1 2 .4 . U e s li K ler M itc h e ll g ‘o y a la r i
U.K.Mitshell U. Veblenning shogirdi bo‘lib, iqtisodiyotda siklik
hodisalaming
tadqiqotchisi
sifatida
mashhur
(bu
iqtisodiyotda
konyunktur-statistik institutsionalizm oqimi hisoblanadi). Mitchell ustozi
Veblendan tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oldi, uningcha
iqtisodiy hodisalami belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an’ana
va urf-odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlaming
jamiyatdagi xulqi o‘rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab
chiqarish va biznes o‘rtasidagi qarama-qarshilik to‘g‘risidagi fikri ham
qabul qilingan, bu ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi
farqlaming sababini ko‘rsatadi.
232
Olim iqtisodiy ko‘rsatkichlar,
raqamlar,
bu ko‘rsatkichlar
o‘zgarishidagi qonuniyatlar bilan shug‘ullandi, kapitalistik iqtisodiyotni
tartibga solishda ulardan foydalanishning yo‘llarini izladi. Ammo u
kapitalizm qarama-qarshiliklarini hal qilish yoki uni yaxshilash
to‘g‘risidagi nazariyalami yaratmadi. U iqtisodiyotga ta’sir etuvchi
omillami aniqlashga intildi, bular uning fikricha moliya, pul muomalasi
va kredit kategoriyalari edi. Bu kategoriyalami tartibga solish yo‘li bilan
iqtisodiyotga ta’sir etish, hatto siklik tebranishlami o ‘zgartirish, oldini
olish mumkin, deydi u. U o ‘zining
«Iqtisodiy nazariya turlari
to‘g‘risida ma’ruzalar»
(1935) asarida iqtisodiy masalalami madaniyat
va sotsiologiya muammolari bilan o‘zaro aloqada, ammo asosan
psixologik tahlil asosida tatqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni
tartibga solish zarurligi, Mitchell ta’limotining bosh g ‘oyasi bo‘lib
hisoblanadi.
Mitchell institutsionalizmi Veblen nazariyasidan birinchidan,
tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan, uning nazariyasi abstrakt
bo‘lmasdan o‘sha davming empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar
edi. U o ‘z asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida
e’tibor berib, inqirozlaming haqiqiy sabablarini bo‘yab ko‘rsatishga
uringan, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya
va pul muomalasi institutlar insonlaming moliyaviy xulq-atvoridagi
o‘zgarishlami o‘rganadi. Uning fikricha tadbirkorlar jamiyat manfaatlari
emas, balki o‘z foydalarini ko‘paytirish uchun harakat qiladilar va bu
axloqiy harakat oqlanadi, mavjud institutsiya (davlat, mulk va
boshqalar) bunga imkon beradi.
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas,
balki jamiyat a’zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida
xarakterlanadi.
Bu
aloqalar
takomillashuvi
shu
institutlaming
evolyutsiyasi, davlat institutlarining rivoji hamda ulaming iqtisodiyotga
aralashuvi, deb qaraladi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda
233
davlat y o ii bilan tartibga solish eng qulay vosita, deb qaraladi.
Iqtisodiyotni o ‘rganishda matematika va statistikani keng qo‘llash yo‘li
bilan Mitchell «kichik va katta sikllar» davomiyligini hisoblab chiqdi. U
o‘zining
hisob-kitoblariga
asoslanib,
kapitalizmning
inqirozsiz
rivojlanish modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy
tomonlar shundan iboratki, mamlakatlaming milliy xo‘jaliklari bo‘yicha
boy faktik materiallar to ‘plandi, ular asosida natural va qiymat
ko‘rsatkichlarining rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, bu «dinamik
qatorlar» tahlili nomini oldi. Bu tahlil asosida olingan jamlovchi
ko‘rsatkich va indekslar iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni aks ettirgan va
kapitalistik konyunkturani, ayniqsa,
ishlab chiqarishning ayrim
tarmoqlaridagi holatni baholashlda ulardan foydalanilgan.
Bu yo‘nalish tarafdorlari sikllami o‘zaro aloqador parametrlaming
ta’siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish
dinamikasini belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababli ular sikllami
tasodifiy yagona hodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga
xos xususiyat, deb hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar
qatoriga birinchilardan bo‘lib muomala sohasi ko‘rsatkichlarini
qo‘yadilar, ya’ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublaming
qorishmasidan iborat.
U iqtisodiy siklning amaldagi modelini
loyihalashtirishga muvaffaq b o ia olmadi.
U. Mitchell o‘z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo‘lgan
cheksiz hurmati sifatida «Veblen ta’limoti» asarini yaratdi, unda
ustozning kitob va maqolalaridan ko‘chirmalar keltiriladi, bu kitob
Mitchell vafotidan keyin nashr etilgan.
Siklik (davriy) o ‘zgarishlar nazariyasiga ms olimi N.D.Kondratev
(1892-1938) katta hissa qo‘shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik, deb
nomlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko‘p yillik (100-150 yil)
rivojlanishini tahlil etib, bu o ‘zgarishlaming bir yildan kam (fasliy), 3,5
yillik, 7-11 yillik savdo-sanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib
234
berdi. U 1929-yildagi «Buyuk depressiyani» oldindan (prognoz) aytib
bergan, ammo sovet davrida «kapitalizm qachon o‘ladi» degan savolga
«kapitalizm o‘lar, ammo qachonligini ayta olmayman» deb javob
berganligi uchun qatag‘onga uchragan va otilgan. Bu olimning buyuk
xizmatlari jahon iqtisodchilari tomonidan yuqori baholangan va amal da
qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |