Kishilik jamiyati shakllangan davrdan to bugunga qadar odamlar o ‘z turmush tarzining moddiy asosi bo‘lmish xalq boyligini ko‘paytirish muammosini hal etishga urinib kelmoqdalar



Download 20,95 Kb.
bet1/5
Sana01.07.2021
Hajmi20,95 Kb.
#106790
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish


Kishilik jamiyati shakllangan davrdan to bugunga qadar odamlar o ‘z turmush tarzining moddiy asosi bo‘lmish xalq boyligini ko‘paytirish muammosini hal etishga urinib kelmoqdalar. 0 ‘tmishning eng buyuk shohlari, sarkardalari, tadbirkorlari va allomalari o‘z zamonlarining iqtisodiy muammolarini hal etishga sa’y-harakat qilishgan. Ulaming ta’limotlarida aksini topgan iqtisodiy voqelik muayyan davrgagina daxldor emas, balki hozirgi davrlarga ham qisman taalluqlidir. Zotan, o‘tmishni o‘rganish, awalo, hozirgi kun, kelajak uchun katta ahamiyat kasb etadi. Alalxusus, iqtisodiy ta’limotlar tarixini tadqiq qilishning tarbiyaviy jihatlari ham bor. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi fan sifatida ahamiyatli. Zero, bu fan iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo ‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko'proq bilishga intilmoqdalar. Shunday ekan, iqtisodiyot fanini o‘rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ulishi tabiiy. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanlar tizimida katta o‘rin tutadi. U «Iqtisodiy nazariya»ni to‘ldirish bilan birga, m a’lum mustaqil vazifa ham bajaradi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy ta’limda, iqtisodchilar tayyorlashda, ulaming malakasini shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi tahlili butun ijtimoiy taraqqiyot jarayoni, quldorlik tuzumidan boshlab barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga oladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fan sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi iqtisodiy tizimlaming shakllanish tarixini aks 5 ettiradi, hozirgi zamon iqtisodiy konsepsiyalarining mazmun-mohiyatini ifodalab beradi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani predmeti insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarida iqtisodiy bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, ilmiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy tafakkurdan o‘rin topib borishi, bugungi iqtisodiy qadriyatlar qanday bosqichlardan o‘tib, sayqallanganini bildiradi. 2. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o'rganishning zaruriyati, ahamiyati va vazifalari. Iqtisodiy bilimlar bilan jamiyat iqtisodiyoti orasida bevosita aloqa mavjud. Ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi va ahamiyati juda katta. Iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotda yuz beradigan jarayonlami aks ettiradi, ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish yoki sekinlashtirish yo‘li bilan ularga ta’sir ko‘rsatadi. M a’lumki, ko‘plab konsepsiyalar (masalan, neoklassik yoki Keyns konsepsiyasi) davlat iqtisodiy dasturlari uchun asos bo‘lgan. Iqtisodiy taraqqiyot jarayonida iqtisodiy bilimlar ham o'sishda va o‘zgarishda bo‘Iadi. Shu bilan birga, iqtisodiy bilimlar tarixi hoziigi zamon bilan uzviy bog‘liq. Bu hal qilinayotgan masalalarning muhimligi va ahamiyatini belgilanib, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining muhim belgilaridan birini bildiradi. 0 ‘tgan davrdagi iqtisodiy g‘oyalar tahlili yetarli darajada bo‘lmagani sababli, ulami tanqidiy va ijodiy o‘rganish lozim bo‘ladi. Shaxsiy va ijtimoiy farovonlik masalasi tarixiy, iqtisodiy, falsafiy, ijtimoiy, statistik va boshqa tadqiqotlarda asosiy o‘rin egallagani uchun ular fundamental, kompleks ijtim oiy-iqtisodiy va falsafiy masala hisoblanadi. Farovonlik masalalari bo‘yicha A. Smit, L. Valras, K. Menger, V. Pareto, J. Gobson, P. Samuelson, J. Gelbreyt, U. Rostoy, E. Xansen, G. Myurdal, G. Jentis, J. Sismondi, N. G. Chemishevskiy vaboshqalaming konsepsiyalari mavjud. Ko'pgina iqtisodchilar iqtisodiy faoliyat va davlat faoliyati uchun shaxs va jamiyat farovonligi asosiy maqsaddir, deb ta’kidlaydilar. Ular farovonlik va uning jamiyatdagi yutuqlarga erishish yo‘llarini «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o‘rganish zarurati bilan bog‘laydilar. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o‘ziga xos o‘rganish xususiyatlari mavjudligidan uning o‘z oldiga qo‘yadigan ilmiy muammolari ham o‘ziga xosdir. U tarixiy iqtisodiy fan bo‘lib, ulaming dialektikasini tavsiflaydi. 6 «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» kursi quyidagi masalalarga e’tibomi qaratadi: birincbidan, «Iqtisodiyot nazariyasi»dan olingan tafakkurni mustahkamlab, ulami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot taraqqiyot o‘rtaga qo‘yayotgan muammolarga yechim topishni osonlashtirish; ikkincbidan, «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidagi kategoriyalar va qonunlarning mazmun-mohiyatini tushunish va amal qilish mexanizmini o‘rganib olish; uchinchidan, iqtisodiy qarashlardagi turlicha mushohadalami tahlil qilish, taqqoslash orqali ilmiy haqiqatga intilish; to‘rtinchidan, turli davrlarda yaratilgan, biroq bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan nazariyalarni tanqidiy baholab, ulaming tub mohiyatini ochib berish; beshinchidan, turli davrdagi iqtisodiy ta’limotlami o‘rganib, bugungi ijtimoiy —iqtisodiy muammolar yechimiga yaroqli ilmiy g‘oyalami ilgari surish. Yuqoridagi mulohazalarga suyanib, ushbu fanning vazifalarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: - iqtisodiyot tarixida amal qilgan, qo‘llanilgan qonunlarning kelib chiqishini tushuntirib berish, ulaming genezisini o‘rganish; - qadimgi Rim, Sharq va G ‘arb iqtisodiy g‘oyalarini tushuntirib, ularning taqqoslab hamda o‘ziga xos jihatlarini ochib berish; - iqtisodiy kategoriyalarning vujudga kelishini, mazmunan boyib borishi, u yoki bu iqtisodiy davrlardagi qo‘llanishi xususiyatlarini, ijtimoiy shakllarini asoslash; - «Iqtisodiyot nazariyasi» va boshqa iqtisodiy fanlami chuqurroq o‘rganishga yordam berish; - u yoki bu davr ta’limotlarining milliy g‘oyamiz va mafkuramizga qay darajada muvofiq kelishini aniqlash va baho berish. 3. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o‘rganish uslublari «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani predmeti ustida mulohaza yuritar ekanmiz, u naqadar uzoq tarixga, qanchadan-qancha ilmiy qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar va konsepsiyalarning paydo bo‘lishi, ma’lum tarixiy davrda qo‘llanilganligi, yangi qarashlarga duch kelgani o‘zining yashovchanligini isbotlashga harakat qilganligiga mantiqan guvohlikberamiz. Darhaqiqat, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani juda ham murakkab munosabatlami turli tarixiy davrlarda tadqiq etgan, ulaming eng muhimlarini, 7 o‘z davri uchun yaroqlilarini ajratib olgan, himoya qilib kelgan. Shunday ekan uning predmetini chuqur o‘rganish, tabiiyki, umummilliy, o ‘ziga xos tadqiqot va tahlil uslublarini qo‘llashni taqozo etadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligining mualliflari Sh. Shodmonov, R. Alimov, T. Jo‘rayevlar fan predmetini o‘rganish uslubiyati haqida shunday yozadilar: «Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hodisalardir. Bu obyektiv maqbullikni bilish dialektikasi, mantiq va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umummilliy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy boiadi1». Shuni aytish kerakki, «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi», eng aw alo, «Iqtisodiyot nazariyasi» bilan chambarchas bog‘liq fandir. Zero, uning predmeti iqtisodiyot nazariyasida qoilanilgan iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini, ularning kim va qachon ochib bergani, qanday tarixiy sharoitda vujudga kelganligini, qanday munozaralar, ilmiy bahslar orqali fanga kirib kelganligini tavsiflaydi. Bundan xulosa shuki, «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o‘rganishga jalb etilgan uslublar «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani uchun ham mosdir. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o‘rganishda keng qo‘llaniladigan uslublardan biri-mantiqiylik va tarixiylik birligi usulidir. Iqtisodiy ta’limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar m a’lum tarixiy sharoitlarda yuzaga keladi. Biroq ulaming o‘sha tarixiy iqtisodiyot davr ruhini ilmiy aks ettirish mantiqiy yondashuvni taqozo etadi. Bu yerda tarixiylik mantiqiy yondashuvni inkor etmaydi, bir-biriga qarshi turmaydi. Masalan, qiymat kategoriyasi haqida turli tarixiy davrlarda turlicha talqinlar bayon qilingan edi. Biroq, ulaming zamirida qiymatning tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat ekanligi to‘g‘risidagi tavsifi mantiqan maqbul g'oyadir, boshqa fikrlar esa shuning atrofida talqin qilinadi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda «materialistik emprizm» usulidan keng foydalaniladi. Emprizm-Fikrlar, tajriba, iqtisodiy tahlilning boshlang‘ich, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining amal qilish bazasidir. Ko‘pgina iqtisodiy g‘oyalami o‘rganishda o‘sha tarixiy davr faktlarini to‘plash, ulami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni chog‘da, arxeologik qazilmalar tufayli olingan ma’lumotlar, eksponatlar ham u yoki bu iqtisodiy g‘oyalami, qarashlami bilib olishga xizmat qiladi. Demak, olingan aniq axborot materiallari u yoki bu iqtisodiy ta’limotning tarixiy jihatlarini bilib olishga yordam beradi.

2. Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. E. subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy E. boʻlishi mumkin. E.ning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan E., oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.

Tarixan E. oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy E. (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash E.i kiradi.


Download 20,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish