1 1 .4 . T alab v a t a k lif m u v o z a n a ti, v a q t o m ili
A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni
tahlil qilishga alohida e ’tibor qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi:
«Sotilishi ko‘zda tutilgan tovar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, unga
qo‘yiladigan baho shuncha past bo‘lishi kerak, negaki u o‘z xaridorlarini
topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori
ko‘payadi, baho oshganda esa - kamayadi. Bunda bahoning pasayishi
bilan talabning oshishi o ‘rtasida qat’iy o‘matilgan bir xil nisbat
bo‘lmaydi».
216
0 ‘z mohiyatiga ko‘ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi
qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig'ini
keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi
ko‘rinishda aks ettiriladi:
MUx/Px=MUy/Py= .. .MUe;
bunda MUX - x tovaming me’yorli foydaliligi, Px - o ‘sha
tovaming bahosi, MUe - pulning m e’yorli foydaliligi. Bu qonunni
uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste’molchi o ‘z
ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u
1
) xarid qilingan
barcha tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa;
2
)
iste’mol qilinadigan har bir jufit tovaming me’yorli foydaliliklari
nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor
narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining m e’yoriy
foydaliligini tenglashtirsa.
Iste’molchi muvozanatga erishdi, Rx bahosi esa pasaymoqda, deb
faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni qaytadan tiklash
uchun MUX miqdorini kamaytirish maqsadida x tovami ko‘proq sotib
olish kerak bo‘ladi. Haqiqatan ham tovaming bahosi pasaysa,
iste’molchi uni sotib olishni ko‘paytiradi, negaki bunday tovaming
bahosi pasayganda iste’molchi bir so‘mga har qanday boshqa tovarga
qaraganda ushbu x tovardan ko‘proq foydalilik oladi. X tovaming
xaridi ko‘paygan sari me’yorli foydalilikning pasayishi MUX
pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o‘zining cheklangan
daromadlari va joriy narx doirasida o‘z ehtiyojini doimo maksimal
darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig‘ining teskari
nishabligi kelib chiqadi.
Bu dalil-isbotlar shu narsani ko‘zda tutadiki, x tovaming narxi
pasayishi natijasida individning daromadi ko‘paymaydi, buning
natijasida MUxning miqdori uyg‘unlashish jarayoni davomida doimiyligi
saqlanib qoladi. Lekin individ o ‘zining barcha xarajatlarining me’yorli
foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi oshadi.
Bu saqlanayotgan pul mablag‘larining me’yorli foydaliligini pasaytiradi
va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovaming ham xaridining
ko‘payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va
217
biz x ga teskari nishabli talab egri chizig‘iga va daromadga bog‘liq
bo‘lgan ijobiy talabga ega bo‘lamiz.
• •
. . .
.22
Bundan tashqari bu yerda foydalilik funksiyalarining additivligi
taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovaming foydaliligi
boshqa tovarlaming foydaliligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Haqiqatda esa
ulaming o‘rtasida bog‘liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog‘liqlik
natijasida U - miqdori ko‘payganda MUX ko‘payadi yoki kamayadi. Bu
tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlami grafik ko‘rinishida ifodalasak, unda
koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi:
pastga yo‘naltirilgan D talab egri chizig‘i bilan yuqoriga yo‘naltirilgan S
taklif egri chizig‘ining kesishishi (11.2-chizma.). D egri chizig‘i
iste’molchi uchun mazkur tovaming me’yorli foydaliligining pasayish
qonunini ifodalasa, S egri chizig‘i me’yorli xarajatlaming oshib
borishini ifodalaydi. Ulaming kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni
bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni
xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat
muvozanat baho paytida bir-biriga to‘g‘ri keladi. Agar taklif bahosi talab
bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Chizmadagi Pi
- muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Qi miqdordagi
tovami sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.
11.2-chizma.
Talab va taklif. Bozor muvozanati
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo‘lsa, sotuvchilar ko‘p
miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar
22 A dditivlik (lat), obyektning m iqdor xossasi: uni qanday boMishdan q at’iy nazar, b ir necha b o'laklarga bo'lganda
shu b o ‘laklar qiym atlari y ig ‘indisiga teng bo'ladi. M asalan, A ning hajm i uning b o 'lak lari hajm larining y ig ‘indisiga
teng.
218
sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat
bahodan past bo‘lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi
tovami sotish sotuvchilar uchun foydasi yo‘q va natijada baho pasayadi.
Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo'lganda tugallanadi.
Avval ko‘rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me’yorli foydalilik va
me’yorli xarajatlar bilan aniqlanadi.
Demak, D talab egri chizig‘i teskari nishablikka ega, negaki baho
oshib borishi bilan, odatda, tovarga bo‘lgan talab kamayadi. Lekin
qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun
baho bo‘yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo‘yicha
talab elastikasi (ТЕ) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday
miqdorda o‘sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday
miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo‘ladi, agar baho 1 % ga
pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 boMadi, agar bahoning 1 % ga
pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo.
Agar talab egri chizig‘ining muayyan bir uchastkasida TE=1
bo‘lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o ‘zgirishi
mazkur tovami sotishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar shu uchastkada
TE<1 bo isa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan
qo‘rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo‘lsa, unda
bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko‘paytirishi
mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo‘lganda foyda
bahoning o ‘sishi hisobiga ko‘payishi mumkin, talab elastikligi paytida
esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin.
Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlaming bir-birlarining
o‘mini osongina bosa olishiga bog‘liq. Shuning uchun ommaviy
iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab kam elastik bo‘ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas,
negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va
shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha
qisqa bo‘lsa, talabning qiymatga bo‘lgan ta’siri shuncha kuchli boMadi,
219
bu davr qancha uzoq bo‘lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga
bo‘lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sababli A.Marshall
bir zumli, qisqa muddatli
va
uzoq
muddatli
muvozanat turlarini ajratib ko‘rsatib beradi. Bir zumli
muvozanatda taklif o‘zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab
qondirilishi mumkin emas (band bo‘lmagan quvvatlardan foydalanish
yoki yangi quvvatlami ishga tushirish uchun vaqt kerak bo‘ladi). Bu
vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlami ishlab chiqarayotgan tadbirkor
bahoni oshirish hisobiga qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan,
tirik baliq bozorida baliqqa bo‘lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‘tarildi,
lekin o‘sha kuni sotuvchilar taklifni ko‘paytira olmaydilar (yangisini
olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig‘i to‘g‘ri
chiziq (S) ko‘rinishida bo‘ladi. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, baho
oshadi (Pidan P
2
ga, 11,3-chizma).
11.3-chizma.
Bir zumli bozor muvozanati
Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish
quvvatlari hisobiga o‘sgan talabni qondirish uchun taklifni ko‘paytirish
imkonini beradi. Agar bozorda baliqqa bo‘lgan talab bir necha kun
davomida ancha yuqori bo‘lsa, unda baliqchilar qo‘shimcha ishchi
kuchi, ortiqcha to‘r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni
ko‘paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Qi dan Q
3
ga oshadi
2 2 0
Baho qanday bo‘ladi? U pasayishga intiladi (P3
chizmalarga qarang).
11.4-chizma.
Qisqa muddatli bozor muvozanati
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha
oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo‘ladi. Bu davr ichida ishlab
chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini
o ‘zgartirish, yangi korxonalami ochish, yangi texnologiyalami
qo'llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab
(D
2
egri chizig‘i) va shunga muvofiq yuqori narx (P
4
) uzoq muddat
saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish
maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar
(yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu
tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib
keladi. Taklif (Q
3
dan Q
4
ga) ko‘payadi, baho esa (P
3
dan P
4
ga)
pasayadi (11.4, 11.5-chizma).
11.5-chizma.
Uzoq muddatli bozor muvozanati
2 2 1
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif
o ‘zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo, xaridorlaming
xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr
mobaynida baho o'rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‘ladi (klassik maktab).
Klassiklaming bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‘g ‘ri
amal qilishini ulaming o‘zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda
o‘z tadqiqotlarida qayd qilib o ‘tmaganlar.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |