Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


XII  BOB.  INSTITUTSIONALIZM  YO‘NALISHINING



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

XII  BOB.  INSTITUTSIONALIZM  YO‘NALISHINING 
MOHIYATI  VA  AHAMIYATI
1 2 .1 .  I n s t it u t s io n a liz m n in g   k elib   c h iq is h i  v a   a s o s iy  
x u s u s iy a tla r i
XIX  asr oxiri  -  XX  asr boshlarida dunyoda bo‘lib  o ‘tgan  ijtimoiy- 
iqtisodiy  o ‘zgarishlar  tufayli  jahondagi  mamlakatlaming  salohiyoti 
keskin  o‘zgardi,  ilgari  ilg‘or  bo‘lgan  davlatlar  2-o‘rinlarga  (Angliya, 
Fransiya),  nisbatan  qoloq  boigan  davlatlar  esa  1-o‘rinlarga  chiqib 
olishdi  (AQSh,  Germaniya).  Xuddi  shu  davrda  yetakchi  mamlakatlarda 
erkin  raqobatga  asoslangan  iqtisodiyotdan  monopolistik  (mono-bir) 
iqtisodiyotga  o‘tish  kuchaydi.  Monopoliya  kuchayishi  monopol  foyda 
olishga  imkon  yaratdi  va  iqtisodiy  rivojlanishga  salbiy  ta’sir  qila 
boshladi.  Shu  sababli  antimonopol  choralar  qo'llash  g ‘oyasi  ilgari 
surildi,  bu  birinchi  AQShda ro‘y berdi.  Keyinchalik  (va hozirda)  barcha 
davlatlar bunday chorani qo‘llaydilar.
Antitrest  siyosati  yo‘li  bilan  iqtisodiyot  ustidan  ijtimoiy 
nazoratning  turlicha  metod  (usul)lari  qo‘llanila  boshlandi.  Ana  shu 
usullaming nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy  ta’limotlardagi  institutsionalizm  yo‘nalishi  AQSHda  XX 
asming 20-30-yillarida keng tarqaldi,  ammo  u ancha oldin,  XIX  asming 
oxirlarida  vujudga  kelgan  (T.Veblennning  1899-y.  chiqqan  «Bekorchi 
sinflar  nazariyasi»  asari  bilan  bog‘liq).  Bu  yo‘nalish  nomi  lotincha 
«instituto»  -  urf-odat,  ko‘rsatma,  muassasa  so‘zidan  olingan  va 
kapitalizmning  imperializm  bosqichiga  o‘tishi  bilan  bog‘liq  ravishda 
ro‘y  berdi 
(sanoat  va  moliya  monopoliyalari, 
korxonalaming 
yiriklashuvi  va boshqalar),  chunki  bu davr rivojlanishini erkin raqobatga 
asoslangan  aw algi  davr  ta’limotlari  bilan  izohlash  mumkin  bo‘lmay 
qoldi.
223


Bu  ta’limot  yo‘nalishi  vakillarining  fikricha  institutlar  jamiyat 
rivojlanishining  harakatlantiruvchi  kuchi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu 
ijtimoiy 
hodisalar, 
masalan, 
oila, 
davlat, 
monopoliya, 
kasaba 
uyushmalari  va  boshqa  muassasalar,  ya’ni  jamoat  ruhining  namoyon 
bo‘lishi,  yurish-turish  va  o ‘ylash  usulini  xalqning  ma’lum  guruhlari 
uchun  odatiy,  an’anaviy,  shuningdek,  huquqiy,  axloqiy  va  boshqa 
ko‘rinishlarini  o‘z ichiga oladi.  Bu yo‘nalish mafkurachilarining fikricha 
iqtisodiy  kategoriyalar  bo‘lgan  xususiy  mulk,  soliq,  pul,  kredit,  foyda, 
savdo  va  boshqalar jamiyat  ruhining  paydo  bo‘lishi  shaklidir.  Demak, 
ular obyektiv iqtisodiy  qonunlaning mavjudligini to‘la tan olmaydilar va 
jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm 
ma’lum 
ma’noda 
neoklassik 
yo‘nalishga 
muxolifdir.  Neoklassiklar  bozor  iqtisodiyotini  o‘zini-o‘zi  boshqara 
oladigan  (A.Smit  fikri)  sistema,  deb  qarasalar  (sof  iqtisodiyot  fani), 
institutsionalizm 
tarafdorlari 
iqtisodiyot 
rivojlinishining 
harakatlantiruvchi  kuchlari  moddiy  omillar  bilan  birga  tarixiy 
kontekstda qaraladigan ma’naviy,  axloqiy,  huquqiy va boshqa omillarga 
ham bog‘liqdir,  deb o ‘ylaydilar.
Demak,  bu yangi yo‘nalishning tadqiqot predmeti  sifatida ijtimoiy- 
iqtisodiy,  shu  bilan  birga  noiqtisodiy  muammolami  tahlil  etish  ilgari 
suriladi.  Shu  bilan  birga  tadqiqot  obyektlari,  ya’ni  institutlar  birinchi 
yoki  ikkinchi  darajali,  deb  qaralmaydi  va  bir-biriga  qarama-qarshi 
qo‘yilmaydi.
Bu  yo‘nalishning  tadqiqot  usulida  ayrim  olimlar  fikricha 
Germaniyada  vujudga  kelgan  tarixiy  maktabga  katta  o‘xshashlik 
mavjud.
Tarixiy  va  ijtimoiy  muxit  omillarining  hisobga  olinishi  tarixiy 
maktab  bilan yaqinlikni  anglatsa ham,  ammo  to ‘la yakdillik yo‘q.  Yangi 
yo‘nalish 
neoklassiklaming 
marjinalizm g ‘oyalariga 
asoslangan
matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo‘llaydilar.
224


Institutsionalizmga  xos  bo‘lgan  uslubiy  xususiyatlar  quyida- 
gilardan iborat:
1
)  neoklassikaga  xos  abstraksiyaning  yuqori  darajasi  va  ayniqsa, 
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2
)  iqtisodiy  nazariyani  boshqa  ijtimoiy  fanlar bilan  integratsiyasiga 
intilish yoki  fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch;
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) 
yetishmasligidan  norozilik,  chuqur  miqdoriy  tadqiqotlar  o'tkazishga 
chorlash.
Bu 
yo‘nalishning 
vujudga 
kelishi, 
shakllanishi 
va 
evolyutsiyasining  ma’lum  tarixi  bor.  Uning  mafkurachilari  T.Veblen, 
J.Kommons,  U.Mitchell  asarlarida  iqtisodiy  sikl  va  inqirozlar  tarixi 
bo‘yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a’zolari uchun 
xos  bo‘lgan  urf-odat,  an’ana,  odob-axloq,  instinktlami  o‘rganish  bilan 
shug‘ullanadilar.  Ularda  nazariy  tadqiqotdan  ko‘ra  yozib  borish,  qayd 
etish uslubi yuqoriroq.
Institutsionalizm  evolyutsiyasi  (rivoji)ni  uch  davrga  bo‘lish 
mumkin:
1.  20-30-yillarda  institutsionalizmning  keng  tarqalishi.  Bu 
davming  bosh  mafkurachisi 
T.Veblen 
(1857-1920),  uni 
J.R.Kommons 
(1862-1945), 
U.Mitchell 
(1874-1948), 
J.Gobson 
(1858-1940), 
U.Gamiltonlar 
faol himoya qildilar.
2. 
Urushdan 
keyingi 
kechki 
institutsionalizm. 
Bu 
davr 
mafkurachilari  iqtisodiyotdagi  qarama-qarshiliklami izohlab berish bilan 
birga  F.Ruzvelt  tomonidan  ilgari  surilgan  «Yangi  kurs»  islohotlarini 
amalga  oshirish  bo‘yicha  tavsiyanomalami  ham  ilgari  surdilar.  Ular 
demografiya  va  antropologiyani  o'rgandilar,  ishchilar  harakatining 
kasaba  uyushmalari 
nazariyalarini 
ishlab 
chiqdilar. 
50-yillarda 
J.M.Klark 
«Iqtisodiy  institutlar  va  insonlar  farovonligi», 
A.Berli 
«Mulksiz  hokimiyat» 
va  «XX 
asr  kapitalistik  inqilobi» 
kitoblarini
225


chop  etdilar,  G.Minz  o ‘zining  maqolalarida  aksionerlar  soni  ortishi, 
kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini  qayd etdi.
3. 
60-70 
yillarda 
ijtimoiy-institutsional 
yo‘nalish, 
ya’ni
neoinstitutsionalizm 
paydo  bo‘ldi.  60-yillardagi 
institutsionalizm 
asoslari  amerikalik  nazariyotchi  A.Lou  va  shvetsiyalik  iqtisodchi
G.Myurdal  tomonidan  ishlab  chiqildi.  Hozirgi  davrdagi  ijtimoiy- 
institutsional  yo‘nalish  ta’limoti  J.K.Gelbreyt  va  R.Xeylbronerlar 
tomonidan davom ettirilgan.
Bu  yo‘nalish  g ‘oyalari  «iqtisodiy  o ‘sish  omillari  nazariyasi»ning 
mafkurachisi  U.Rostou,  so‘l  keynschilik  yo‘nalish  (o‘sish  nazariyasi) 
tarafdorlari  hamda  Joan  Robinson  asarlarida  ham  o‘z  aksini  topgan. 
Amerikalik  institutsionalizm  vakillari  iqtisodiy  jarayonlar  asosining 
umumiy  tushunchasiga  ega  emas  edilar.  Masalan,  Veblen  iqtisodiy 
jarayonlami  ruhshunoslik,  biologiya va antropologiya bilan bog‘liq,  deb 
hisoblasa, 
Kommons  -  ruhshunoslik  va  huquqni, 
Mitchell 

antropologiya va matematik hisob-kitoblami ustun qo‘yadi.
Amerikalik  neoinstitutsionalizm  nazariyotchilari  iqtisodiy  jarayonlami 
industriya  rivoji  va  texnokratiya  rolining  o‘sishi  bilan  bog‘lamoqdalar, 
shuningdek,  bu jarayonlaming  borishini  tushuntirishda jamiyat  ijtimoiy 
hayotiga  asoslanmoqdalar.  Bunday  xilma-xillik  tufayli  ijtimoiy- 
institutsional yo‘nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy oqimlar:
1. Ijtimoiy-psixologik.
2. Ijtimoiy-huquqiy.
3. Empirik yoki  konyunktur-statistik oqimni  ajratish mumkin.  Lekin 
shu  bilan  birga  barcha  yo‘nalishlar  uchun  xos  bo‘lgan  umumiylik  ham 
mavjud.  Ulaming  barchasi  ozmi-ko‘pmi  burjua  jamiyatini  axloqiy- 
psixologik jihatdan  tanqid  ostiga  oladilar,  iqtisodiyot  fanida  reformistik 
yo‘lni  oqlaydilar  va  bu  oqim  olimlari  burjua  jamiyatini  mutlaq 
maqtashdan chetlandilar.
226


Bu  yo‘nalish  g‘oyalariga  baho  berib,  g‘arb  iqtisodchilari 
institutsionalizmni  «Formalizmga  qarshi  g‘alayon»  deb  qaramoqdalar, 
uni  klassik  iqtisodiy  maktabga  qarama-qarshi  qo‘ymoqdalar.  Bu 
yo‘nalishning  paydo  bo‘lishi  va  avvalgilaridan  farq  qilishi  vaqt  va 
sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm aw algi davrdagidan keskin 
o ‘zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining 
roli ortib ketdi. Ulami hisobga olmaslikning iloji yo‘q edi.
Ikkinchi  tomondan  bu  yo‘nalishning  «norozilik  kayfiyati»  «eng 
yuqori  naf  nazariyasi»ga  ham  qarshi  qaratilgan  edi.  Agar  bu  nazariya 
mikroiqtisodiy tahlil bilan shug‘ullansa,  institutsionalizm makroiqtisodiy 
tahlilni  amalga  oshiradi.  «Yuqori  naf»  vakillari jamiyat asosiy  iqtisodiy 
subyekti 
sifatida 
Robinzon 
(alohida 
individ)ni 
tanlashsa, 
institutsionalizm  mafkurachilari  kollektiv  -  jamoa  «psixologiyasi»ni 
birinchi o ‘ringa qo‘yadilar.  Ular «yuqori naf» nazariyasiga qarshi chiqib, 
jamiyatning  stixiyali  rivoji  o ‘miga  ishlab  chiqarishni  boshqarishda 
ijtimoiy tadbirlar qoilashni afzal ko‘rdilar.
Boshqa  maktablardan  farqli  ravishda,  institutsionalizm  iqtisodiy 
hayotning ba’zi  ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o‘rganishni  asos  qilib  oldi, 
ammo davlat monopolistik kapitalizm tizimini qoilab-quvvatladi.
Ulaming  g‘oyalarida  «Ijtimoiy  nazorat»ni  himoya  qilish  orqali 
yangi  sharoitda  iqtisodiyotni  tartiblashni  tashkil  etishni  lozim,  deb 
ko‘rsatiladi.  Ayniqsa,  bu  sharoitda  huquqiy  masalalami  rivojlantirish 
muammosi  dolzarb  qilib  qo‘yildi.  Ular  «erkin  sohibkorlik»  va 
marjinalizmga  qarshi  chiqib,  iqtisodiyotda  avtomatik  barqarorlik 
mexanizmi  borligini  inkor  etdilar  va  iqtisodiy  jarayonlami  miqdoriy 
tahlil qilishning tarafdorlari  edilar.  Keynsdan ancha avvalroq ular davlat 
iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikmi  ilgari surdilar.
Endi  shu  yo‘nalish  tarafdorlarining  ayrim  g‘oyalari  bilan  tanishib 
chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik  institutsionalizmning  asoschisi 
Torsteyn  Veblen 
va 
uning  tarafdorlari  iqtisodiy jarayonlarga  psixologik jihatdan  yondashib,
227


iqtisodiy  rivojlanishning  psixologik  nazariyasini  yaratishga  intildilar. 
Veblenning  asosiy  asarlari 
«Bekorchi  sinflar  nazariyasi» 
(1899), 
«Mohirlik  instinkti» 
(1914), 
«Fanning  hozirgi  sivilizatsiyadagi  o‘rni 
va  boshqa  ocherklar» 
(1919), 
«Muhandislar  va  baho  tizimi» 
(1921) 
va 
«Zamonaviy  o‘zgaruvchi  tizimlar  to‘g‘risidagi  ocherklar» 
(1934) 
kitoblarida jamlangan.  U  keng  ijtimoiy  tadqiqotlar  olib  borish  asosida 
unga  zamondosh  bo‘lgan  jamiyatni  juda  qattiq  tanqid  ostiga  oldi. 
Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik 
yo'nalishni  eslang).  Xususiy  mulkning  tanqid  qilinishi  albatta, 
burjuaziya  mafkurachilarini  ham  tashvishga  soldi.  Uningcha,  xususiy 
mulk borligi  tufayli  aholining ma’lum bir qismi  tekinxo‘rlik  bilan  hayot 
kechiradi.  Shu  tufayli  kapitalizmning  harakatlantiruvchi  kuchi  buzilib 
boradi,  ayniydi.  Veblen  marksist  bo‘lmagan,  ammo  kapitalizm 
tuzumining  yaramasligini  tan  olgan,  u  hatto  birinchi  paytlarda  1917- 
yildagi  oktabr  inqilobini  qutlagan,  uni  mavjud  tuzumni  o‘zgartirish 
kerak,  degan  fikming  tasdigi  deb  o ‘ylagan.  Amalda  esa  u  kapitalizmni 
«texnokratik» jamiyatda  islohotlar yo‘li  bilan  «yaxshilash»  usulini taklif 
etadi. Bu g ‘oyalar marksizmga zid fikrlardir.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish