Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


(1842-1924)  «Ekonomika  prinsiplari»  (1890)



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

(1842-1924) 
«Ekonomika  prinsiplari» 
(1890)  kitobida  ancha  tizimlashtirilgan 
ko‘rinishda  ifodalangan.  Mazkur  asar  birinchi  katta  darslik  vazifasini 
o ‘tagan.  Unda  talab  va  taklif to‘g‘risidagi  konsepsiyalar  birlashtirilgan 
va  ayrim  bozorlami  o‘rganish  uchun  matematik  dastaklar  keng 
qo‘llanilgan.  A.Marshall  va  uning  hamfikrlari  xizmati  tufayli  yangi 
klassik  nazariya  XX  asming  30  -  yillarigacha  iqtisodiy  fanda  yetakchi 
o‘rinni egallab keldi.
A.Marshall  marjinalizm  g‘oyalarini  mustaqil  (Jevonsga  bog‘liq 
bo'lmagan  holda)  va  o‘ziga  xos  uslubda  rivojlantirdi.  Klassik  maktab 
(Smit,  Rikardo,  Mill)  va  marjinalizm  (Mengerdan  Valrasgacha) 
yutuqlarini birlashtiruvchi  nazariy tizim yaratdi.
214


Qiymat  (qimmat)  va  narxning  shakllanishi  nazariyasi.  Iqtisodiy 
fikrlar  tarixida  eng  qiyin  va  murakkab  muammolardan  biri  -   qiymat 
muammosi  hisoblanadi.  A.Marshallning  asari  vujudga  kelgunga  qadar 
tovar qiymati  muammosiga bo‘lgan  ikki  xil  yondashuv mavjud  bo'lgan: 
qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari  bilan, yoki tovaming foydaliligi  va 
noyobligi  bilan  aniqlangan.  Birinchi  yondashuvga  muvofiq  boylikning 
o‘sishi  yo  resurslar  (mehnat,  kapital  va  yer)ning  unumdorligi  natijasi 
yoki  ishlab  chiqarish  omillari  egalarining  kelgusida  daromadlami 
ko‘paytirish  maqsadida  bugungi  ne’matlardan  voz  kechishi  oqibatidir. 
Ikkinchi  yondashuvga (me’yorli  foydalilik  nazariyasi)  ko‘ra qiymatning 
asosida  bozor  qatnashchilari  tomonidan  buyumning  foydaliligiga 
berilgan  subyektiv  baho  yotadi.  Bu  borada  turli  yondashuv  vakillari 
o ‘rtasidagi bahslar ko‘pincha abstrakt, behuda, samarasiz bo‘lgan.
Ko‘pchilik  mutaxassislaming  fikriga  ko‘ra  A.Marshall  bu 
bahslarga  nuqta  qo‘ydi  va  zamonaviy  mikroiqtisodiy  tahlil  asosini 
yaratdi  (iqtisodiy  fikrlar  tarixi  bo‘yicha  ba’zi  kitoblarda  esa,  hatto 
fandagi  «marshall  inqilobi»  to‘g‘risida  ham  gap  yuritiladi).  Uning 
xizmati  shundan  iboratki,  u  qiymatning  birinchi  (asosiy)  sababini 
qidirishni  tahlil  qilishdan  talab  va taklifning  shakllanish  va o ‘zaro  ta’sir 
ko‘rsatish  qonuniyatlarini 
o ‘rganishni 
tahlil  qilishga  o ‘tishning 
zarurligini  asoslab  berdi.  Boshqacha  so‘z  bilan  aytganda,  A.Marshall 
qiymat  nazariyasini 
baho 
nazariyasi 
(yoki 
bozor  muvozanati 
nazariyasi)ga turlantirdi.
A.Marshall  marjinalistlar  yutug‘iga  yuqori  baho  bergan  holda 
ulaming  klassik  maktabni  va  D.Rikardoning  xarajatlar  nazariyasini  bir 
tomonlama  tanqid  qilganini  ko‘rsatib  o ‘tdi.  Marjinalistlar  qiymatni 
ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan  bog‘lab  tushuntirishni  rad  etgach, 
tovar  qiymatining  (qimmat)  asosini  uning  foydaliligi  tashkil  etadi,  deb 
mazkur  muammoga  bir  tomonlama  yondashdilar  (ular  qimmatni  faqat 
me’yorli  foydalilik  bilan  tushuntirdilar).  A.Marshall  me’yorli  foydalilik 
nazariyasini  talab  va  taklif  nazariyasi  bilan  va  ishlab  chiqarish 
xarajatlari  nazariyasi  bilan  birlashtirdi.  A.Marshallning  tasdiqlashicha 
ishlab  chiqarish  xarajatlari  tamoyillari  va  me’yorli  foydalilik -  talab va 
taklif  qonunnining  tarkibiy  qismlaridir.  Ulaming  har  qaysisini
215


«qaychining  tig‘laridan  biriga  qiyoslash  mumkin.  Agar  bir  tig‘ 
qo‘zg‘almas  bo‘lib  va  qirqish  ikkinchisining  harakati  tufayli  amalga 
oshirilayotgan  bo‘lsa,  biz  beparvolik  bilan  lo‘nda  qilib,  ikkinchisi 
qirqayapti,  deb  aytishimiz  mumkin...».  Marjinalistlaming  xatosi  talab 
va  taklif  simmetriyasiga  yetarlicha  baho  bermaslikdan  iborat,  yutug‘i 
esa  ulargacha  chetda  qolib  ketgan  talab  muammosiga  e’tiborni 
qaratganligidadir.
0 ‘z mohiyatiga  ko‘ra  A.Marshall  bo‘yicha real  qiymat  bu talab  va 
taklif ta’sirida  shakllanadigan  muvozanat  baho.  Bunda  talab  ham,  taklif 
ham  teng  huquqli  omil  sifatida  amal  qiladi.  A.Marshall  yo  taklifni 
(klassik  nazariya)  yoki  talabni  (me’yorli  foydalilik  nazariyasi)  hal 
qiluvchi  omil  sifatida  ko‘rsatishga  bo‘lgan  urinishlaming  har  ikkalasi 
noto‘g ‘ri  ekanligini  ko‘rsatib  berdi.  Shu  asosida  A.Marshall  oldingi 
qiymat  nazariyalaridan  eng  muhim  qoida  va  konsepsiyalami  olib  bir 
butun  tamoyilga  birlashtirdi.  Masalan,  sarfli  qiymat  nazariyasi  bozor 
taklifming  shakllanish  qonuniyatlarini  tushuntirib  berish  uchun 
foydalanildi,  me’yorli  foydalilik  nazariyasi  esa  bozor  talabining 
shakllanish 
qonuniyatlarini 
tushuntirib 
berish  uchun 
ishlatildi. 
A.Marshall  tovar  qiymati  (bahosi)ni  aniqlashda  me’yorli  foydalilik  va 
ishlab  chiqarish  xarajatlarini  sintezlashtirdi.  A.Marshall  bo‘yicha  tovar 
qiymati (bahosi) ikki omil:  foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
aniqlanadi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish