Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 5 .3 .  P .S a m u e ls o n n in g   «E k on om ik s»  a s a r id a g i  g 'o y a la r



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 5 .3 .  P .S a m u e ls o n n in g   «E k on om ik s»  a s a r id a g i  g 'o y a la r
Shuni  eslatib  o ‘tmoqchimizki,  1901-yildan  boshlab  fizika,  kimyo, 
meditsina  (biologiya),  adabiyot  va  tinchlikni  saqlash  sohalarida  Nobel 
mukofoti  berilib  kelinadi.  1968-yili  Shvetsiyadagi  Riksbankning  300 
yilligi  munosabati  bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak 
rolini  tan  olish  va  rag‘batlantirish  maqsadida  iqtisodiyot  bo‘yicha 
(oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va  1969-yildan buyon har yili berib 
kelinmoqda.  Birinchi  bo‘lib  bu  mukofot  iqtisodchi  -  matematik  olimlar 
gollandiyalik  Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy 
jarayonlami  matematik  tahlil  etishda  dinamik  modellami  rivojlantirish 
va qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun») berildi.
1970-yilda  (ikkinchi  bo‘lib) Nobel  mukofoti  P.Samuelsonga  «statik 
va  dinamik  iqtisodiy  nazariyani  rivojlantirigani  va  shu  bilan  iqtisodiyot 
fani  tahlilini  yanada  yuqoriroq  pog‘onaga  ko‘tarishga  hissa  qo‘shgan 
ilmiy  ishi  uchun»  berildi.  Quyida  shu  iqtisodchining  iqtisodiy  g ‘oyalari 
to‘g ‘risida fikr yuritiladi.
Pol  Antoni  Samuelson 
(1915)ning  «Ekonomiks»  kitobi  dastlab 
1948-yili  chop  etildi  va  14  marta  qayta  nashr  etilib,  hozirgi  iqtisodiy 
ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda  bu  kitob  Vilyam  Nordxaus  bilan  hammualiflikda  nashr 
etildi.  «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‘girildi.
M a’lumki,  hozirgi  zamon  (XX  asr)  iqtisodiy  ta’limotlarida  uch 
asosiy:  l)neoklassik;  2)  keynschilik  va  3)  institusional  yo‘nalishlar 
mavjud  bo‘lib,  Samuelson  shulardan  birinchisining  vakili  sifatida  ijod 
qilgan.
Klassik  (mumtoz)  maktab  iqtisodchilari  allaqachonlar  davlat 
xususiy  tadbirkorlar  kirisha  olmaydigan  yoki  kirishni  xohlamaydigan
280


ayrim  tovarlami  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko‘rsatishni  (masalan, 
milliy  mudofaa  sohasiga  taalluqli)  uning  o‘zi  zimmasiga  olish  kerak, 
degan  fikrga rozi  bo‘lganlar.  Lekin  shu  bilan birga ular  bunday  ishtirok 
juda  kam  darajada  boiishi  kerak,  deb  hisoblar  edilar.  Samuelson  hal 
qilishni  mumtoz  maktab  bozor  ixtiyoriga  qoldirishni  istagan  haddan 
tashqari  ko‘p  muammolarga  bozoming  ta ’siri  unchalik  o‘tavermasligini 
sezdi.  Qo‘shmcha  oqibatlar,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim,  sanoatning  atrof- 
muhitni  ifloslantirishi  muammolariga  talab  va  taklif  qonuni  ta’sir 
etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlami aniqlashni o‘z 
zimmasiga  olishi  va  bu  maqsadlarga  erishish  uchun  o ‘z  kuchidan 
foydalanishi kerak.
Samuelson  eng  kam  ish  haqi  to ‘g ‘risidagi  qonunni  daromadlar 
pillapoyasining  eng  pastida  turgan  ishchilarga  yordam  berish  usuli,  deb 
hisoblaydi;  u  davlatning  uy-joy  qurilish  dasturlarini  moliyalashtirishni 
va  oziq-ovqat  yordamini  qashshoqlikni  kamaytirish  usuli  sifatida 
qo‘llab-quvvatlaydi. 
Uning 
fikricha 
hozirgi 
davr 
iqtisodchilari 
«neoklassik  sintez»ga  erishish  uchun  samarali  kredit-  pul  va  fiskal 
siyosatni  Smit  va  Marshallning  klassik  mikroiqtisodiyotini  hozirgi 
daromadning  darajasini  aniqlash  bo‘yicha  mavjud  makroiqtisodiyot 
bilan  birlashtirish,  ikkala  yondashuvdagi  barcha  sog‘lom  fikirlami 
jamlashtirishga  harakat  qilmoqdalar.  Kitobning  dastlabki  boblarida 
A.Smitdan  hozirgi  davrgacha  bo‘lgan  iqtisodiy  ta’limotlar  mohiyati 
tarixiy-iqtisodiy  jihatdan  qarab  chiqiladi.  Ayniqsa,  A.Smit,  T.Maltu’s, 
D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning  fikricha  1820-1870-yillar  -  50  yil  davomida  iqtisodchilar  va 
siyosatchilar  gipnoz  holatida  bo'lgan,  bunga  asosiy  sabab  «sanoat 
inqilobi» 
bo‘lib, 
bir 
qancha 
g‘oyalar, 
ayniqsa, 
T.Maltus,
D.Rikardolaming  aholi  o‘sishi  bilan  daromadlar  pasayishi  to‘g‘risidagi 
fikrlari chippakka chiqdi.
XX  asming  70-yillari  iqtisodiy  qarashlarda  ikki  yo‘nalish  paydo 
bo‘lganligi  qayd  etiladi:  1)  Keyns  va  keynschilik;  2)  Marks  g‘oyalari.
281


Ayniqsa, 
neoklassik 
yo‘nalishda 
matematik 
usullaming 
keng 
qo‘llanilishi, 
talab, 
foydalilik, 
umumiy 
iqtisodiy 
muvozanat 
masalalarining  yangicha  tahlili 
yanada  ilmiyroq 
bo‘lib 
qoldi. 
A.Marshall,  J.B.Klark,  U.Jevons,  L.Valras,  V.Paretto  tadqiqotlarida 
matematik  elementlar  «iqtisodiy  tahlilning  nozik  metodlari»ga  olib 
keldi.  J.M.Keynsning  tadqiqoti  yuqori  baholanadi,  «Sey  qonuni»  ga 
ehtiyoj  qolmadi,  deb  yozadi  P.Samuelson.  Keyns  va  keynschilar 
ta’sirida  «aralash  iqtisodiyot»  yaxshi  faoliyat  ko‘rsata  boshlaganligi 
ta’kidlanadi.  2-jahon  urushidan  so‘ng  ishlab  chiqarish  nihoyatda  tez 
o ‘sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta’kidlanadi.
Ammo,  deb  ta’kidlaydi  olim  hali  bizni  to‘la  bandlik  va  mo‘tadil 
baholar  o‘rtasida  tanlash  imkoniyatidan  xalos  qila  oladigan  yagona 
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson  Chikago  maktabi  vakillari 
faoliyatiga,  xususan, 
M.Fridmenning  monetar  sistemasiga  yuksak  baho  beradi,  chunki  bu 
olimlarda «erkin raqobat»,  «bozor baholari» asosiydir.
Olim  iqtisodiy  taraqqiyotning  omillariga  baho  berib,  uni  to‘rtta  deb 
hisoblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3.  Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‘rt g ‘ildiragi»  deb yuritiladi. 
E ’tibor  berib  qarasak,  inson  roli  eng  yuksak  qo‘yilgan.  Haqiqatan  ham 
inson  bo'lmasa  boshqa  omillar  ishga  tushmaydi  (masalan,  Yaponiya, 
GFR ...).
Hozirgi  davr  iqtisodiy  nazariyalarida  A.Laffeming  soliqlar  hajmi 
va  yalpi  milliy  mahsulot  o'rtasidagi  bog‘lanish  tahlil  etilgan.  Laffer 
effekti  bo‘yicha  soliqlami  oshiraverish  bilan  milliy  daromad  ma’lum 
miqdorga  oshadi,  keyin  pasayadi.  Soliqlar  miqdorini  pasaytirish  qisqa 
davr  mobaynida  byudjetga  tushumlar  kamayishiga  olib  kelsa  ham,
282


istiqbolda  jam g‘armalar,  investitsiya  va  daromadlar  ko‘payishi  tufayli 
byudjet  tushumlari  oshadi.  Soliq  stavkasi  o‘zgarishlari  iqtisodiyotga 
ta’sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‘i chizilgan.
Unga  ko‘ra  soliq  ortishi  bilan  davlat  byudjetiga  tushumlar 
ortavermaydi.  Aksincha,  shunday  ma’lum  chegara  borki,  undan  ortiq 
soliq  stavkasi  byudjetga tushumlami  kamaytiradi,  chunki  yuqori soliqlar 
xo‘jalik  faoliyatiga  bo‘lgan  qiziqishni  (rag‘batni)  kamaytiradi  va  ishlab 
chiqarish hajmlarining pasayishiga olib  keladi.  Demak,  ma’lum hollarda 
soliq  stavkalarini  pasaytirish  faqat  ishlab  chiqarishning  o‘sishigagina 
emas,  shuningdek,  byudjetga  soliq  tushumlarining  o ‘sishiga  ham  olib 
keladi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish