‘lgan talabni  oshirgach, 
savdoni rag‘batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.
Dastlabki  merkantilistlar  Yevropaga,  ayniqsa,  Ispaniyaga  yangi 
Dunyodan  oqib  kelgan  yirik  miqdordagi  qimmatbaho  metallar 
mohiyatiga e’tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlami 
inobatga  olishmadi  va  iqtisodiyotda  pulning  o‘mi  haqida  tahliliy 
g‘oyalarini  rivojlantira  olishdi.  Pul  miqdori  va  narxlaming  umumiy 
bosqichi  o‘rtasidagi  aloqa  1569  -  yilda  fransuz  olimi  Jiyn  Bodin 
tomonidan  taqdim  etilgan.  U  16  -   asr  davomida  G‘arbiy  yevropada
88


narxlaming umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, 
asosiy  -  yangi  dunyo  kashfiyoti  bo‘lgan  kumush  va  oltin  miqdorining 
o‘sishi  deb  hisoblangan.  1660-1776-yillar  davomida  bozor  iqtisodi 
boshqaruvi 
haqidagi 
tahliliy 
fikrlar 
ko‘paydi. 
Merkantilistlar 
adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga 
oid  faktorlar  iqtisodiy  faoliyat  va  uning  rivojining  asosiy  belgilari 
ekaniga  ishonishdilar.  Ulaming  ta’kidlashlaricha,  mablag4  adekvatligi 
tashqi  va  ichki  svdoning  o‘sishida  zaruriy  omildir.  Pul  miqdorining 
o‘zgarishi  real  mahsulot ishlab  chiqarishdagi  o‘zgarishlami  boshqaradi. 
Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o ‘rtasidagi munozarada aytilgan 
fikrlarga ko‘ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o'sish sur’ati real faktorlar: 
mehnat  miqdori,  tabiiy  resurslar,  kapital,  tovar  va  tashkiliy  struktura 
bilan chambarchas bog‘liq.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish